Arab geografi olimi ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” (yerning surati) asari 367/977-78 yilda arab tilida Sitsiliyada yozilgan bo`lib unda butun islom dunyosining X asrdagi geografiyasi bayon etilgan


Download 8.26 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi8.26 Kb.
#1562756
1   2   3
Bog'liq
225-gurug talabasi Mavlonov Shixnazar

Shuningdek asarning M.De Guye tayorlagan tanqidiy tarjimalari ham Leyden, Oksford, Parij nusxalari va fors tilidagi tarjimalari ham jalb etilgan. Ibn Havqal asarlarining ayrim qismlari rus tiliga tarjima qilingan. Xususan A.Garkavi asardagi slavyanlar va ruslar haqidagi malumotlarni Sank peterburg 1870-yil, S.Volin asarning Xorazm va Taroz haqidagi qismlarini Moskvada 1939-yil, Olmaota 1960-yil, E.K.Betger Samarqand, Nasaf, Kesh, Shosh, Ustrushona va Farg`ona haqidagi qismlarini (Toshkentda !957-yil) rus tiliga tarjima qilgan.

Mazkur tarjima asarning ayrim qo`lyozmalari yoki M.De Guye tayorlagan birinchi tanqidiy matnidan amalga oshirilgan. O.B.Flora asarning Farg`ona haqidagi qismini J.X.Kramers tayorlagan yangi tanqidiy matnidan rus tiliga qayta o`girgan(Toshkent 1998-yil) Asarning to`liq matni J.X. Kramers va G.Viet tomonidan 2 jildda fransuz tiliga (Parij, 1965, 2001) movarounahr haqidagi qismi turk tiliga tarjima qilingan (Anqara, 1985, 2001).

Asarning “Movarounahr” qismi H.Mamadaliyev tomonidan o`zbek tiliga tarjima qilingan (Toshkent 2007). R.Xudoyberganov Al-Istaxriyning “Kitob masolik al-mamolik” asarini shu jumladan uning “Movarounahr” qismini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Matnning asl qiyofasi va o`ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida tarjimada arab tilidagi ayrim geografik va topografik atamalar o`zlarining ayrim shakllarida, ularning o`zbek alifbosidagi yozilishi esa transliterasiya qoidalariga rioya qilingan holda berilgan. Matnga berilgan izohlarda esa ularning arab alifbosidagi yozilishi ham keltirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Movarounahr/Ibn Havqal; arab tilidan tarjima,izohlar muallifi Sh.S Kamoliddin.Toshkent.:”O`zbekiston milliy ensiklopediyasi”.Davlat ilmiy nashriyoti,2011 2.www.ziyo.net


Download 8.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling