Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. Faraz qilishga doir masalalar. Vaqtni hisoblashga doir masalalar


Vaqtni hisoblashga doir masalalar


Download 33.05 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi33.05 Kb.
#1197284
1   2
Bog'liq
3 ma`ruza (2)

3. Vaqtni hisoblashga doir masalalar. Ushbu tipga ta`luqli masalalar asoson 3 ko’rinishda bo’ladi. 1) biror hodisaning boshlanish va tugallanish vaqtiga ko’ra hodisa davom etish vaqtini topishga qaratilgan masalalar; 2) Biror hodisaning boshlanish vaqti hamda davom etish vaqtini bilgan holda shu hodisaning tugallangan vaqtini topishga doir masalalar. 3) biror hodisaning davom etgan muddati va tugallanish vaqtiga ko’ra hodisaning boshlaninsh vaqtini topishga doir masalalar.
Vaqtni hisoblashga doir masalalar boshlang’ich sinf darsliklarida uchraydi. Masalaning yechimi IX sinfda vaqt birliklariga doir murakkab yechimli sonlarni qushish va ayirishga o’xshab ketadi. Ularni yechishda har bir yilning oddiyligi kabisani ekanligi, oylardagi kunlar sonini hisobga olish shart.
1 - Masala. Geniral rus matematigi panfutiy Lhvovich CHebishev1821 yil 27 mayda tug’ilgan va 73 yil 6oy 12 kun umr ko’rgan. U qachon vafot etgan?
Masalaning qisqacha shartini quyidagicha tasvirlsh mumkin.



Hodisa boshlanishi

Davom etishi

Tugallanishi

1821 yil 27 may

73 yil 6oy 12 kun

?

Echish 1821 yil 27 may bu erta boshidan 1820 yil 4 oy 27 kun demakdir, shu sababli bu sana ustida 73 yil 6 oy 12 kun qo’shiladi. Buni quyidagicha yozamiz.

1820 yil 4 oy 27 kun


73 yil 6 oy 12 kun
1893 yil 10 oy 39 kun
1893 yil 11 oy 9 kun
Demak Pl CHebishev 9 dekabrh 1894 yilda vafot etgan.
2 – masala. To’qimachilik fabrikasi 1967 yil 15 aprelda qurilishi boshlandi. Bu fabrika 1972 yil 4 noyabrh kuni qurilib bo’lgach ishga tushdi. Fabrika qurilishi qancha davom etgan?
Masalaning qisqacha shartini quyidagicha tasvirlash mumkin.



Qurilish boshlandi

Davom etishi

Tugallanishi

1967 yil 15 aprelh

?

1972 yil 4 noyabrh

Echish: 1967 yil 15 aprelh bu 1966 yil 3 oy 15 kun demakdir, shuningdek 1972 yil 4 noyabrh deganibu 1971 yil 10 oy 4 kun demakdir.


Masala yechimi quyidagicha bo’ladi.
1971 yil 10 oy 4 kun
1966 yil 3 oy 15 kun
5 yil 6 oy 20 kun
O’ninchi oy oktyabrh oyi bo’lganligi uchun u31 kun. Bu kunlar soniga qo’shib, 15 kunni ayirsak 20 kun qoladi.
Javob: Fabrika qurilishi 5 yil 6 oy 20 kun davom etgan.
3 – masala. Fazoga uchirilgan kosmik kema sayri 5 oy u 24 kun 15 soat davom etdi. Agar kosmik kema 7 avgust soat 21da yerga qaytgan bo’lsa, kema sayri qachon boshlangan.
Echish: 7 avgust soat 21 deganda oy boshidagi 6 kun 21 soat o’tgan bo’ladi. SHu sababli kema sayri qachon boshlanishini bilish uchun hodisa tugagach vaqtdan uning davom etgan vaqtini ayirib topamiz.
7 oy 6 kun 21 soat
-
5 oy 24 kun 15 soat
1 oy 24 kun 6 soat
Ettinchi oyni kunga aylantirib, 6 kunini qo’shib, 24 kunini ayiramiz. Bu ayirma masala savoliga javob bo’ladi.
Demak kema sayri 14 fevralh ertalab soat 6 da boshlangan edi.
Quyida keltirilgan masalalarni yeching.
121. 1991 yil 4 fevralh ertalab soat 8 gacha era boshidan necha yil, necha oy, necha sutka va necha soat o’tgan? 1975 yil 6 aprel kechqurun soat 5 gachachi? 1940 yil 25 mart soat 11 gachachi?
122. Paraxad navbatdagi safariga 26 iyunh soat 3 dan 30 min o’tganda jo’nab, 8 sutka 15 soat 45 minutdan keyin qaytib keldi. Paraxod qachon qaytib kelgan?
123. Zavod ikkinchi chorak yil reja ishni, chorak boshlanishidan 82 kun o’tganda bajargan. Zavod ikkinchi chorak yil rejani qaysi chisloda bajargan?
124. Ekspeditsiya 1937 yil 21 mayda SHimoliy qutbga borib tushgan. Agar tarixiy dreyd 8 oy 29 kun davom etgan bo’lsa,” SHimoliy qutub” stantsiyasi o’z ishini qaysi chislada tamomlagan?
125. Ulug’ mutafakkir shoir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda tug’ilib,. 61 yil umr ko’rgan. U kishi qachon vafot etgan?
126. 10 iyunda leningradda quyosh ertalab soat 2 dan 36 minut o’tganda chiqib, kechqurun soat 9 dan 27minut o’tganda botadi. Kunning uzunligini aniqlang?
127. Moskva pedagogika bilim yurtining o’quvchisi uyidan ertalab soat 7 dan 10 minut o’tganda chiqib,soat 8 dan 20 minut o’tganda darsga yetib kelar edi. Yani metro qurilgandan keyin o’quvchi uyidan soat 7 dan 35 minut o’tganda chiqib, soat 8 dan 15 minut o’tganda darsga yetib keladi. Agar bir oyda 25 o’qish kuni bo’lsa o’quvchi uyidan bilim yurtigacha va bilim yurtidan uyigacha borib kelishga bir oyda qancha vaqtni tejagan bo’ladi.
128. Ulug’ rus pedagoglari K.D Ushinskiy va A.S Makarenkolarning qancha umr ko’rganlarini aniqlang?
134-betdagi 7-masala Samolyot Toshkentdan Urganchgacha 110 minutda uchib bordi. Poezd esa 20 soatda bordi. Samolyot manzilga yetib borish uchun poezdga qaraganda qancha vaqt kam sarflagan? (9-tip vaqtga doir)

75-betdagi 1-masala SHanba kuni Dono 1soat 45 minut, yakshanba kuni esa 2 soat 25 minut dars qildi.Dono ikki kun davomida necha soat dars qilgan?(9-tip vaqtni hisoblashga doir.)


75-betdagi 3-masala Ikki shahar orasidagi masofani mototsiklchi 35 minutda, velosipedchi esa 3 soat 10 minutda bosib o’tdi. Velosipedchi mototsiklchiga qaraganda qancha ko’p vaqt sarflagan?(9-tip vaqtni hisoblashga doir.)
74-betdagi 8-masala.Sayohatchi 2 soat yo’l yurdi. U bu vaqtning 16 minutini daryodan o’tish uchun, qolgan qismini esa qirdan oshish uchun sarfladi. U qirdan oshish uchun qancha vaqt sarflagan? (9-tip vaqtni topishga doir.)
73-betdagi 7-masala. Rahimjon dam olish uchun anhor bo’yiga bordi. U 1soat 55 minut vaqtini baliq ovlash uchun va 1 soat 25 minut vaqtini cho’milish uchun sarfladi. Rahimjon dam olish uchun qancha vaqt sarflagan?(9-tip vaqtni hisoblashga doir.)
110-betdagi 459-masala. Qishloqdan shahargacha avtobus 30 minut yuradi. Kunduzi soat 1-u 10 minutda yo’lga chiqadigan avtobus shaharga qachon yetib keladi? 9 – tip (vaqtga doir) (3-sinf.)
156-bet 655-masala. Masalalarni yechilishini tushuntiring;
1) Sport to’garagining mashg’uloti soat 15 da bog’lanadi va 2 soat davom etadi. To’garak mashg’uloti qachon tugaydi?
15+2 =17 javob: soat 17 da.
2) Bolalar bog’da 3 soat sayr qildilar va soat 14 da uylariga keldilar. Ular bog’ga qachon kelganlar?
14 – 3 = 11 Javob: soat 11 da.
Download 33.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling