Allomalar din to'G'risida reja: Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar Ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha yaratiladigan ijodiy ishlar Fanda «Uyg‘onish davri»


Download 78 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi78 Kb.
#1551674
  1   2   3
Bog'liq
ALLOMALAR DIN TO\'G\'RISIDA


ALLOMALAR DIN TO'G'RISIDA
Reja:

  1. Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar

  2. Ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha yaratiladigan ijodiy ishlar

Fanda «Uyg‘onish davri» deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropada joylashgan mamlakat-larda X1U-XU1 asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba «uyg‘onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J. Vzzari o‘z asarlarida ishlatadi. «Uyg‘onish», «uyg‘onish davri» atamalari X1U-XU1 asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyat-ning qaytadan «tirilishi», «uyg‘onishi» ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar 1X-XI asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixvda madaniyatning rivojlanishiga xos xususiyat-larni ham «uyg‘onish» davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.


1X-XP asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi.
Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutlaq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Arab halifaligi tarixida Abbosiylar sulolasi(750-1258 y) davri alohida o‘rin tutadi. Xususan halifa Xorun ar-Rashid (786-809 y) va uning o‘g‘li al-Ma’mun (813-833y) davrlarda Bog‘dodda ilm-fan yuksaldi, yunon olimlaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Suqrot (Sokrat), Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Iklidus (Yevklid) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilinib, xristian va islom olimlari o‘rtasida hamkorlik amalga oshirildi. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag‘dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o‘lkalari, jumladan O‘rta Osiyodan ham olim va fozillar to‘plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag‘dod akademiyasini jahonga mashhur bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o‘rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo‘lmish o‘z davrining olimu-donishmandlari o‘z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o‘lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo‘’tabar shaxslari, hadisshunoslari yetishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog‘onalarida turibdi.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling