Almashtirish sxemasini tuzish va qt toklarini hisoblash
Pog’onali tokli himoyalarning o’rnatmalarini hisobi
Download 131.79 Kb.
|
12.OJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
Pog’onali tokli himoyalarning o’rnatmalarini hisobi
Sabr vaqtsiztokli kesim (himoyaning birinchi pog’onasi) Sabr vaqtsiz tokli kesimning birlamchi ishlash toki quyidagi ifodadan topiladi: (4.18) bu erda,kz– zahira koeffitsienti, agar himoya RTM relesi bilan bajarilgan bo’lsa 1,5–1,6 ga, RT–80 relesida 1,4–1,5 ga va RT–40 relesida bo’lsa 1,2–1,3 ga teng bo’ladi. – himoya o’rnatilgan joydan oqib o’tadigan va himoya qilinadigan liniyaning oxiridagi uch fazali QT tokining maksimal toki. Agar magistral liniya bir necha transformatorlarga shaxobchalangan bo’lsa, u holda tokli kesimni hisoblashda barcha transformatorlarning yig’indi magnitlanish toklaridan sakrashdan sozlashni tekshirish kerak: (4.19) Yuqorida keltirilgan ikki qiymatdan qaysi biri katta bo’lsa ushbu qiymat tokli kesimning birlamchi ishlash toki sifatida qabul qilinadi. Kesimning ikkilamchi ishlash toki (relening ishlash toki) barcha tokli himoya uchun bir xil hisoblanadi va u quyidagi ifodadan aniqlanadi: (4.20) bu erda,Ihi– himoyaning birlamchi ishlash toki;ntt – TT ning transformatsiyalash koeffitsienti;ksx – sxema koeffitsienti, reledagi tokning TT ning ikkilamchi tokiga nisbatiga teng. Agar TT va relelar to’liq va to’liq bo’lmagan yulduz sxemasiga ulagandaksxq1, TT larini uchburchak va toklar ayirmasi sxemasiga ulanganda ga teng bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, RTM va RT–80 relelarining ishlash toki pog’onali rostlanishga ega. Shuning uchun ular qo’llanilganda ishlash tokini relening to’g’ri hisobiy o’rnatmasi qiymatiga yaqin bo’lgan qiymatni qabul qilish kerak. Sabr vaqtsiz tokli kesimning sezgirligi ikkipog’onali va uch pog’onali himoyalar uchun turlicha aniqlanadi. Ikki pog’onali himoyada sezgirlikni hisoblashda himoya o’rnatilgan joydan oqib o’tadigan ikki fazali QT ning minimal tokini hisobga olgan holda himoyalanayotgan zonaning uzunligi aniqlanadi. Ushbu zonani taxminan quyidagi tenglikdan aniqlash mumkin: , (%) (4.21) bu erda, Ibi– himoya o’rnatilgan joydagi kuchlanish pog’onasiga mos keladigan tokning bazis qiymati;zl– himoya qilinayotgan liniyaning qarshiligi, nisbiy birlikda;ztash– sistemaning minimal ish rejimida himoya qilinayotgan liniyaga nisbatan tashqi, ya’ni ta’minot manbasi tomonidagi tarmoqning ekvivalent qarshiligi, nisbiy birlikda. Himoya qilinayotganlkes zona 25 % dan kam bo’lmasligi kerak. Uch pog’onali himoyalar, ya’ni kuchlanishi 20–35 kV li liniyalarda tokli kesim qo’shimcha himoya hisoblanadi va uning sezgirligi esa sezgirlik koeffitsienti orqali aniqlanadi: (4.22) bu erda, – himoya o’rnatilgan joydagi (ta’minlovchi podstantsiyaning shinasidagi) uch fazali QT ning maksimal tokining qiymati. Xulosa Releli himoyaning asosiy vazifasi elektr tizimning shikastlangan elementlarini o’chirgichlar yordamida avtomatik o’chirish, bundan tashqari ulardagi nonormal rejimlarni aniqlash hisoblanadi. Eng xavfli shikastlanishning ko’rinishi bu qisqa tutashuv hisoblanadi. Shuning uchun kurs ishini bajarishda avvalo berilgan tarmoqning barcha elementlaridagi QT tokining maksimal va minimal qiymatlarini aniqlashdan boshlash kerak. QT tokining maksimal qiymati himoyaning tanlovchanligini tekshirish uchun, minimal qiymati esa uning sezgirligini baholash uchun kerakligi haqida o`rganib chiqdik. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati. 1.www.hozir.org 2.www.uz.wekipedia.org 3.www.myshared.ru Mavzu: Alohida ketma-ketlik toklari uchun sxema va parametrlar Reja: 1. Almashtirish sxemasini tuzish va QT toklarini hisoblash 2.Bir tomondan ta’minlanadigan 3 – 35 kV kuchlanishli havo va kabel liniyalarining himoyasi 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Download 131.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling