Alohida olingan so‘zlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 22.42 Kb.
|
Undov so\'zlarning morfologik belgi-xususiyatlari. ( O‘.Hoshimov asarlari misolida)
Mundarija: Kirish I-Bob. Undov so‘zlar haqida umumiy ma’lumot 1.1. Alohida olingan so‘zlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari 1.2. Undov so‘zlar haqida ma’lumot berish usullari II-Bob. Kirish O‘sib kelayotgan yosh avlod taqdiriga hech kim befarq qaragan emas. Bunda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni katta. Yoshlarni qay usulda o‘qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo‘lishiga qayg‘u-rish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi saviyamizni jaxon asoslari darajasiga yetkazish, xalq xo‘jaligida mutaxassislikka bo‘lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridandir. Ilm ziyo salohiyati – bu xalqning, vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatamiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etammiz. Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi avlodlar o‘rtasidagi ruhiy - ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilinig betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir. Insoniyat tarixida tilga doimo katta e’tibor berib kelingan. XX asr oxriga tilga ijtimoiy xodisa sifatida qarash g‘oyasi keng yoyildi. Bu bejiz emas. Chunki jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy tillar davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega bo‘ldi. Jumladan, o‘zbek tili ham. O‘zbek tiliga 1989- yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berilgan. Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo‘ladi. Til kishilar o‘rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. So‘z ham, so‘z birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir. Bu vazifa gap uchun xos hisoblanadi. Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir. Mazkur ilmiy ish mavzusi “Undov so‘zlar va ularning uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot ” deb nomlangan. Ilmiy ish “Alohida olingan so‘zlar turkumi haqida ma’lumot berish”- deb nomlanadi. Unda maktab ona tili ta’limida so‘z turkumlari, xususan, alohida olingan so‘zlar turkumiga doir mavzularning o‘rganilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. “Mustaqillik qadim va qanoatli, ustidan tegirmon toshi yurgizilganda ham bardoshi bukilmagan, tazyiqlar xazon fasliga eltganda ham ildizidan uzilmagan ona tilimizning intiq bahoriga ibtido boʻldi. Xalq tushunchasining toyilmas tirgagi, uning tafakkur va taxayyul olamining ustuvor ustuni ona tilidir, chunki shu til, avvalo, olomon shaklidagi odamlarni yaxlit qavm oʻlaroq birlashtiradi, bu qavmning dunyoni bilish, anglash tarziga muntazam shamoyil beradi, shu tariqa uni tamaddun otligʻ buyuk ne’matning oliy arshiga olib chiqadi”. Ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri har tomonlama yetuk, barkamol- ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, og‘zaki va yozma nutqi savodli, keng tafakkurli shaxslarni kamol toptirishdan iboratdir. Ona tilini o‘rganish, uning jozibasi bilan tanishtirish jarayonida har bir insonning qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlar shakllanadi. Ular o‘zlari tug‘ilib ulg‘aygan yurtga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini his etadilar. Qolaversa, Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishda ham ona tilimizning o‘rni beqiyosdir. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ma’naviyatimizning ko‘zgusi bo‘lgan ona tilimizni yosh avlod qalbiga singdirish har birimizning burchimizdir.. Alohida olingan so‘z turkumlari, xususan, undov so‘zlar va ularning uslubiyati mavzusi maktab ona tili dasturi va darsliklariga kiritilgani va o‘rganilishi malaka ishi mavzusi dolzarb ekanini tasdiqlaydi. Undov so‘zlar maktab ona tili ta’limida 7-sinfda o‘rgatiladi. Garchi bu turkum so‘zlar lug‘at boyligimizda ko‘p bo‘lmasa-da, nutqning ta’sirchanligini oshirish va bo‘yoqdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling