Almashinuvchan kaliy miqdorini machigin-protasov usulida aniqlash. P a s p o r t I
Download 463.3 Kb. Pdf ko'rish
|
3. mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Adabiyotlar – A6, A7, A9, Q10, X11, X12. internet saytlari
- Natija quyidagicha hisoblanadi
- Almashinuvchan kaliyni aniqlash.
3-MAVZU TUPROQLAR TARKIBIDAGI HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHAN KALIY MIQDORINI MACHIGIN-PROTASOV USULIDA ANIQLASH. P A S P O R T I Mashg’ulotning maqsadi: Machigin usuli bo’yicha karbonatli sho’rlangan tuproqlar tarkibidaga harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliyni aniqlashdan iborat. Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: tuproq namunasi, distrlangan suv, filtr qog’oz, ammoniy karbonat eritmasi, qalay xlorid. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Xoliqulov Sh.T. Uzaqov P.U. Boboxujayev I. “Tuproqshunoslik” Toshkent 2013 y. darslik 2. Boboxo’jayev I., Uzaqov P.U. Tuproqshunoslik T."Mehnat" 1996 y. 3. Raupova N. Maxsudov X. Kamilov B. Nomozov X. “Tuproqshunoslik” Toshkent 2013 y. darslik 4. Raupova N. Kamilov B. Sodiqova G. Kuchkarova N. “Tuproqshunoslik” Toshkent ToshDAU 2012 y. 5. Bahodirov M., Rasulov A. Tuproqshunoslik (maxsus muharrir I.Boboxo’jayev) T., "O’qituvchi", 1975 6. Musayev B.S. “Agrokimyo” Toshkent “Sharq” matbaa-aksiyadorlik kompaniyasi 2001 y. 7. Sattorov J. va boshqalar “Agrokimyo” ."Cho’pon" 2011 y. 8. Boboxo’jayev., Uzaqov P.U., Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi. T.Mexnat, 1990 y 9. NiyozaliyevI.N., RadjabovB.B., vaboshqalar “Agrokimyodanamaliymashg’ulotlar ” T. “Mexnat”, 1989-ydarslik 10. Методы агрохимических исследований почв и растений. -Т. 1997. 11. . Benton Jones, Jr Laboratory guide for condukting soil tests and plant analysis. CRC Press Boca Raton London, New York Washington, D.C.2001 12. D.Picking and P.Veneman. Plant and soilsciences Soils Laboratory manual. University of Massachusetts Amherst, 2008. Tuzuvchilar: O’qituvchilar: Ortiqov T.Q., Xayitov M.A. B.K.Shoniyozov Mashg’ulotningmaqsadi: Machiginusulibo’yichakarbonatlisho’rlangantuproqlartarkibidagaharakatchanfosfo rvaalmashinuvchikaliynianiqlashdaniborat. Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: tuproqnamunasi, distrlangansuv, filtrqog’oz, ammoniykarbonateritmasi, qalayxlorid Adabiyotlar – A6, A7, A9, Q10, X11, X12. internet saytlari Bu usul asosan harakatchan fosforli birikmani 1% li ammoniy karbonat eritmasi yordamida ajratib olishga asoslangan. Aniqlash ma’lum darajada fosfat kislotaning molibden angidrid va qalay xlorid bilan havo rangli murakkab birikma (МоО 2 *4МоО 3 ) 2 *Н 3 РО 4 *4Н 2 О hosil qilishga asoslangan. Ishni bajarish tartibi. Texnik tarozida tortilgan 5 g tuproq (1mm li elakdan o’tkazilgan) 200-250 ml li konussimon kolbaga solinadi. Ustiga 1% li ammoniy karbonat (NH 4 ) 2 CO 3 eritmasidan 100 ml quyiladi. Kolba 5 minut chayqatiladi va 18-20 soat tinch qoldiriladi. So’ngra filtrlanadi va filtratdan 10 yoki 20 ml olib kolbaga o’tkaziladi (100 ml li o’lchov kolbaga), unga 2 tomchi betadinitrofenol tomiziladi; ustidan 10% li sulfat kislotadan kuchsiz och sariq rangga o’tguncha quyiladi va 2 ml molibden reaktividan quyib, o’lchov kolbasining belgisigacha suv to’ldiriladi, hamda qalay xlorid eritmasidan 0,5 ml tomiziladi. 5 minutdan so’ng aralashma qizil rangli svetofiltr orqali kalorimetrlanadi. Agarda filtrat rangli bo’lsa, filtratdan 10-20 ml olib 100 ml li o’lchov kolbaga o’tkaziladi, unga 2 ml 15:100 nisbatdagi sulfat kislota quyiladi va 4 ml 0,5n kaliy permanganat eritmasidan solinadi, so’ng suyuqlik 2-3 minut qaynatiladi. Organik modda yuqori haroratda kislotali muhitda kaliy permanganat ta’sirida parchalanadi (kilorod ajralib chiqib, eritma rangsizlanadi): 2KMnO 4 = K 2 O + 2MnO +5O Ortiqcha kaliy permanganatni neytrallash maqsadida qaynoq eritmaga glyukozaning 10% li eritmasidan 1 ml quyiladi. So’ngra aralashma sovutiladi. Sulfat kislotani neytrallashda sovutilgan eritmaga 3 tomchi indikator betadinitrofenol tomiziladi, so’ngra och sariq rang hosil bo’lguncha sodaning 10% li eritmasidan qo’shiladi. Keyin unga 2ml molibden reaktivi qo’shib, o’lchov kolbasining belgisigacha suv to’ldiriladi hamda qalay xlorid eritmasidan 0,5 ml tomiziladi, aralashma havo rangga bo’yaladi. Aralashma kalorimetrda tekshiriladi. Natija quyidagicha hisoblanadi: a * umumiy so’rim xajmi * 1000 mg/kg X=------------------------------------------------------------------------; tahlil uchun olingan so’rim * olingan tuproq massasi bu yerda: X - P 2 O 5 mg/kg tuproqda; a - kalibrlangan egri chiziqdagi P 2 O 5 miqdori, mg/100 ml eritmada. Almashinuvchan kaliyni aniqlash. Fosforni aniqlashda tayyorlangan filtratdan 5-10 ml olib, 50 ml li stakanga solamiz va alangali fotometrdan o’tkazamiz. Nazorat uchun savollar 1. Karbonatli tuproqlar haqida tushuncha bering. 2. Machigin B.P. usulining asosiy mohiyatini ta’riflang 3. Almashinuvchan kaliyni aniqlash yo’llari Download 463.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling