18-modda. Davlat milliy tabiat bog‘larining ish tartibi
Davlat milliy tabiat bog‘larining hududlarida tabiiy majmui va obyektlar holatini, ularning rekreatsiya, madaniy va estetik qimmatini inobatga olgan holda muhofaza etish va ulardan foydalanishning tabaqalashtirilgan tartibi belgilab qo‘yiladi.
Davlat milliy tabiat bog‘larining tegrasida davlat qo‘riqxonalari hududlari uchun nazarda tutilgan tartibdagi qo‘riq tegralari, rekreatsiya, xo‘jalik va o‘zga yo‘sindagi foydalanish tegralari, tarixiy-madaniy obyektlarning muhofaza tegralari ajratiladiki, ularda davlat milliy tabiat bog‘lari vazifalariga zid bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullaniladi.
Davlat milliy tabiat bog‘larining hududida:
daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo‘sinidagi kesish bundan mustasno);
ekologik jihatdan xavf-xatar tug‘diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib borishiga;
gidrologik va gidrogeologik tartibni o‘zgartirib yuboruvchi harakatlarga;
tuproq eroziyasini, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga;
davlat milliy tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga;
kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko‘mishga;
iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko‘chirib keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat milliy tabiat bog‘larida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va madaniy qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Bog‘ning rasamadi bilan faoliyat ko‘rsatishi uchun yo‘llar, boshqa kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur bo‘lib qolgan hollarda shikast topgan yerlarni madaniylashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuini o‘tkazish majburiyligi nazarda tutiladi.
IV BO‘LIM. DAVLAT BUYuRTMA QO‘RIQXONALARI VA DAVLAT TABIAT YoDGORLIKLARI
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.05 Davlat buyurtmali qo‘riqxonalari. Tabiat pitomnigi. Baliqchilik zonalari]
Do'stlaringiz bilan baham: |