Almashlab ekishni loyihalash Almashlab ekishni joriy etish Dala tarixi kitobini yuritish


Download 79.61 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi79.61 Kb.
#1622230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
almashlab ekish

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

2009-yil

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

Bir korxonada bir almashlab ekish turi yoki xili qo`llanib qolmay, balki tuproq xususiyatlariga ko`ra bir necha turi yoki xili o`zaro kombinatsiyalashgan holda joriy qilinadi. Almashlab ekishda dalalarni to`g`ri ajratishga, ularning hajmi texnikadan va ish kuchlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydigan bo`lishiga e’tibor beriladi. Chunki mayda dalalarda murakkab va yuqori unumli mashinalardan foydalanish qiyin bo`ladi.


Dalalarning tashqi chegaralari iloji boricha tabiiy zovurlar, suv shaxobchalari yo`llar, ixota daraxtzorlari bilan ajralib turgani ma’qul. Dalalar o`rtasida traktor agregatlari ishini qiyinlashtiruvchi bunday to`siqlar bo`lmasligi kerak. Dalaning eng kichik hajmi traktor agregatining bir kunda bajaradigan ishi hajmida, tomonlari 1:3, 1:5 nisbatda, ekinga ishlov berish yo`nalishi ekin qator oralariga eng ko`p quyosh nuri tushadigan yo`nalishda belgilanadi.
Har bir qishloq xo`jaligi korxonasida almashlab ekish ma’lum tizimda qo`llaniladi. Ekinlar dalalarda sxemada belgilangan tartibda to`la joylashib bo`lgandagina almashlab ekish o`zlashtirilgan hisoblanadi. Ekinlarning almashlab ekish dalalarida belgilangan tartibda bir marta almashib chiqish davri rotatsiya davri deyiladi. 10, 12 dalali almashlab ekish sxemasida bir rotatsiya davri 10-12 yilga teng bo`ladi.
Ko`rinib turibdiki, ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish nisbatan uzoq muddatga mo`ljallanadi. Shuning uchun bu yirik tadbirga tashkiliy va iqtisodiy jihatdan baho berish talab qilinadi.
Ekin maydonlarini rejalashtirishdan asosiy maqsad, ekin maydonlarining ilmiy moslangan tarkibini belgilash, yerning iqtisodiy unumdorligini doimo oshirib borish, davlat buyurtmasi topshiriqlari va korxonaning ichki ehtiyojlarini to`la qondirish hamda o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. Ekin maydonlarini rejalashtirish korxonalarda ikki usulda olib borilishi mumkin.
Birinchi usul, korxonada almashlab ekish rejasi ishlab chiqilib, joriy etilgan bo`lsa, qo`llaniladi. Bu usulda ekin maydonlarining hajmi almashlab ekish rejasiga ko`ra shu yili ekinlar qaysi dalalarda joylashishiga qarab aniqlanadi. Agar reja 2005-yilga tuzilayotgan bo`lsa, u holda almashlab ekish rejasida ekinlarni shu yili dalalarda qanday joylashishini olamiz. 2005-yil paxta 1:2:3:4:5:9:10 sonli dalalarda, beda esa 7:8 sonli dalalarda, beda aralash makkajo`xori - 6 sonli dalada joylashgan. Xuddi shu tartibda boshqa almashlab ekish massivlari bo`yicha ham ekin maydonlari hajmi aniqlanadi.
Ekin maydonlarini rejalashtirishning ikkinchi usuli almashlab ekish rejasi joriy etilmagan taqdirda qo`llaniladi. Buning uchun korxona qishloq xo`jaligi (o`simlikchilik) mahsulotlariga bo`lgan talabi aniqlanadi. Korxonaning o`simlikchilik mahsulotlariga bo`lgan talabi davlatga buyurtma asosida sotish topshirig`i, ichki xo`jalik ehtiyoji va shartnoma asosidagi boshqa talablardan iborat bo`ladi.
Korxonaning o`simlikchilik mahsulotlari ayrim turlari bo`yicha talabi aniqlangandan keyin shu talab rejalashtirilgan hosildorlikka bo`lish orqali ekin maydonlarining hajmini aniqlash mumkin. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan:
,
bunda:
T - jami talab,
Xr - rejalashtirilgan hosildorlik.


Korxonaning o`zida rejalashtiriladigan yilda yetishtiriladigan hosildan kelasi yil uchun urug`lik fondi tashkil etish kerak bo`lgan taqdirda shu urug`lik fondini ham ta’min etadigan hajmda ekin maydonini aniqlash uchun shu mahsulotning umumiy talabini (urug`dan tashqari) rejalashtirilgan hosildorlikni bir gektar yerga ekiladigan urug` me’yorining kamaytirilgan hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan:
,
bunda: Nu - urug`lik me’yori;
Masalan: korxona rejalashtirayotgan yili davlatga buyurtma bo`yicha 5000 s, yem-xashak uchun 2000 s boshoqli don ajratishi va kelgusi yil uchun ma’lum miqdorda urug`lik fondini ham qo`shib hisoblangan donni yetishtirish uchun talab qilingan ekin maydoniga (175 ga) teng bo`ladi.

Bu usulda ekin maydonlarining ilmiy asoslangan bo`lishini ta’minlash uchun turli qishloq xo`jaligi ekinlariga iqtisodiy baho berish talab qilinadi. Buning uchun quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: 1 gektardan olingan hosil (jismoniy va ozuqa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektarga sarf qilingan mehnat va moddiy pul xarajatlari, 1 s mahsulotning tannarxi (jismoniy va ozuqaa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektardan olinadigan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad.
Tashkiliy jihatdan ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish davlatga mahsulot sotish buyurtmalari va tuzilgan shartnomalar bajarilishini so`zsiz ta’minlashga, maqsadga muvofiq ixtisoslashuv va tarmoqlar uyg`unlashuviga to`g`ri kelishi, texnika vositalari va ish kuchlarini ish joylariga olib borish va keltirishga, ishlab chiqarishi uchun zarur moddiy resurslarni va tayyor mahsulotlarni transportda tashishiga qullaylik tug`dirishi kerak. Iqtisodiy jihatdan baho berishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:

  • almashlab ekish joriy etilgan maydonning har bir gektaridan olingan mahsulot miqdori (natura va qiymat shaklida).

  • mehnat unumdorligi darajasi.

  • mahsulot tannarxi va rentabellik darajasi.

  • almashlab ekishning biror-bir tizimini o`zlashtirish va qo`llanilishi bilan bog`liq kapital sarflar va ularni qoplash muddatlari.

Almashlab ekishni tashkil etish ikki davrdan – qo‘llash va o‘zlashtirish davrlaridan iborat. Almashlab ekishni qo‘llash - almashlab ekish loyihasini tuzish ishlarini bajarishdan iborat.


Almashlab ekishni o‘zlashtirish – ekinlarni belgilangan navbatlab ekishga asta-sekin o‘tishdan iborat. Almashlab ekishni o‘zlashtirish uchun ko‘chma reja tuziladi. Buning uchun 2-3 yil, ba’zan esa undan ko‘p vaqt talab etiladi.
Almashlab ekishni loyihalash uchun quydagi ishlarni bajarish zarur:
a) yer-suv hisobga olinadi, barcha yerlardan eng unumli foydalanish rejasi belgilanadi;
b) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishning hajmi belgilanadi;
d) almashlab ekish mo‘ljallangan ekinlarning hosildorligi hisoblab chiqiladi va shunga ko‘ra, zarur miqdorda mahsulot olish uchun ekin maydonlari belgilanadi;
e) chorvachilik uchun yem-xashakka bo‘lgan talab hisoblab chiqiladi,yem-xashak ekinlari uchun ekin maydonlarining hosil- dorligi, katta-kichikligi belgilanadi;
f) xo‘jalik yerlarining katta-kichikligi va bo‘linib ketganligiga bog‘liq holda, undagi almashlab ekishlar soni va tuproq - gidro-geologik sharoitiga ko‘ra, har bir almashlab ekish uchun ekin maydonlarining tuzilmasi belgilanadi (xo‘jalikda bir necha bir xil yoki turlicha almashlab ekish bo‘lishi mumkin);
g) xo‘jalikda belgilangan almashlab ekishga qarab, dalalar- ning katta-kichikligi va soni, shuningdek, ularga ekinlarni navbat bilan ekish belgilanadi;
h) almashlab ekishga o‘tish rejasi tuziladi. Buning uchun oldindan dalalar tarixi, ekinlarni navbatlashda oldingi ekinlar- ning ahamiyati aniqlanadi;
i) yerga ishlov berish, o‘simliklarni parvarish qilish, o‘g‘it- lash, har bir ekin va almashlab ekish bo‘yicha begona o‘tlar, ka- sallik va zararkunandalar bilan kurashish tizimi ishlab chiqiladi.

Download 79.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling