Allommalarining


Download 86.5 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1210898
  1   2
Bog'liq
1.O\'rta Osiyo allomalari merosida..

SHARQ ALLOMMALARINING MEROSIDA MA’RIFAT ASOSIDA TARBIYALASH MASALALARI


Gafurova Naziraxon Alijonovna -Fargʻona shahar 29-oʻrta taʼlim maktabi
tarix fani oʻqituvchisi
To‘ychiyeva Gulyora Alisherovna-Andijon Olimpya va paralimpiya zaxiralari kolleji
tarix fani o‘qituvchisi

Ma’lumki, tabarruk diyorimizda kamol topgan buyuk alloma va mutafakkirlarning, ulug‘ muhaddislar, fozilu fuzalolarning nomini butun dunyoda yaxshi bilishadi. Bobokalonlarimiz bilan nafaqat faxrlanish, balki ularning boy ma’naviy merosini tadqiq va targ‘ib etish burchimizdir. SHu ma’noda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning buyuk mutafakkirlar yaratgan boy ma’naviy merosdan foydalanish va ilmiy faoliyatini ta’lim sohasida keng o‘rganishga oid ko‘rsatmalari alloma va mutafakkirimiz ijodiga bo‘lgan e’tiborning yangi bosqichi sifatida tarixiy ahamiyatga ega.


O‘rta asrlar SHarq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga etishi-bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Ma’rifat haqida qadimiy tarixiy merosimiz «Avesto»da ham aytib o‘tiladi. Unda ma’rifat oorqali ezgulikning namoyon bo‘lishi ezgu o‘y, ezgu fikr va ezgu amalning amalga oshiruvchi kuchi sifatida talqin qilingan. Bundan tashqari, uyg‘onish davrining Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi allomalari o‘zlarining beqiyos ma’rifatli asarlari orqali umuminsoniy qadriyatlarni yaratishga ulkan hissa qo‘shganlar. Xususan, Hakim Termiziy “Kitob bayan­al­ilm” nomli risolasida ma’rifatni nur, yorug‘likka qiyoslagan. Bu davrda yashagan jahon tamadduni va islom dini taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan ulug‘ allomalardan biri Abu Mansur Moturidiydir.
O‘zbek xalqining ma’naviy merosida Abu Mansur Moturidiyning o‘rni va xizmatlari beqiyosdir. Manbalarning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy vafot etgan yili, ya’ni milodiy 870 yili tariximizdagi yana bir mumtoz siymo Imom Moturidiy tavallud topgan ekan. Bu voqea zamirida bamisoli Imom Buxoriyning nurli qalamini Imom Moturidiy olib, ul zotning xayrli ishlarini davom ettirishga bel bog‘lagandek tuyuladi. X asrda samarqandlik mutafakkir, «Imom al-Huda» (Hidoyat yo‘lining imomi) deb shuhrat qozongan Abu Mansur Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiya ta’limoti butun islom olamida keng tarqalgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida muhim o‘rin tutgan bu ulug‘ insonni “Imom Moturidiy bobomizning o‘rta asrlardagi g‘oyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, avlodlarga ibrat bo‘ladigan ma’naviy jasorat namunasini ko‘rsatib, islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi”[1.180 b]. deb ta’riflagani ham bejiz emas, albatta. Jahon tarixida o‘z o‘rniga ega Imom Moturidiy butun insoniyat tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan va axloqiy ma’rifat rivojida munosib o‘rin egallagan. Uning g‘oya va qarashlari umuminsoniy ahamiyatga ega.
Ma’rifat-ma’naviyatga olib keladigan yo‘l, uni shakllantiruvchi vositadir. Ma’rifat millat tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi ham davlatimizni xalqaro miqyosda nufuzini yanada ko‘tardi. Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolyusiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan. Inson faoliyatida odob, xulq me’yorlarining shakllanib borishi natijasida xulq-odob madaniyatiga ega bo‘ladi, shu bilan birga axloq-odob bu qoidaga, huquqqa rioya qilishni taqazo etadi. Qadim zamonlarda boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida aqliy etuklik, sog‘lom fikr, yuqori iste’dod, ijodkorlik, yaxshi xulq, ma’rifat tarbiyasini shakllantirish tushuniladi.
“Kitob at-Tavhid” (“Allohni yagona deb bilish haqidagi kitob”), “Kitob al-Maqomat”, “Ka’biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob”, “Mu’tazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni”, “Qur’on ta’vili kitobi”. Abu Mansur al-Moturidiyning “SHariat asoslari”, “Kitob al-jadal”, “Dialektika haqida kitob” kabi asarlari ham bo‘lgan. Moturidiyning mazkur asari tarix jarayonida ko‘p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo‘lgan. Shulardan biri Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Samarqandiyning sharhidir. U “SHarh ta’vilot ahli as-sunna” deb nomlangan. “Moturidiya ta’limoti ilm egallash jarayonida bag‘rikenglik g‘oyasi asosida inson aql-zakovatining o‘rni va ahamiyatiga yuksak e’tibor qaratadi. Bu o‘z navbatida ushbu ta’limotning keng ommalashuvida muhim o‘rin tutgan. Bunday g‘oyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda” [2. 498 b] Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yangi tahdidlar, jumladan, «ommaviy madaniyat» xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish hammamizning umumiy vazifamiz hisoblanadi. SHunday ekan ushbu masalaga ham jiddiy e’tibor berib, kitob fondlarini boyitish, amaliy yordam berish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda, maktab kutubxonalarini va axborot-resurs markazlarini milliy va jahon bolalar adabiyotlari bilan to‘ldirishga hamda zamon qahramonlari obrazi ochib berilgan yoshlarbop yangi asarlarga katta ehtiyoj mavjud.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilning 19 yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha oʼtkazilgan videoselektorda farzandlarimizga milliy qadriyatlarimiz ruhida taʼlim-tarbiya berish, maʼnaviyatli, maʼrifatli qilib oʼstirish, ularni turli yot gʼoyalar tahdididan himoya qilish, kelajakka intilib yashashga oʼrgatish va bunda ota-onalar masʼuliyatini oshirish muhimligiga eʼtibor qaratildi.
“Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʼlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir”, – dedi davlatimiz rahbari. Shu maʼnoda, tana hech qachon jon va ruhsiz bir butun boʼlolmaganidek, maʼnaviyatsiz, taʼlim-tarbiyasiz ham iqtisodiy rivojlanishga erishib boʼlmaydi. Mustaqil teran fikrga ega, oʼtmishga yuksak eʼtiqodi bor millatgina ezgulik, taraqqiyot yoʼlida gʼoyalari mushtarak holda rivojlana oladi. Maʼnaviy birlashuvi bilan yuksalgan xalqni esa hech qanday yot gʼoya oʼz domiga torta olmaydi, yoʼlidan ogʼdirolmaydi. Tarbiyada tanaffus boʼlmasligi kerak. Oila, bogʼcha, maktab, oliy taʼlimda bu jarayon bir-birini toʼldirgan holda, uygʼunlikda davom etishi lozim. Аna oʼshanda kuchli maʼnaviyatga ega, dunyoqarashi keng, bilimli avlodni tarbiyalay olamiz. Аlbatta, farzandlar tarbiyasida jamiyat, mahalla yoki maktab emas, eng avvalo ota-ona masʼul. Yaʼni, har bir ota-ona oʼz farzandi uchun javobgar boʼlishi, masʼuliyatni his qilishi maqsadga muvofiq” .[3. № 13 (7793)]
SHarq uyg‘onish davri mutafakkirlarining fikricha, pokiza xulq-atvor, go‘zal axloq-odob, halollik, ilohiy ma’rifat - komil insonlik darajasiga etish manbaidir. Komil insonlargina millatning yorqin ko‘zgusi bo‘lishi mumkin. Faqat ma’naviyatli va ma’rifatli insonlargina xalq va davlat manfaati, ravnaqi yo‘lida mehnat qilishga qodirdirlar. Mashhur SHarq mutafakkiri SHayx Aziziddin Nasafiy komil inson fazilatlari haqida gapirib, uning yuksak axloqli, o‘zini anglagan, dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lishi zarurligini aytadi: “Bilgilki, Komil inson deb, shariat, tariqat va haqiqatda etuk bo‘lgan odamga nisbatan aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga etkan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif”[4.147 b].
Xulosa qilib aytish kerakki, Davlatimiz rahbari yaqinda boʼlib oʼtgan yigʼilishda qalblarimizni uygʼotuvchi bir fikrni aytdilar: “Buyuk ajdodlarimiz oʼzlarining ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan dunyoga ustozlik qilishgan. Boshqalarga ergashmagan, balki boshqalarni oʼz ortidan ergashtirgan. Biz ham ergashuvchi emas, ergashtiruvchi kuchga ega xalq boʼlishimiz shart. Аks holda, taraqqiyot yoʼlidan chekkaga chiqib, yana tanazzul botqogʼiga botamiz. Ota-bobolarimiz erishgan marralarni osongina boy berib qoʼyamiz. Bu ajdodlar ruhiga, kelajak avlodlarimizga xiyonat emasmi? Bu sohada bugun shoshilinch choralar koʼrmasak, ertaga kech boʼladi.” .
Bu ergashtirishga munosiblik zamirida avvalo ilmu maʼrifat, goʼzal axloq, adolat, xalparvarlik, odamiylikda sobitlik turadi. Ezgulik yoʼlida dunyo jaholatga emas, maʼrifatga ergashadi, dunyo razolatga emas, adolatga ergashadi, dunyo adovatu nafratga emas, mehru muhabbatga ergashadi.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling