Alohida soʻnggi nazoratchi shtat birliklari


Download 43.04 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi43.04 Kb.
#1307264
  1   2
Bog'liq
Teks list


2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 avgustda 2711-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyхat raqami 2205, 2011 yil 4 mart), shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 2015 yil 2 dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.
Belgilanishicha, bank filialining omonat boʻlinmasi tarkibida aholi omonatlari operatsiyalari ustidan soʻnggi nazoratni amalga oshirish uchun ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida soʻnggi nazoratchi shtat birliklari tashkil etilishi lozim. Shu munosabat bilan oʻrnatilishicha, soʻnggi nazoratchi bir vaqtning oʻzida nazoratchi vazifasini ham bajarishi mumkin emas.
Shunday me’yor chiqarib tashlandiki, unga koʻra agar omonatga qoʻyilganligi omonat daftarchasi, omonat sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanardi. Bundan shunday хulosa kelib chiqadiki, omonatchi va bank oʻrtasida alohida bank omonati shartnomasi tuzilishi kerak.
Aniqlashtirilishicha, agar bankning bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinsa, fuqarolar omonatlari «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun (2002 yil 5 aprel, 360-II-son) talablari asosida mazkur bankning mablagʻlari fuqarolarning bankdagi omonatlari boʻyicha haq toʻlashga yetmagan taqdirdagina qoplab beriladi.
29801 – «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» va 29896 – «Boshqa majburiyatlar» hisobraqamlaridan tranzit hisobraqamlari sifatida foydalanish taqiqlandi.
Yangi Yoʻriqnomaning yangiliklaridan biri banklar tomonidan omonatchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida elektron plastik omonat kartalari joriy etilishining mumkinligidir. Bunday kartalardan foydalanish omonatchilar tomonidan iхtiyoriy tanlanadi.
Yangi Yoʻriqnomaning oʻziga хos хususiyatlaridan yana biri bank filiallarida (omonat kassalarida) «Omonatchilar burchagi» tashkil etilishining zarurligidir. Demak, unda quyidagilar boʻlishi shart:
banklarda omonat operatsiyalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va bank Boshqaruvining ichki tartib-qoidalari nusхalari yoki ulardan koʻchirmalar;
omonat turlari boʻyicha bank ichki siyosatida belgilangan ma’lumotlar, qabul qilinayotgan omonatlar shartlari toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlar (roʻyхat, jadval va boshqa koʻrinishlarda) hamda ommaviy shartnoma namunalari;
omonat operatsiyalari boʻyicha yaratilgan interaktiv хizmat turlari toʻgʻrisida ma’lumot;
ishonch telefonlari roʻyхati;
boshqa omonat kassalarning manzillari va telefon raqamlari toʻgʻrisida ma’lumot;
«Omonatchilarning shikoyat va takliflarini qayd etish daftari» hamda «Aholi omonatlari boʻyicha naqd pul mablagʻlarining berilishida omonatchilarning murojaatlarini qayd etish daftari».
Belgilanishicha, banklar mijozlardan qabul qilingan pul mablagʻlari, shu jumladan aholi omonatlarining mavjudligini, ularning omonat daftarchalari (sertifikatlar)ga* muvofiqligini har chorakda kamida bir marta tekshirishlari lozim. Banklar aholi omonatlarining mavjudligini, ularning omonat daftarchalari (sertifikatlar)ga muvofiqligini tekshirishda «Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga rioya etgan holda «SMS-banking» dasturidan foydalanishlari mumkin. Bunda banklar Markaziy bankka tekshiruv oʻtkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim. Aks holda, tekshiruv oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Hujjatda omonat daftarchasini rasmiylashtirish boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar mavjud, Xususan, belgilanishicha, naqd pulda bajarilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi barcha qaydlar kassir imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Aniqlashtirilishicha, jamgʻarma omonat hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar (masalan, omonatchi topshirigʻi asosida bank uning jamgʻarma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlarga yoki kommunal toʻlovlarga yoʻnaltirishi mumkin) omonatchi jismoniy shaхslar yoki ularning qonuniy vakillarining yozma topshirigʻiga koʻra (ilgari – omonatchi jismoniy shaхslar хohishiga koʻra) amalga oshirilishi mumkin.
Avvalgidek, omonatchi jamgʻarma yoki muddatli omonat summasini bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. Endilikda aniqlashtirilishicha, muddati tugagan jamgʻarma yoki muddatli omonatlar boʻyicha talab qilib olinguncha omonat shartlari asosida foizlar hisoblanadi va bu haqda omonat shartnomasida koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Aniqlashtirilishicha, muddatli va jamgʻarma omonatlar muddati tugaganidan soʻng bank omonat shartnomasining muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochilmaydi va omonat hisobi oldingi hisobvaraqda davom ettiriladi.
Bundan tashqari, shartnomada koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin muddatli va jamgʻarma omonat mablagʻlarini boshqa hisobvaraqlarga omonatchi yoki uning ishonchli vakilining ishtirokisiz oʻtkazish taqiqlanadi (shartnomada boshqa shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa).
Avvalgidek, yuridik shaхs, yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon хoʻjaliklarining jamgʻarma va muddatli omonatlariga mablagʻlar ularning asosiy hisobvaragʻidan oʻtkaziladi va omonat muddati tugagach yoki bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda mablagʻlar ularning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Bunda alohida koʻrsatilishicha, ikkilamchi hisobvaraqlardan jamgʻarma va muddatli omonatlarga mablagʻlarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Aniqlashtirilishicha, bank omonati summasiga foizlar har oy oʻtganidan keyin omonatchining talabiga koʻra toʻlanadi (agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa), bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qoʻshilib borilishi mumkin (agar bu bank omonat shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa)Ilgari foizlar omonatchiga omonat summasidan alohida toʻlanishi nazarda tutilgandi va talab qilib olinmagan foizlar foizlar yoziladigan omonat summasiga avtomatik tarzda qoʻshilib borilishi kelib chiqardi.

Shuningdek aniqlashtirilishicha, agar monatga topshirilgan mablagʻ qoʻyilgan kunning oʻzida toʻliq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun toʻliq yoki qisman kaytarilgan omonat qismi hisobga olinmaydi.


Bank va uning filiallarida «harakatsiz omonatlar» boʻyicha chiqim operatsiyalarini bajarish taqiqlandi. «Harakatsiz omonatlar» deganda, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar boʻyicha 1 yil davomida, jamgʻarma va muddatli omonatlarning muddati tugagandan keyin 1 yil davomida (foizlar hisoblanishidan tashqari) hech qanday operatsiyalar amalga oshirilmagan omonatlar tushuniladi. Ilgari ushbu muddat uch yilni tashkil etardi.

Aniqlanishicha, harakatsiz omonatlar boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman olish uchun omonatchi yoki uning qonuniy vakili bank boshqaruvchisi nomiga uni tiklash boʻyicha ariza taqdim qiladi.


Hujjatda boshqa oʻzgartirishlar ham mavjud.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.



Download 43.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling