9-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni yo‘lga qo‘yishda jamoat tashkilotlari bilan fuqarolarning ishtiroki
Jamoat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq va ayrim fuqarolar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda davlat idoralariga hamkorlik qiladilar.
Ana shu tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida davlat idoralari jamoat tashkilotlari bilan ayrim fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qo‘riqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qo‘riqxonalar]
II BO‘LIM. DAVLAT KO‘RIQXONALARI
10-modda. Davlat qo‘riqxonalarining ta’rifi va vazifalari
Davlat qo‘riqxonalari o‘z oldiga oddiy, odatiy va noyob tabiiy majmuilar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va o‘rganish, tabiiy jarayonlar va hodisalar o‘zgarishi ustidan monitoring o‘tkazish maqsadini qo‘ygan tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari hududidagi yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi xo‘jalik foydalanishidan to‘liq va bir umrga tortib olinadi hamda doimiy foydalanish uchun qo‘riqxonalarga bepul beriladi. Davlat qo‘riqxonalari yerlarini ijaraga berish taqiqlanadi.
Hududi tabiiy landshaftlarning xos bo‘laklaridan iborat bo‘lgan va belgilangan tartibda biosfera qo‘riqxonalarining xalqaro shoxobchasiga kiritilgan davlat qo‘riqxonalari biosfera davlat qo‘riqxonalari maqomiga egadir.
Davlat qo‘riqxonalari zimmasiga:
muhofaza ostiga olingan butun tabiiy majmuini tabiiy holatda asrash;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
ro‘yobga chiqarilganda qo‘riqxonalar va muhofaza etilayotgan tegralarning tabiiy majmuiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik obyektlari va boshqa obyektlarning loyihalari hamda ularni joylashtirish kesmalarining davlat ekologik ekspertizasida qatnashish;
tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy xodimlar va mutaxassislar tayyorlashga hamkorlik qilish;
ekologik bilimlarni targ‘ib etish vazifalari yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |