Arab geografi olimi ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” (yerning surati) asari 367/977-78 yilda arab tilida Sitsiliyada yozilgan bo`lib unda butun islom dunyosining X asrdagi geografiyasi bayon etilgan


Download 8.26 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi8.26 Kb.
#1562756
  1   2   3
Bog'liq
225-gurug talabasi Mavlonov Shixnazar

Urganch Davlat Universiteti Tarix yo`nalishi 225-guruh talabasi Mavlonov Shixnazarning O`zbekiston tarixi fanidan mustaqil ishi taqdimoti.

Reja: 1. Ibn Havqalning ijodiy faoliyati. 2.Arablar davrida ilm-fanning rivojlanishi. 3.”Kitob surat al-ard” asarining tavsifi.

Arab geografi olimi ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” (yerning surati) asari 367/977-78 yilda arab tilida Sitsiliyada yozilgan bo`lib unda butun islom dunyosining X asrdagi geografiyasi bayon etilgan.

Asarning bizgacha yetib kelgan bir nechta nusxalari Gollondiya, Turkiya, Fransiya, ANGLIYA VA Germaniya singari mamlakatlardagi kutubxonalarda saqlanmoqda.Ushbu kitobda “Movarounahr” qismining o`zbekcha tarjimasi ilmiy izohlar bilan berilgan.

IX-X asrlarda Arab xalifaligida umuman islom dinini qabul qilgan turli xalqlar orasida ilm fan, savdo, madaniy aloqalar gurkirab rivojlangan edi. Ana shu davrda islom dunyosida tavsifiy geografiya yo`nalishida arab tilida ko`plab asarlar yozildi.Bu asarni yozishdan asosiy maqsad islom dunyosining iqlimlari, yani turli qismlarining geografik xaritalarni tuzish va tavsif qilish edi.

Al-Istaxriy

Bunday izohli xaritalar majmuasi to`plangan asarlar odatda “Kitob al-masolik val-mamolik “ yani “Yo`llar va mamlakatlar kitobi” deb atalgan va o`sha davrdagi Arab xalifaligining siyosiy-tarixiy bo`linishini aks ettirgan. Bu yo`nalishda yozilgan asarlar 21 yoki 22 ta xaritani o`z ichiga olgan bo`lib, ular g`arbdan sharqqa quyidagi tartibda joylashtirilgan.

Jumladan dunyoning doiraviy xaritasi, Arablar diyori, Fors dengizi, al-Mag`rib, al-Andalus(Ispaniya), Al-Jazira( Mesopatamiya), Misr, Ar-Rum dengizi, Armaniston, Xuroson va Movarounahr. Yevropada bunday xaritalar majmuasi “Islom atlasi” deb nom olgan.

Bu yo`nalishda birinchi bo`lib asar yozgan geograf olimlardan biri Abu Zayd Ahmad ibn Balxiy( vafoti 322/934)edi. U taxminan 235/849-yilda Balxda tug`ilgan, yoshligida Bag`dodga safar qilib u yerda 8 yil davomida turli fanlar shu jumladan falsafa, astronomiya, geografiya, va tilshunoslikdan tahsil oladi.Balxga qaytib kelgach, Somoniylar vaziri Abu Abdulloh al-Jayhoniyning xomiyligi ostida ilmiy faoliyatini davom ettirgan.


Download 8.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling