O‘lmaso‘t – Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp. Бессмертник самаркандский o ‘simlik tavsifi


Download 197.35 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi197.35 Kb.
#1413099
Bog'liq
O‘lmaso‘t


O‘lmaso‘t – Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.
Бессмертник самаркандский


O ‘simlik tavsifi: Samarqand o’lmaso‟ti bu Asteraceae oilasiga mansub ko’p yillik o’t, ko’p poyali, balandligi 35-70 sm. Barglari butun, poyalari bilan birga ko’pincha oqmayin tukli, pastki barglar cho’zinchoq teskari tuxumsimon, cho’zinchoq lansetsimon, bandga tomon torayib boradi, poyadagi barglar o’troq, lansetsimon chiziqli yoki chiziqli, yuqorilari chiqib turgan, biroz uchli. Savatcha yarim sharsimon yoki gullar ochilganda sharsimon, diametri 8-10 mm. O’ramabarglar limon-sariq rangli, ko’p qatorli, yirik, zich ustama-ust
joylashgan, tashqilari tuxumsimon, ichkilari kuraksimon, to‟mtoq, yuqori qismida qattiq pardali, silliq, yaltiroq, tuksi, deyarli botiq, asosida dag’al tukli. Gultojibarglari to’q sariq, popugi unga deyarli teng, sarg’ish rangli. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-avgust oylarida mevalaydi.
O‘sish joyi va tarqalishi: U Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Andijon, Surxondaryo viloyatlaridagi tog’larning pastki va o’rta mintaqalarida asosan tosh-shag’al, shuningdek, yumshoq, mayin tuproqli qiyaliklarda o’sadi.
Areali: O’rta Osiyo (Tiyon-Shon, Pomir-Oloy).
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Dorivor xom ashyo hisoblanadi. O’lmaso’t to’pgullari (savatchalar) gullashning boshlanishida yig’ib olinadi, hali to’liq gullamagan qalqonlarni 1-2 sm poyasi bilan kesib olinadi. Ochilmagan mayda va gullab bo’lgan gullarni yig’ish mumkun emas. To’plangan
to’pgullar konteynerga joylashtiriladi va darhol quritish joyiga yetkaziladi. Rangsizlanmasligi uchun soyada quritish tavsiya etiladi. O’lmaso’t to’pgullari quruq, pardasimon, limonsariq rangli, gullashdan keyin kesilganda o’z rangini saqlab turadi. Ushbu xususiyat tufayli u so’limaydigan qish guldastalarning bir komponenti hisoblanadi.

Kimyoviy tarkibi: Gullardan ajratilib flavonoidlar – izogelixrizin, naringenin, epigenin, kempferol, kversetin, kumarinlar, sterinlar, efir moyining izlari, vitaminlar, shiralar, taninlar va bo’yoqlar aniqlandi. O’lmaso’tining to’pgullar qaynatmasi yoki damlamasi o’t haydovchi, siydik haydovchi va yengil ich suradigan vosita sifatida ishlatiladi. Kamroq hollarda o’lmaso’ti preparatlari istisqo va ba‟zi teri kasalliklarida qo’llaniladi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Tibbiy amaliyotda o„lmaso„tining gullarini (qaynatma, suyuq ekstrakti va quruq konsentratlar) preparatlari surunkali xoletsistit va gepatitda o„t haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. O„t haydovchi yig„ma va choylar tarkibiga kiradi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Акопов И.Э. Важнейшие отечественные лекарственные растения и их применение. – Ташкент: Медицина, 1990. – 446 с.

  2. Алимбаева П.К., Гончарова А.В. Дикорастущие лекарственные растения Киргизии. – Фрунзе: Илим, 1971. – 98 с.

  3. Атлас ареалов и ресурсов лекарственных растений. – М.: ГУГК, 1983. – 340 с.

Download 197.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling