Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. Faraz qilishga doir masalalar. Vaqtni hisoblashga doir masalalar


Download 37.9 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi37.9 Kb.
#1719256
  1   2
Bog'liq
4 ma`ruza ALMASHTIRISH USULI BILAN YECHILADIGAN MASALALAR. FARAZ QILISHGA DOIR MASALALAR


4-MA’RUZA
ALMASHTIRISH USULI BILAN YECHILADIGAN MASALALAR. FARAZ QILISHGA DOIR MASALALAR. VAQTNI HISOBLASHGA DOIR MASALALAR
REJA:

  1. Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar.

  2. Faraz qilishga doir masalalar.

  3. Vaqtni hisoblashga doir masalalar.



Tayanch iboralar: almashtirish, usul, masala, faraz qilish, vaqt, hisoblash.
Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. Bu tip masalalarining bunday nomlanishiga sabab, masalada ikki yoki bir necha miqdor qatnashib ularning biri ikkinchisiga almashtirib olib yechiladi. Masalada miqdorning qaysi biri almashtirilgan bo’lsa dastlab o’sha miqdor topiladi.
Quyidagi masalani yechaylik.
1- masala. Temir yo’lning qo’shimcha izida 14 ta pasajir vagoni va 48 ta yuk vagoni qator turibdi. Ularning uzunligi 521m. Pasajir vagoni yuk vagonidan 4m uzun. Har qaysi xil vagonning uzunligini topish .(ikki xil usul bilan yeching)
Masalaning qisqa sharti.
(chizma)
1 ta p.v. 1 ta yuk v. dan 4m uzun.
1 ta p.v. -? 1 ta yuk v. dan v -?
Yoki ushbu masala qisqa shartini jadval qo’rinishida ham berish mumkin.




Vagonlar soni

1 vagon uzunligi

Sostav uzunligi

Yuk

48 ta

?

? 521

Pasajir

14 ta

?, 4m uzun

? 521

Echish
1-usul yuk vagonini passajir almashtirib olib yechamiz.


1) Barcha yuk vagonlari passajir vagonlari bilan almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr ortiq bo’lar edi.
4 * 48 =192 (m)
2) jami vagonlar soni qancha?
14 + 48 =62 (ta passajir vagon)
3) 62 ta passajir vagon uzunligi necha metr?
521 + 192 =713 (m)
4) 1 ta passajir vagon uzunligi necha metr?
713 : 62 =11,5 (m)
5) bitta yuk vagonining uzunligi necha metr?
11.5 – 4 =7,5 (m)
Javob: 11,5 metr; 7,5 metr.
2 – usul. (Passajir vagonini yuk vagoniga almashtirib olib yechamiz.)
1) Barcha passajir vagonini yuk vagoniga almashtirilsa, sastav uzunligi necha metr kam bo’lar edi?
4 * 14 =56 (m)
2) jami vagonlar soni qancha?
14 + 48 =62 (ta yuk vagon)
3) 62 ta yuk vagonlar vagon uzunligi necha metr?
521 – 56 =465 (m)
4) bitta yuk vagonining uzunligi qancha?
465 : 62 =7,5 (m)
5) 1 ta passajir vagon uzunligi qancha?
7,5 + 4 =11,5 (m)
Javob: 7,5 metr; 11,5 metr.
Quyidagi masalalarni yeching.
100. Yuirining quvvati 360 ot kuchiga va ikkinchisining quvvati 420 ot kuchiga yega bo’lgan ikkita bug’ mashinaga 8 soat ichida ko’mir yoqilgan. Har qaysi mashinaning 1 soatda bir ot kuchiga qancha ko’mir yoqilishini aniqlang.
101. SHamol ochiq cho’lda 2 minut, o’rmonzorda 35 sekund esib 980m masofani o’tadi. Bunda shamolning o’rmonzordagi tezligi sekundida 3m kamaygan. SHamolning ochiq cho’ldagi va o’rmonzordagi tezligini aniqlang?
102. Sayyohatchilar yo’lda 150 stakon (stakon 250 kub sm) mosh, 80 stakon loviya va 50 stakon gurunch, ya`ni hammasi bo’lib 59 kg dansarf qilganlar. 1 stakon mosh 1 stakon loviyadan 10g ortiq va 1 staeon gurunchdan 20g yekindir. Sayyohatchilar tomonidan sarf qilingan moshning og’irligini aniqlang?
103. Zavod 288ts misdan uch xil o’lchamdagi 1350 ta mis qozon yasalgan. Katta qozonlarning soni o’rtacha qozonlarning sonidan 3 marta kam va kichik qozonlar sonidan 5 marta kam. Kichik qozon ortacha qozondan 6kg yengil, o’rtacha qozon esa katta qozondan 6kg yengil. Har qaysi xil qozonning massasini toping?
104. Sex po’latdan 104t ortiq temir omon, ya`ni po’lat temirdan 5 marta kam bo’lgan. Po’latdan 750 ta bosqop 3100 ta bolta va 6100 ta bolg’a ishlangan. Bitta bolta bolg’adan 1kg og’ir, lekin bosqopdan 3kg yengil. Bitta boltaning og’irligi qancha?
105.Donboss konchilari plandan tashqari 3462t ko’mir jo’natishdi. SHu ko’mir ortilgan sostavda 60 ta platforma, 28 ta ikki o’qli vagon va 36 ta to’rt o’qli vagonda 30 t kam va ikki o’qli vagondan 35 ts ko’p ko’mir ortilgan. Har qaysi xil vagonda qanchadan ko’mir ortilgan?
106. 18 soat poezdda, 6 soat avtmobilda va 72soat paraxodda yurib, 2540km yo’l bosib o’tilgan. Avtomobilning tezligi poezd tezligidan 2 marta va paraxod tezligidan 4 marta ortiq paraxodning xarakat tezligini aniqlang.
107. 2646 kub mhatmdagi hovuzni to’lg’azish uchun har xil quvvatdagi uchta nasos qo’yilgan. Uchala nasos baravariga 12 soat ishlagandan so’ng birinchi nasos to’xtatilgan. 3 soatdan keyin uchinchi nasos ham to’xtatilgan, shundan keyin ikkinchi nasos 5 soat ishlagan. Ikkinchi nasosning quvvati birinchi nasosnikidan 2 marta kam, uchinchinikidan esa 3 marta ortiq, ikkinchi nasos qancha suv tortgan?
108. 8400 kub m o’tinni toshib olish uchun pritsepli traktor 240 martm, avtomoshina 840 marta va arava 600 marta qatnadi. Avtomoshinaga aravadan 5 marta ortiq, traktorga esa avtomoshinadan 3 marta ortiqo’tin qoplangan. Traktor bilan necha kub m o’tin tashilgan?

Download 37.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling