Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
VIII BO‘LIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING ISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Download 41.53 Kb.
|
yashil4
VIII BO‘LIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING ISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
37-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini buzganlik uchun javobgarlik Quyidagi hollarda: tabiat-qo‘riqxona fondi hududlari va obyektlaridan o‘z o‘rnida foydalanmaslikda, alohida muhofaza etiladigan hududlarni barpo etish va ular ishini yo‘lga qo‘yish loyihalarining talablarini buzganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ularning muhofaza etiladigan tegralari doirasida man etilgan xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning obyektlari va muhofaza etiladigan tegralarida oldindan ekologik ekspertiza o‘tkazmay turib yoki bunday ekspertiza xulosalarini buzgan holda xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda falokatlarning ekologik oqibatlari va boshqa zararli ta’sirlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni qarab chiqish muddatlari va tartibini buzganlikda; alohida muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish talablarini buzganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishda kimyoviy, fizik, biologik va o‘zga xil ta’sirlar yo‘l qo‘yiladigan me’yordan oshib ketganlikda, bunday hududlarni istifoda etish uchun berilgan ruxsatnomalarning talablarini buzganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy obyektlarning tabiiy majmuilari hamda ularning tarkibiga kiritishni mo‘ljallab asrab qo‘yilgan joylarni buzganlikda, ularga shikast yetkazganlikda yoki ularni yo‘q qilganlikda; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegarasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirganlikda, bunday hududlarni o‘z bilgicha boshqa ehtiyojlar uchun ajratib berganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar ma’muriy, jinoiy va o‘zga xil javobgarlikka tortiladilar. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik belgilanishi mumkin. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini buzish orqali yetkazgan zararlarning o‘rnini qonunlarda belgilangan hajmda va tartibda qoplashga majburdirlar. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-iyuldagi 293-sonli qarori bilan belgilangan. Download 41.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling