Yuridik klinika


Download 42.74 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi42.74 Kb.
#104378
Bog'liq
Akademik bayonnoma


  • MAQOLALAR

 

  • YURIDIK KLINIKA

 

  • KUTUBXONA

 

  • HUQUQIY TA’LIM

 

  • НА РУССКОМ

 

  • IN ENGLISH

JINOYAT VA MA'MURIY HUQUQ

Bayonnoma qanday to’ldiriladi?

Views: 3301

Yo’l harakati qoidalarini buzganingiz yoki buzganlikda gumonlanganingiz uchun mashinangiz to’xtatilganda, sizga nisbatan qanday choralar ko’rilishi haqida bilasizmi? Bunday holatda o’zingizni qanday tutishingiz kerak?

Yo’l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnomaga ko’ra, yo’l harakati qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) xodimi huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o’zida bayonnoma rasmiylashtirishi shart (5-band). Demak, bayonnoma yo’l harakati qoidasi buzilganligini isbotlovchi yagona hujjat hisoblanadi. Shuning uchun uning to’g’ri to’ldirilishiga jiddiy e’tibor berish lozim.

Ko’pincha bayonnomani to’ldirishda ham DYHXX, ham haydovchi tomonidan jiddy xatolarga yo’l qo’yiladi. Mazkur maqolamizda e’tiborni yo’l harakati qoidalari buzilganligi haqidagi bayonnoma qanday tuzilishiga qaratamiz.

Bayonnoma haqida umumiy ma’lumot

Bayonnoma namunasini bu yerda ko’rishingiz mumkin: Yo’l harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma

Yo’l harakati qoidalarini buzgan yoki buzganlikda gumonlangan shaxsga nisbatan DYHXX xodimi bayonnoma rasmiylashtirishi shart. Lekin agar shaxs o’zi sodir etgan huquqbuzarlikni tan olsa va unga shu joyning o’zida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqining bir baravaridan oshmasa, bayonnoma tuzilmaydi.

Bayonnomaga yozuvlar aniq holda ko‘k yoki qora rangli siyohlar (pasta) bilan yozilishi kerak. Yozuvlarni o‘chirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatish, turli vositalar yordamida yo‘qotish taqiqlanadi (22-band). Shuning uchun DYHXX xodimi bayonnomani qalam bilan to’ldirishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

Bayonnomani shartli ravishda ikki qismga bo’lish mumkin: birinchi qismi DYHXX xodimi tomonidan (xodimning lavozimi, unvoni, ismi-sharifi, ko’krak nishon belgisi va hkz.), ikkinchi qismi esa haydovchi tomonidan (haydovchining bayonnoma mazmuni bo’yicha fikrlari va hkz.) to’ldiriladi.

Bayonnomani to’ldirish bo’yicha umumiy maslahatlar

1.      Bayonnomani o’zingiz to’ldiring

Ko’p holatlarda haydovchi bayonnomani o’zi to’ldirishi kerak bo’lgan qismiga nima deb yozishi kerakligini DYHXX xodimi aytib turadi. Bunga yo’l qo’ymaslik kerak va mazkur maqoladagi tavsiyalarga asoslanib, bayonnoming tegishli qismlarini o’zingiz mustaqil ravishda to’ldirishingiz kerak.



2.      Yo’l harakati qoidalarining qaysi bandi buzilganligini aniqlab oling

DYHXX xodimi bayonnomada siz yo’l harakati qoidalarining qaysi bandini buzganingiz va huquqbuzarlik qanday texnik vosita yordamida aniqlanganligini qayd etishi kerak (1-rasmga qarang).

1-RASM

Mazkur qism to’ldirilmagan bo’lsa, DYHXX xodimiga uni to’ldirishni va bandning asosiy mazmuni nimadan iborat ekanini tushuntirishini talab qiling. Shunday qilinmagan holda yoki DYHXX xodimi sizga  yo’l harakati qoidalarining aynan qaysi bandini buzganingizni aytib bera olmasa, bu haqda haydovchi bayonnoma mazmuni bo’yicha o’z fikrini bildirishi mumkin bo’lgan qismda bildirib o’tishi kerak.



3.      Haq-huquqlaringiz tushuntirildimi?

Amaldagi qonunchilik DYHXX xodimidan haydovchiga uning huquq va burchlari nimalardan iborat ekanligini tushuntirishini talab qiladi. Bayonnomada “Menga O’zbekiston Respublikasi MJtKning (Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeks) 294-moddasida belgilangan huquq va burchlarim tushuntirildi” deb nomlangan qismi bor. Haq-huquqlaringiz tushuntirilgach, hujjatning shu qismiga imzo chekasiz (2-rasmga qarang).

2-RASM

Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 294-moddasida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning quyidagi huquqlari belgilangan:

“Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o’z iltimosini bayon etishga, ishni ko’irb chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o’z ona tilida so’zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.”

Shu bilan birga, Yo’riqnomaning 12-bandiga ko’ra, DYHXX xodimi haq-huquqlarni tushuntirish bilan birga, haydovchiga ma’muriy ish qayerda va taxminan qachon ko’rib chiqilishini tushuntirib, bu haqda bayonnomaga yozib qo’yishi kerak (3-rasmga qarang).

3-RASM


Ko’p holatlarda DYHXX xodimi haydovchilarga haq-huquqlarini tushuntirib o’tirmaydi. Yuqoridagi haq-huquqlaringizni to’liq o’rganib olishingizni tavsiya qilamiz. Mazkur talablardan bittasi bo’lsa ham bajarilmagan taqdirda, bayonnomaga “huquqlarim tushuntirilmadi” va/yoki “Ma’muriy ish qayerda ko’rib chiqilishi va taxminiy sanasi ko’rsatilmadi”, deb yozib qo’yishingiz kerak.

4.      Bo’sh joy qoldirmang

Bayonnomaning barcha bo’limlari to’ldirilishiga e’tibor berishingiz kerak. Bo’sh joy qolgan taqdirda, DYHXX xodimidan uni to’ldirishini so’rang. Agar u siz yozishingiz kerak bo’lgan qism bo’lsa, u yerga kerakli ma’lumotlarni kiritishni unutmang. Mabodo DYHXX xodimi bayonnomaga kiritilishi kerak bo’lgan biror ma’lumotni kiritishdan bosh tortsa, masalan, guvohlar haqida ma’lumot kiritmasa, haydovchi bayonnoma mazmuni bo’yicha o’z fikrlarini bildiradigan qismga, “Guvohlar haqida ma’lumot kiritilmadi”, deb yozib qo’yishingiz kerak. Yoki guvoh va xolislar haqida ma’lumot kiritilishi kerak bo’lgan bo’limga “Z” deb chizib qo’yishingiz mumkin (Ya’ni bu yerga boshqa hech kim keyinroq qo’shimcha ma’lumot kirita olmaydi).



5.      Baynnomani sinchkovlik bilan o’rganib chiqib, uning mazmuni bo’yicha fikrlaringizni bildiring

DYHXX xodimi o’zi to’ldirishi kerak bo’lgan qismni to’ldirib, bayonnomani sizga to’ldirish va imzolash uchun uzatganda, uni sinchkovlik bilan o’qib chiqmasdan turib imzolamasligingiz kerak.

Yo’riqnomaning 11-bandiga binoan, haydovchi bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga o‘z fikr-mulohazalarini yozib qo‘yishga, shu bilan birga, bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli (4-rasmga qarang).

4-RASM


Aytaylik, siz o’zingizni yo’l harakati qoidalarini buzmagan deb hisoblaysiz yoki DYHXX xodimi bayonnomani to’ldirishda bir necha xatolarga yo’l qo’ydi. Shunday holatda siz bayonnomaning 4-rasmda ko’rsatilgan qismiga o’z e’tirozingizni, masalan, “Yo’l harakati qoidasini buzmadim, DYHXX xodimi qaysi qoida buzilganini aniq aytib bera olmadi, haq-huquqlarim tushuntirilmadi, guvohlarning ismi kiritilmadi, shu sababli bayonnomani imzolashdan bosh tortaman va hkz.”, deb yozib qo’yishingiz kerak.

Shu o’rinda bayonnoma nusxasida yo’l qo’yilgan katta bir xatoga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Razm solsangiz, unda “huquqbuzarning tushuntirish berishi” va “huquqbuzarning imzosi” deb yozilgan. Haydovchi yo’l harakati qoidalarini buzganligi hali isbotlanmasdan turib unga “huquqbuzar” deya murojaat qilinmoqda. Aslida bu yerda ishlatiladigan so’z huquqbuzar emas, balki huquqbuzarlikda ayblanayotgan shaxsni ifodalovchi boshqa bir atama bilan almashtirilishi kerak.



6.      Guvoh yoki xolis?

Bayonnomaning guvoh yoki xolislar haqida ma’lumotlar kiritilishi kerak bo’lgan qismi quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi (5-rasmga qarang):

5-RASM

DYHXX xodimlari ko’p holatlarda mazkur qismni ham to’ldirmay ketadi. Agar guvoh va xolislar bor bo’lsa, ular haqidagi ma’lumot sizning oldingizda to’liq kiritilishini talab qilishingiz kerak. Guvoh yoki xolislar yo’q bo’lsa, “Guvoh yoki xolislar yo’q” deb yozilishini talab qiling yoki o’zingiz bu haqda yozib qo’ying.



Mazkur bo’lim to’g’ri to’ldirilishini nazorat qilish uchun “guvoh” va “xolis” kim ekanligini va ular o’rtasida qanday farq borligini tushunib olish kerak.

O’zbekiston qonunchiligida “guvoh” deb huquqbuzarlik to’g’risidagi ishga tegishli bo’lgan biron-bir holatdan voqif bo’lgan shaxsga aytiladi. “Xolis” esa huquq-tartibot organi xodimi tomonidan harakatlar o’tkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun chaqirilgan shaxslarga aytiladi. Masalan, xolis faqat, “falonch kuni haydovchi Aliyev va DYHXX xodimi Toshmatov bayonnoma to’ldirishganini ko’rdim” deb ko’rsatma berishi mumkin. Guvoh esa, “falonchi kuni haydovchi Aliyev qizil chiroqqa to’xtamasdan o’tib ketganini ko’rdim” qabilida ko’rsatma berishi mumkin.



Ba’zi holatlarda bayonnomaning mazkur qismi to’ldirilishi uchun DYHXX xodimi o’tib ketayotgan mashinani to’xtatib, mazkur qismni to’ldirib, imzolashini so’raydi. Shunday bo’lgan taqdirda, DYHXX xodimiga mazkur haydovchini guvoh deb emas balki xolis deb ko’rsatilishini talab qilishingiz kerak. DYHXX xodimi talablaringizni bajarmagan taqdirda, bu haqda bayonnomaga yozma ravishda yozib qo’yishingiz kerak.
Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling