Alohida olingan so’zlar


Download 32.16 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi32.16 Kb.
#1477263
1   2   3
Bog'liq
Alohida olingan so’zlar turkumlari

3.Taqlid sozlar
Tovushga va holatga taqlidni bildirgan sozlar taqlid sozlar deyiladi.
Bunday sozlar mano jihatidan ikki turga bolinadi:
1. Tovushga taqlid bildiradigan sozlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, garch-gurch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, moo, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, ga-ga, qag-qag, pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan sozlar: yalt-yult, apil-tapil, guj-guj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, molt-molt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, givir-givir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.
Taqlid sozlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qollanadi. Juft va takrorlangan taqlid sozlar orasiga chiziqcha qoyiladi.
Taqlid sozlar mustaqil sozlar kabi gap bolagi bola oladi: Shamol gir-gir (hol) esmoqda.
Tovushga taqlid sozlar bazan otlashib, koplik, egalik va kelishik qoshimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda toldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning govur-govuri bosildi. Yuragining duk-dukini eshitdi. Chugur-chugurning toxtashi amri mahol.
Tasdiq va inkor sozlar
Tilimizda dialogik nutqda maqullashni ifodalaydigan ha, xop, mayli, bopti kabi sozlar ham mavjud bolib, ular tasdiq sozlar deb yuritiladi: - Ertaga kelasizmi? Ha.
Xuddi shular kabi dialogik nutqda qollanib, inkor manosida ishlatiladigan yoq, mutlaqo, aslo kabi sozlar inkorsozlar deb ataladi: - Bu kitob siznikimi? Yoq.
So‘zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalab, gapda kirish so‘z vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi narsa, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi va gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Shu bois ular gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog‘lanmaydi: Demak, ishalasa bo‘ladi. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘darishga ham to‘g‘ri kelar.
Modal so‘zlar, aslida, mustaqil so‘zlardan ajralib chiqqan bo‘lib, ularning bir qismi, ham mustaqil so‘z, ham modal ma’no ifodalovchi so‘z sifatida, ba’zilari esa hozirgi tilda faqat modal ma’no ifodalashga xoslanib qolgani sababli, o‘ziga xos ikki guruhni tashkil etadi: 1) sof modal so‘zlar: darhaqiqat, haqiqatan, afsuski, attang, albatta, avvalo, xullas; 2) vazifadosh modal so‘zlar: chamasi,ehtimol, shubhasiz, aftidan.
Modal so‘zlar quyidagi turkumga oid so‘zlardan ajralib chiqqan-ligi bilan ham o‘zaro farqlanadi: aftidan, ehtimol, haqiqatan, darhaqiqat kabilar otdan; shubhasiz, bor, yo‘q, so‘zsiz, tabiiy kabilar sifatdan; albatta ravishdan; o‘z-o‘zidan olmoshdan; chiqar, bo‘pti fe’ldan ajralib chiqqan.
Modal so‘zlarni u ajralib chiqqan mustaqil so‘zdan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash mumkin: a) modal so‘z mustaqil yasama so‘zdan ajralgan bo‘lishi mumkin. Bunday modal so‘z yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan shu ko‘rinishdagi mustaqil so‘z esa yasovchi qismlarga ajratiladi. Qiyoslang: Uning har qanday topshirig‘i so‘zsiz bajariladi(.So‘zsiz, bu kirdikorlarning boshida sen turibsan. Birinchi misoldagi so‘zsiz mustaqil so‘z bo‘lib, so‘z+siz qismlardan iborat,ikkinchi misoldagi so‘zsiz esa qismlarga ajratilmaydi, bir butun holda so‘zlovchining anglatilayotgan fikrni dallash munosabatini bildiradi; b) modal so‘z mustaqil so‘znig biror grammatik shaklidan kelib chiqqanda ham u morfemalarga ajralmaydi. Modal so‘z ko‘rinishidagi mustaqil so‘z esa morfemalarga ajraladi: Har bir ishning chamasi bor (egalik shaklidagi ot: chama+si). Ular, chamasi, bir yildan so‘ng uchrashdilar (modal so‘z).
Mustaqil so‘zning bu kabi o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda yordamchi so‘zga aylanishi natijasida omonimlik yuzga keladi.
Modal so‘zlar gapda, asosan, kirish so‘z vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ularning gapda quyidagi vazifalarda kelishini kuzatish mumkin: a) kesim yoki kesimning tarkibiy qismi vazifasida: Bu yoqqa keling, sizga gap bor. Inson uchun suv va havo zarur; b) so‘z gap vazifasini bajarishi ham mumkin: –Ertaga dam olish kunimi? -Yo‘q (yoki -Albatta).


Xulosa:
Tovushga taqlid sozlar bazan otlashib, koplik, egalik va kelishik qoshimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda toldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning govur-govuri bosildi. Yuragining duk-dukini eshitdi. Chugur-chugurning toxtashi amri mahol.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Hamroyev M. va b.Ona tili(darslik) Moliya-Iqtisod, T.: 2007-yil.
2 Ikromova R. Muhammedova D. Hamroyev M. Ona tilidan mashqlar toplami(oquv qollanma) TDPU, T.: 2019-yil
3.Hamroyev M. Ona tilidan jadvalli mashqlar toplami. Nizomiy nomidagi TDPU, T.: 2019-yil.
4.Jamolxonov H. Hozirgi ozbek adabiy tili. 2005, Talqin nashriyoti.
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi ozbek adabiy tili. 2006, Universitet nashriyoti.
Download 32.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling