Alo babul, mam gde?


Download 30.08 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi30.08 Kb.
#138362
Bog'liq
Uvol hikoyasi




Uvol

Tun.Tashqarida mayin, shabada esadi. Kechaning jilvakor chiroqlari ko’z qisishdan, oyning bo’yinidagi marvaridek noz qilishadi. Qumri xola yolg’iz zerikib soatga qaradi, endi to’qqiz bo’libdi. O’g’li, kelini nabiralarini olib to’yga ketishdi. Kampirning to’y shovqin – suroniga hushi yo’q. Shu sababli kelini, o’g’li qancha zo’rlashsa ham bormadi. Ana endi zerikib o’tiribdi.

Telivizorda allambalo film bo’lyapti, buzilgan shevadagi so’zlar bilan rol o’ynayotgan aktyorlarning xatti - harakatlari uning ensasini qotirdi,o’chirib qo’ydi. O’zi shunaqa goh turkcha,goh koreycha filmlarni takror - takror qo’yilishi telvizorning qadrini ham tushirib yubordi. Kampir o’zi telvizor ko’rishga juda qiziqmaydi, 30 yildan ortiq o’qituvchilik qildi. Shu sabablimi, bo’sh qolsa , gazeta , kitob o’qishni odat qilgan. Gazetaning birinchi betida tilga bag’ishlangan maqola berilibdi. Kampir maqolani o’qib, yuzida shirin samimiy tabassum bilan o’yga toldi: “Ha, to’g’ri yozishibdi, til millatni bor qiladi. Eh - he, tilimiz ham ne - ne zug’umlarni ko’rmadi, ne qiyinchiliklardan o’tmadi, deysiz. Shunday yaxshi zamonlar keldi. Tilimizga e’tibor kuchaydi. Shu payt telefonning bo’g’iq, chiyillagan tovushi kampirni cho’chitib yubordi. Zero, ko’ylaklarini hilpillatgancha telfon go’shagini qulog’iga olib bordi.

- Alo-o-o,- degan chet elda o’qiydigan katta nabirasi Zulxumorning tovushi eshitildi.

- Assalomu - alaykum, Zulxumorjon; kampir sevinib ketdi. Ammo , Zulxumor salom berishni unutdimi, kampirni so’roqqa tutdi.

- Alo babul, mam gde?

- Ha, qizim, yaxshimisan, o’qishlaring yaxshimi?

- Xorosho, xorosho, - degancha yana onasini so’radi.

- Qo’shni mahallada, dadangning o’rtog’I to’y qilayotgan edi, ular shu yoqqa ketishdi.

- Hm, da, da. Paka babul, kogda mam pridyot, pust pozvonit.

- Nima qilsin deysan, - nevarasining gaplariga uncha tushunmagan kampir kalovlandi.

- Obbo, qo’ng’iroq qilsinlar deyman, bo’ldi. Siz bilan baltat qilishga vremya netu !- shunday dedi - da telfonni o’chirib qo’ydi, go’shakdan cho’ziq tovush eshitilgancha qoldi.

- Qizi tushmagur, chet elda yurib, salomni ham unitibdi. O’g’liga necha bor aytdi: “Hoy, bolam, o’zbek bog’chaga ber deb, yo’q quloq solmadi, o’g’il nabiralar ham qolishmaydi, ular ham shunaqa chala - yarim o’zbekcha gaplashadi: Qumri xola boyagi maqola ta’siridan o’g’li , keilini bilan ertaga qat’iy gaplashishini o’ylab qo’ydi. Bu nima degan gap! O’zbek tilini bilmagan o’zbekmi? Tilning ham uvoli bor! Kampir o’zgacha qat’iy harakatlari bilan o’z xonasiga kirib ketdi.

Rustamova Dilshoda 9-sinf



Toshkent shahri
Download 30.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling