Allomalar din to'G'risida reja: Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar Ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha yaratiladigan ijodiy ishlar Fanda «Uyg‘onish davri»
Download 78 Kb.
|
ALLOMALAR DIN TO\'G\'RISIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baytul xikma
- «Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari»
Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o‘z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz,bu davrlarning barchasi tarixda o‘zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XP asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug‘ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan ulug‘ allomalar ham bor edi.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm akademiyasini tiklash va uni rivojlantirish haqidagi 1997 yilda e’lon qilgan maxsus Farmoni o‘sha davr ilm-fan taraqqiyotini tan olinishining yana bir timsolidir. Bu davr O‘rta Osiyo xalqlarini dunyo miqyosida mashhur qildi. Chunki O‘rta Osiyo xalqlarining bu davrda qo‘lga kiritgan madaniy yutuqlari, ilm-fan sohasidagi yangiliklari dunyo madaniyati, ilm-fan rivojining ajralmas xalqasini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu davr O‘rta Osiyo xalqlari tarixida uyg‘onish (renessans) davri deb qabul qilindi. IX - XII asrlar davri xususida gap ketar ekan, bu vaqtga kelib Markaziy Osiyo hududlarida arab halifaligining ta’siri bir muncha pasayib, bu hududlarda birin-ketin mustaqil turkiy davlatlar tashkil topa boshlagandi. Ular Tohiriylar, Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlaridir. Biz quyida yana shu yuksalish davrining buyuk vakillari, ijodkorlari hamda ular yaratgan ilmiy-madaniy meros haqida to‘xtalib o‘tamiz. O‘rta Osiyolik mutafakkir olimlar haqida ma’lumotlar. Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy.(783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o‘rgandi. O‘qigan, o‘rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doir yirik, qimmatli asarlar yaratdi. Uning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo‘lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug‘i-o‘nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o‘girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (yerning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to‘g‘risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o‘ynadi. 1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to‘yini katta tantana bilan nishonladi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Farg‘ona zaminida tug‘ilib o‘z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag‘doddagi birinchi Ma’mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma’mun akademiyasi Xorazmshox Ma’mun akademiyasi edi). (Al-Farg‘oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan. Farg‘oniy arab ilmiy atamashunosligini vujudga kelishiga va rivojiga katta hissa qo‘shdi. Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg‘oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo‘lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi. Al-Farg‘oniy 25 yoshidan Ma’mun akademiyasiga borib, u yerda salkam 50 yil halol mehnat qildi. Ma’mun davrida Bag‘dodda tashkil etilgan kutubxonada 400 ming jild kitob mavjud edi. Bag‘dod akademiyasida Al-Farg‘oniy bilan birgalikda xorazmlik Muso ibn Shokirning o‘g‘illari Ahmad, Muhammad va Xasan ibn Muso aka ukalar nomlarini va ularning ilmiy natijalarini ham keyinchalik Beruniy o‘z asrlarida hurmat bilan tilga oladi. Faribdan Bag‘dod akademiyasiga borib astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Al-Javhariy ham alohida o‘ringa egadir. Ahmad Farg‘oniyga arab ilmiy dunyosida «Xosib» laqabi berilgan ya’ni, uni matematika sohasida tengi yo‘qligi tan olingan. Yevropada Farg‘oniyni Alfraganus deb ataganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 828 yilda Bag‘dodda 1-chi rasadxona ishga tushirilganda, uni marvlik falakshunos olim Yaxyo ibn Abu Mansur boshqargan. 3 yil o‘tgach Damashqda ana shunday ikkinchi rasadxona barpo qilindi va unga Markaziy Osiyolik alloma Xolid ibn Abdumalik Marvarudiy rahbarlik qildi. Qizig‘i shundaki har ikkala-rasadxonani ham Al-Ma’mun iltimosiga ko‘ra loyihasini va barcha andozalarini qog‘ozga tushirish Ahmad Farg‘oniyga yuklatilgan bo‘lib, ushbu rasadxonalarning vazifalari, ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish ham ilmiy rahbar Ahmad Farg‘oniyning zimmasiga tushdi. Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al-Farg‘oniy Qoxira yaqinidagi Fustat shahriga Nil daryosi suvi satxini o‘lchash uchun yuboriladi. Farg‘oniyning bu sohada yasagan kilometr asbobi hozirgacha saqlanmoqda. Farg‘oniyning boy merosi, asarlari hozir Koxira, London, Parij, Berlin kutubxonalarida saqlanmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, Farg‘oniy asarlarining bilgan ko‘p qismi hali to‘liq o‘rganilmagan va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, xalqaro miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik ulkan to‘yi mamlakatimizda, xususan, u tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona vodiysi diyorida keng nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga muhtasham haykal yodgorlik o‘rnatildi. Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Buxoroda tavallud topgan bo‘lib, bolalikdanoq bilimga intilib, arab tili va hadis kitoblarini o‘qish va ularni yodlashga qunt bilan kirishgan. Keyinchalik Buxorolik muxaddislar Muhammad al-Poykandiy, Abdullox al-Masnadiylardan xadis ilmini chuqur o‘rganib ko‘p hadislarni yod olgan. 16 yoshlarida onasi va akasi bilan safarga otlanib Balx, Basra, Kufa, Bog‘dod, Xums, Damashq, Misr, Makka, Madina shaharlarida bo‘lishib mashhur hadis olimlaridan ilm olgan. Ma’lumki, «hadis» muqaddas «Kur’on» kitobidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to‘plab, ulardan 7275 hadisni o‘zining 4 jildlik «Ishonarli to‘plam»iga kiritdi. To‘plam Misr va boshqa ko‘p mamlakatlarda chop etilgan. Nihoyat bu to‘plam 1991-1992 yillarda o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga taqdim qilindi. Al-Buxoriy hadislari islom dunyosidagi yuzlab hadischi olimlarnikidan alohida farq qiladi va shuning uchun ham «Ishonarli» to‘plam deyiladi. Al-Buxoriyning islom dinshunosligiga oid 20ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. Uning hadislari va asarlarining diqqat markazida dinning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, tozaligi, donoligi, yaxshi va yomonni bir-biridan ajrata bilishi kabi hislatlari turadi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog‘onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu yerga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar. Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo‘lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog‘ida tug‘ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo‘lib, yetishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o‘rin tutadi. Umrini hadislar to‘plashga bag‘ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jomye as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan. 1990 yil settyabr oyida Toshkentda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ismoil al-Buxoriy hadislari kabi At-Termiziy to‘plagan hadislarda ham tarbiya, ahloq odob, ota-ona, va farzand haq-huquqlar, halollik, poklik, kabi umuminsoniy qadriyatlar va ahloq mezonlari asosiy o‘rin tutadi. Abu Abdurahmon an-Nasoiy (830-915 yy) Movaraunnahrlik hadischilardan an-Nasoiy ham Islom dunyosida mashhur bo‘lib Niso (Hozirgi Turkmaniston) shahrida tug‘ilgan. Uzoq vaqtlar Misrda yashagan. Hadislar to‘plagan. U «At-sunan al-Kubro», «Al-Mujtaba», «Al-Sunan» nomli hadis kitoblarini yozib qoldirgan. Bu kitoblar islom dinshunoslar orasida o‘ziga xos obruga egadir. Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O‘trorda tug‘ilgan, boshlangich ma’lumotni Shoh, Buxoro, Samarqandda olgan so‘ng Bag‘dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Yunon ilmini, xususan Aristotel merosini chuqur bilgani va ularni Sharqda rivojlantirgani uchun Aristoteldan so‘ng uni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Uning risolalari riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, axloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, ayniqsa falsafa va mantiq ilmi masalalariga bag‘ishlangan. Aristotelning barcha falsafiy asarlariga sharx yozgan. Musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag‘ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir. Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy O‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma’sud qonuni», «qadimgixalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi. Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan Abu Ali jahon madaniyati, ilm-fani xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk siymolardan biridir. U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma’lum. («Istoriografiya obhestvenno‘x nauk v Uzbekistane». «Bibliograficheskiye ocherki» T. «Fan» 1974 g. str. 30 ) Qoxiralik arab olimi Shox ota Kanavotiyning «Ibn Sino ta’riflari» asarida esa Ibn Sinoning 876 ta qo‘lyozma asarlari ro‘yxati keltirilgan. (A.Irisov. «hakim Ibn Sino» T. «O‘zbekiston» 1992 yil 82 bet). U o‘zining ko‘p jildlik «Tib qonunlari» nomli geniral asarida Movaraunnahrda rivojlangan amaliy va nazariy tibbiyot natijalarini umumlashtirgan, uni qo‘shni Sharq mamlakatlari tibbiyoti bilan boyitib, bir butun tizimga keltirgan. Abu Ali 800 ga yaqin dorini sinchiklab o‘rganib chiqqan va ulardan unumli foydalanish tavsiyalarini bergan. U ishlatgan 396 xil o‘simlikdan 165 tasi hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llanilmoqda. 100 tasi esa Sobiq Ittifoq farmonologiyasiga kiritilgan. (A.A.Qodirov «O‘rta Osiyoda meditsinaning paydo bo‘lishi» T. «Ibn Sino» nashriyoti. 1990 yil 58 bet). Ibn Sino qomusiy olim bo‘lishi bilan birga, iqtidorli shoir va adib ham bo‘lgan. «Qush risolasi», «Salomon, va Ibsol», «Yusuf qissasi» asarlari hamda ko‘plab g‘azal, ruboiy va she’riy dostonlari adabiyotimizda alohida o‘ringa egadir. U musiqaga bag‘ishlangan 3 ta alohida risola yaratib, musiqaning inson salomatligini tiklashdagi ta’sirini asoslab bergan va musiqaterapiya yo‘nalishiga asos solgan. Abubakr Rubobiy. IX asr ohiri X asr boshlarida Buxoro shahrida tug‘ilgan. O‘z davrining moxir va maikur sozanda va xonandasi. Buxoroda musiqa maktabi ochgan, ushbu sohada qo‘llanmalar yaratgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra shu maktabda Rudakiy ham taxsil olgan. O‘sha davrlarda Xorazmshox saroyida yashab ijod etgan, hamda Mavorounnaxr va Xurosonning xalq qo‘shiqlarini zo‘r mahorat bilan ijro etganlarga «Mutribi Mavorounnaxr» unvoni ta’sis etilgan. Bu unvonga eng birinchi Abubakr Rubobiy sazovor bo‘lgan. Abu Nasr (X asr) Buxorolik xonanda va sozanda Mavorounnaxrning barcha hududlarida mashhur bo‘lgan «Mavorounnaxr yo‘llari» deb atalgan qo‘shiqlar turkumida o‘z davri shoirlarining asarlarini moxirona ijro etgan. Alibergan Tanburiy. (X asr). Dostonchilikning asoschilaridan biri hisoblanadi. Doston va kasidalar ijrochisi sifatida shuxrat qozongan. U Xuroson va Mavorounnaxr usullarini o‘zida mujassamlashtirgan qushiqlar yaratdi va o‘zi ularning moxir ijrochisi, hamda tanbur chalishda benazir edi. Abul fazil Bayhaqiy. (995-1077 yil). G‘aznaviylar davrining yirik tarixchi olimi. Mahmud Gaznaviy saroyida kotiblik ham yushgan. «Ziynat ul kuttob» (Kotiblar ziynati), «Tarixi oli Mahmud» ( Mahmud xonadoni tarixi) asarlari hamda 30 jilddan iborat «Jomye ut - tavorix» (Tarixlar tuplami) tarixiy asarini yaratgan. Tarixlar to‘plami asari G‘aznaviy shoxlaridan Sabuktegin (977-997) davridan boshlanib, 80 yillik tarixni o‘z ichiga oladi. Abu Mansur al-Kumriy (999 yilda vafot qilgan). Buxoroda tug‘ilgan Ibn Sinoning tabobat bo‘yicha ustozlaridan biri. O‘z davrining tengsiz moxdo tabibi bo‘lgan. Yordami kerak bo‘lganda hatto podsho Mansur ibn Nux (961-976 yil) haramiga ham kirish huquqiga ega bo‘lgan. Bizgacha 2 ta tibbiy asari yetib kelgan. 1) «Kitob al-gino va al - muno» (yetarli va orzu qilingan kitob). 2) «Kitob at-tanvir fil-istiloxot at-tibbiya» (tibbiy istiloxotlarni yoritish kitobi) Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» ni yaratishda ushbu asarlaridan keng foydalangan. Abu Saxl Saxixiy Jurjoniy (970-1010 y) Ibn Sino bilan hamasr bo‘lib, zamonasining yirik tabibi, tabiatshunosi, astronomi va faylasufi edi. Jurjoniy tomonidan matematikaga astronomiyaga va ikdimshunoslikka oid asarlar yaratilgan. Uning 8 ta tibbiy asari bizgacha yetib kelgan. Jurjoniyning ayniqsa, «Tabobat san’ati bo‘yicha 100 kitob» asari Sharqda mashhur bo‘lgan. Abu Abdullox An - Notiliy As -Samarqandiy. (X-XI asrlar). Bu olim Ibn Sinoning uyida unga dars bergan uy o‘qituvchisi sifatida mashhur. Ibn Sinoga mantiq geometriya, astronomiya va falsafadan dars bergan va undagi cheksiz iqtidorni ko‘rib uning otasiga o‘g‘lini ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullantirmasligini qayta-qayta ta’kidlagan. Notiliy grek dorishunosi va tabibi Dioskuridus (I asr) ning mashhur «Dorivorlar haqida» asarini arabcha tarjimasini yangi taxririni bajargan. Bu taxrir bizgacha 4 ta qo‘lyozma nusxada yetib kelgan. Uning bu asari sharyu-podshoxlarinig saroy kutubxonalarida mavjud bo‘lgan. Abu Abdullox Al-Iyloxiy. (1067 yilda vafot etgan). Toshkent yaqinida Iylok degan qishloqda tug‘ilgan bo‘lib, Ibn Sinoning shogirdi, hamda uning «Tib qonunlari» ni sinchiklab o‘rganib, uning birinchi kitobiga «Muxtasar al-Iylokiy» (Iylokiy qisqartmasi) nomli qisqartma tuzgan tabibdir. Uning bu asari keyingi asrlar Sharq, tabiblari orasida sevib o‘qilgan va keng tarqalgan. Xatto «qisqartma» ga bir qancha sharxlar ham yozilgan. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi yurtimizda tug‘ilib, kamol topgan va islom dini rivojiga, shuningdek, butun bashariyat ma’naviy kamolotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimiz, xususan, hadis ilmining sultoni Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahoviddin Naqshband, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ulug‘ zotlarning o‘lmas ilmiy-ma’rifiy merosi, ibratli hayotini va ularning inson sifatidagi badiiy mukammal obrazlarini haqqoniy gavdalantiruvchi romanlarning yaratilishiga hissa qo‘shish, muqaddas islom dinining asl mohiyatini, uning rivojida bobokalonlarimizning ulkan xizmatlarini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng yoritish, shu bilan birga, adiblarimiz, islomshunos olimlar hamda yosh tadqiqotchilarimizni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari» mavzuida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e’lon qildi. Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling