Alohida olingan so’z turkumlari Reja


Download 336.8 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi336.8 Kb.
#1287859
Bog'liq
Alohida olingan so\'z turkumlari11

Alohida olingan so’z turkumlari Reja:

  • 1 Undov so’zlar.
  • 2 Taqlid so’zlar.
  • 3 Modal so’zlar, Tasdiq va Inkor so’zlar.

His- hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so’zlar undov so’zlar sanaladi.

  • His- hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so’zlar undov so’zlar sanaladi.
  • Undovlar ma’nosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
  • 1) his-hayajon undovlari
  • 2) buyruq – xitob undovlari

Misollar:

  • Oh, qanday go’zal bu olam!
  • Iye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi?
  • Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?

Yozuvda undov so’zlardan keyin vergul qo’yiladi.
Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo’yilmaydi.

His- hayajon undovlari.

  • His – hayajon undovlari kishilarning quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g’azab-nafrat, og’riq singari hissiyotlarni ifodalaydi.
  • His- hayajon undovlarining o’zi undov gap bo’lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin.
  • Bunday gaplar oxiriga doimo undov qo’yiladi.

Buyruq- xitob undovlari.

  • Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to’xtatish uchun qo’llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari deyiladi.

Taqlid so’zlar.

  • Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi.
  • Taqlid so’zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko’ra ikki xil bo’ladiL:
  • Tovushga taqlid so’zlar;
  • Holatga taqlid so’zlar.

Misollar:

  • CHiroq lip-lip etdi.
  • Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
  • SHu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, qarindoshlarimiz kela boshladi.

Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar deyiladi.

  • Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar deyiladi.
  • Masalan: g’a- g’a, di- dit.
  • Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so’zlar holatga taqlid so’zlar hisoblanadi.
  • Masalan: lip- lip, jimir- jimir.

Misollar:

  • Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
  • SHunday bo’lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
  • Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo’lardi.

Taqlid so’zlarning tuizilishi va imlosi.

  • Asosiy qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’lgan taqlid so’zlar takroriy taqlid so’zlar sanaladi.
  • Masalan: gumbur-gumbur, taq-tuq, chars-churs.
  • Takroriy taqlid so’zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Ifodalanilayotgan
fikrga
so’zlovchining
munosabatini
(ishonch,
gumon,achinish kabi)
bildirgan
so’zlarga modal
so’zlar deyiladi.

Misollar:

  • Xullas, har kuni buvisi nevarasiga bitta yangi ibratli ertak aytib beradigan bo’libdi.
  • Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’Ii kerak.
  • Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
  • Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz,albatta.

Modal so’zlarning ma’no turlari.

  • Modal so’zlar bayon qilinayotgan fikrga so’zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanuvchi munosabatlarni yoki fikrning tartibi, xulosasini bildiradi.
  • Modal so’zlar gap tarkibida boshqa so’zlardan vergul bilan ajratiladi.

Sof va vazifadosh modal so’zlar.

  • Modal so’zlar ham sof modal so’zlar va vazifadosh modal so’zlarga bo’linadi.
  • Faqat modal ma’no uchun xoslangan so’zlar sof modal so’zlar sanaladi: darhaqiqat, haqiqatdan, afsuski, avvalo avvalambor, xullas kabi.

Modal ma’noda ham qo’llangan aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so’zlar vazifadosh modal so’zlar hisoblanadi.

  • Modal ma’noda ham qo’llangan aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so’zlar vazifadosh modal so’zlar hisoblanadi.

Tasdiq va inkor so’zlar.


Ha, xo’p, mayli
singari
so’zlar
tasdiq
so’zlar; yo’q, mutlaqo singari
so’zlar
inkor so’zlar
sanaladi.

Misollar:

  • Men haq gapni aytyapman.-Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz.
  • Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? – mutlaqo
  • Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo….o’zligingni unutma aslo.

Yo’q, yashay bilmasman asrimdan nari, da’vo ham qilmasman mangulik izga.

  • Yo’q, yashay bilmasman asrimdan nari, da’vo ham qilmasman mangulik izga.
  • Mingboshi suvni o’zi so’radimi?- ha, o’zi so’radi.
  • Yo’q, men buni hozirgi kayfiyatingga qarab aytayotganim yo’q.

Download 336.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling