Arab geografi olimi ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” (yerning surati) asari 367/977-78 yilda arab tilida Sitsiliyada yozilgan bo`lib unda butun islom dunyosining X asrdagi geografiyasi bayon etilgan


Download 8.26 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi8.26 Kb.
#1562756
1   2   3
Bog'liq
225-gurug talabasi Mavlonov Shixnazar

Balxiyning “Iqlimlar surati” nomli asari mavjud bo`lib ammo u bizgacha yetib kelmagan.Eronlik geograf olim Abu Ishoq ibn Muhammad al-Forsiy al-Istaxriy (Xasr) ko`p yillar davomida Eron, Arabiston, Iroq, Suriya va Misr bo`ylab sayohat qilgan. Abu Zayd al-Balxiyning kitobini yaxshi bilgan Al-Istaxriy 330/940-yilda uni qayta ishlab o`zining sayohati davomida yig`gan malumotlari bilan ancha boyitdi, xaritalarga ham ancha qo`shimcha malumotlar kiritdi.

Ushbu asrda turli viloyatlarning aholisi, tabiiy boyliklari, dehqonchilik mahsulotlari, chorvachiligi, ishlab chiqarishi, va savdo-sotiq mollari haqida ham malumotlar bor. Bu asar o`rta asrlarda fors tiliga tarjima qilingan. Forscha tarjimada arabcha matnda yo`q bo`lgan qo`shimchalar mavjud.Asarning forscha tarjmasi bizgacha yetib kelgan va Tehronda 1347-1368-yillarda nashr qilingan.

Ibn Havqal o`zining asarida al-Islom Taxriyning Misr, Shimoliy Afrika, ispaniya, Sitsiliya, haqida keltirilgan malumotlariga ko`p tuzatishlar va qo`shimchalar kiritgan. Shunisi muhimki Ibn Havqal asarining bizgacha yetib kelmagan to`liq matnidan foydalanilgan. Shuning uchun undagi Xuroson va Movarounahr qismlarida ham al-Istaxriyning bizgacha yetib kelgan matniga nisbatan ko`p qimmatli qo`shimchalar bor.

Al-Istaxriy va Ibn Havqal asarlarining vujudga kelishi arablarning geografiya sohasiga ilmiy adabiyotning eng yuksak rivojlangan davriga to`g`ri keldi. Bu davrda yozilgan geografik asarlarda statistic va toponomik malumotlar o`rniga tasviriy av tavsifiy xarakterga ega bo`lgan malumotlar kengroq o`rin egallagan.

Ibn Havqal asarining bizgacha yetib kelgan bir necha qo`lyozma nusxalari mavjud bo`lib ular Gollondiya, Turkiya, Fransiya, Angliya va Germaniya singari mamlakat kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning Istanbuldagi To`pqapu saroyi kutubxonasida 3346-raqam ostida saqlanayotgan nusxasida al-Istaxriy va Ibn Havqalning malumotlari XII asrning ikkinchi yarmida nomalum muallif tomonidan o`sha davrdagi qo`shimcha malumotlar bilan boyitilgan.

Asarning tanqidiy matni ilk bor Gollondiyalik olim M.De Guye tomonidan Bibliotheca geographorum arabicorum (Arab geografiyasi kutubxonasi) turkumining 2-jildi sifatida nashr etilgan bo`lib unda asarning Leyden, Oksford va Parij kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari jalb etilgan. Asarning ikkinchi tanqidiy matni fransuz olimi J.X. Kramers tomonidan nashr etilgan bo`lib, unda asrning To`pqapu saroyi kutubxonasidagi saqlanayotgan eng to`liq nusxasi asos qilib olingan.


Download 8.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling