Almashtirish shifrlari metodi bilan
Axborotlarni himoya qilish
Download 279.17 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriptografiya
- Kriptosistema
Axborotlarni himoya qilish — bu tarmoqdagi aloqa hamda axborotlarning uzluksizligi, yaxlitligi va
mahfiyligini ta’minlovchi barcha vosita va amallar mamuasi bo‘lib, nosozliklardan asrovchi vosita va funksiyalarni o‘z ichiga olmaydi. Axborotlarni himoya qilish kriptografiya, kriptoanaliz (kriptotahlil) va kompyuterlarga ruhsatsiz kirishdan saqlash kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Kriptografiya – amaliy matematikaning bir bo‘limi bo‘lib, axborotlarni mazmunini yashirish yoki ruxsatsiz foydalanishdan asrash maqsadida axborotlarni bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan modellar, metodlar, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi. Kriptosistema — bu axborotlarni kriptografik almashtirilishini dasturiy, texnik yoki dasturiy-texnik usullar yodamida amalga oshiruvchi tizimdir. Kriptoanaliz (kriptotahlil) — bu amaliy matematikaning bitta bo‘limi bo‘lib, kiruvchi yoki chiquvchi signallardan foydalanib maxfiy parametrlarni aniqlab olish (yashirin matnni ochish) maqsadida kriptosistemalarni tahlil qilishga qaratilgan usul, model, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kriptoanaliz matematik ma’noda kriptografiyaga teskari bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadi. Kriptografiya va kriptoanaliz birgalikda yangi fan — kriptologiyani tashkil qiladi.Kriptologiya tarixini uch bosqichdan iborat deb hisoblash mumkin. . Simmetrik shifrlash algoritmida quyidagi usullardan keng foydalaniladi: 1. O`rin almashtirish shifri 2. Siljitish shifri. O`rin almashtirish shifri oddiy shifrlash hisoblanib, bu usulda satr va ustundan foydalaniladi. Chunki shifrlash jadval asosida amalga oshiriladi. Birinchi bo`lib, shifrlash jadvalidan (XIV asrning oxirlarida) diplomatik munosabatlarda, xarbiy sohalarda axborotni muhofazalashda foydalanilgan. Download 279.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling