Alohida olingan so’zlar


Download 32.16 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi32.16 Kb.
#1477263
1   2   3
Bog'liq
Alohida olingan so’zlar turkumlari

2.Alohida guruh sozlar.
Sozlovchining oz fikriga bolgan munosabatini bildiradigan sozlar modal sozlar deyiladi: Ehtimol, bugun yetib kelar.
Modal sozlar mano jihatidan quyidagi turlarga bolinadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal sozlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qatiyligi takidlanadi: shubhasiz, shaksiz, sozsiz 3) ishonch: albatta 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, oz-ozidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: togri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal sozlar:
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chogi;
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yoq.
Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal sozlar ham mavjud.
Modal sozlarning kopchiligi mustaqil sozlardan osib chiqqandir.
1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), togri,sozsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) feldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi sozidan); 4) boglovchidan: balki; 5) soz birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal sozga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) soz tushirish natijasida hosil bolgan: oz-ozidan (aniq sozi tushib qoladi).
Modal sozlar sof va vazifadosh modal sozlarga bolinadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan sozlari sof modal sozlar hisoblansa, modal manoda ham qollanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi sozlar vazifadosh modal sozlar hisoblanadi.
Modal sozlar gap tarkibidagi sozlardan vergul bilan ajratiladi va kopincha kirish soz vazifasini bajarib keladi.
His-hayajon, tuyguni, haydash-chaqirishni bildiradigan sozlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xosh, rahmat, balli, bay-bay, voy-boy, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, oh, ohho, hm, him, be, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o, ha, iyi. Bu sozlar mustaqil sozlarga ham yordamchi sozlarga ham kirmaydigan ayrim soz turkumidir.
Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qollanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay, hay-hay.
Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
Undovlar mano jihatidan quyidagi turlarga bolinadi:
1. His-hayajon undovlari quyidagi manolarni ifodalaydi:
1) shafqat, mehribonlik: ie, o, voy, voy-ey, eh; 2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, oh-ho, ehe; 3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay (takrorlansa), oh-oh; 4) mamnuniyat, faxrlanish, magrurlanish, xayrihohlik: e-ha, eh, ha-ya, o; 5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.
Undovlar yozuvda gap bolaklaridan vergul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bolsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qoyiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil sozlardan undovlarga kochgan sozlar ham mavjud: 1) olmoshdan : qani; 2) fellardan: kel, hormang, yoqol, bor-ey, yashang, kechirasiz: Kel, bir bahslashaylik!
His-hayajon undovlari, odatda, gap bolagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish soz, yoki soz-gap bolib kelishi mumkin: Ie, men kimni koryapman? - Dod! - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.
2. Buyruq-xitobundovlari ikki xil boladi: 1) odamlarga qaratilgan undovlar: a) kishilarning diqqatini tortish uchun qollanadigan: hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey; b) takid, buyurish uchun qollanadigan: ma, tss, jim, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar: a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qollanadigan: kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan toxtatish uchun qollanadigan: ishsh, hok, tak; v)hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, chok, tek, hayt, chu.
3. Korsatish, takid undovlari quyidagi manolarni ifodalaydi:
1) korsatish: hu, huv, hovv; 2) javob, tasdiq, takid, mulohaza: ha-ha-ha, xosh, labbay, ha.
Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi: tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.
Undovlar odatda debsozi bilan qollanib, hol (U voy deb yonboshiga yiqildi), degan sozi bilan qollanib, gapda kopincha sifatlovchi-aniqlovchi (Kochada dod degan ovoz eshitildi) bolib keladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.), kesim (Endi uning holiga voy) toldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqich-aniqlovchi (Dod-voyning foydasi yoq.) vazifalarini bajaradi.

Download 32.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling