Dalolatnoma
10.10.2023 yil
Bizlarkim qo`l qo`yib dalolatnoma tuzuvchilar “Mingchinor” MFYni raisi S.Allayarova, hokim yordamchisi S.Murodov, xotin-qizlar faoli Z.Zokirova, yoshlar yetakchisi J.Aburaimovlar bo`lib dalolatnoma tuzishimizdan maqsad “Mingchinor” mahallasi, Markaziy qo`rg`on qishlog`ida yashovchi 1997-yilda tug`ilgan fuqaro Tursunboyev Bobur Mirzabek o`g`lining kredit qarzdorligini to`lamaslik sababini o`rganish. Fuqaroning xonadoni o`rganilganda hozirda Tursunboyev Boburning sog`ligi bilan bog`liq muammolari borligi va ikki oy mobaynida uzluksiz davolanayotgani sababli tadbirkorlik faoliyati to`xtab qolgani ma’lum bo`ldi. Shu sababli hozirda olingan kridit summasini to`lashda qiynalayotgani aniqlandi.
Dalolatnomani to`g`ri deb imzo qo`yuvchilar:
Mahalla raisi: _________ S.Allayarova
Hokim yordamchisi: _________ S.Murodov
Yoshlar yetakchisi: _________ J.Abduraimov
Xotin-qizlar faoli _________ Z.Zokirova
Do'stlaringiz bilan baham: |