Alomatlarini pasaytirish usullari article · February 021 citations reads 3,558 author


animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video»)


Download 274.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana27.10.2023
Hajmi274.64 Kb.
#1727318
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
TurdaliyevAvazbek

animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video») ko‘rinishdagi axborotlarni turli his 
etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasining yuksaltirilishini 
ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. 
Shaxsiy kompyuter o‘qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. 
O‘qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida zamonaviy dasturiy ta’minotlar 
yordamida turli ko’rgazmalar, slaydlar va videolavhalar tayyorlashi tavsiya 
etiladi. Bunday yuqori saviyadagi mashg‘ulotlarni tashkil qilish uchun 
auditoriyalarning maxsus jihozlanganligi hamda ushbu mashg‘ulotni olib 
boruvchi o‘qituvchilarning shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega 
bo‘lishi zarur bo’ladi. 
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib 
kelishi bilan ko‘pgina davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka 
oshirishning masofadan turib oshirish kurslari ham keng kirib keldi. Hozirgi 
kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi 
qoshida ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo‘lga 
qo‘yilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Masofaviy ta’limning 
o‘quv-uslubiy negizini tashkil qiluvchi elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish 
bo‘yicha respublikamiz oliy o’quv yurtlarining «Ta’limda axborot 
texnologiyalari», «Axborot texnologiyalari va menejment», «Informatika 
o’qitish metodikasi» kabi ta’lim yonalishlarida bir qator amaliy ishlar 
qilinmoqda. Hozirgi kunda bir necha yuz elektron darslik va qo’llanma, 
avtomatlashtirilgan test tizimlari, virtual stendlar, multimedia tizimlari ishlab 
chiqilib, o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. 
Ta’lim inson tafakkurini kengaytiradi va o’z navbatida inson hayoti 
ravnaqiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bu borada-kishilik jamiyati madaniyati va 
taraqqiyoti insondagi yashirin imkoniyatlar, yangi texnologiyalarni 


28 
o’zlashtirish va amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, 
tashabbuskorliklarda voyaga yetib kelayotgan yoshlarimizning bugungi 
hayotidagi faol ishtirokiga bog’liq. Bunga mamlakatimizda tashkil etilgan 
yangi ta’lim tizimi keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Ayniqsa “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim oluvchilar shaxsini ijtimoiylashtirish va 
bu borada boshlang’ich ta’limining vazifasi sezilarli darajada kengaytirildi. 
Boshlang’ich ta’lim mazmun – mohiyatiga e’tibor beradigan bo’lsak, 
uning fundamental asoslari u nihoyatda chuqur va qimmatli tarixiy ildiz larga 
ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bundan 3000 yil ilgari Ona diyorimizdagi 
turmush tarzimizni ifodalovchi muqaddas kitob “Avesto” da yoki “Qur’oni 
Karim” va “Hadisi Sharif” larda komil inson talqinidagi ko’rsatkichlar ichida 
albatta asosiysisi dastlabki madaniyatiga, ma’rifatga qaratilgani hyech kimga 
sir emas. 
Demak, boshlang’ich ta’lim kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida 
ham muhim bo’lgan. Ular buyuk tafakkur egalarini yanada ulug’likka 
ko’targan va hattoki jamiyat (davlat) taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko’rsata 
olgan. Ayniqsa, Ona diyorimizda yashagan ulug’ insonlarimiz-
mutafakkirlarimiz, davlat arboblarimiz va boshliqlarmiz ilm hamda ma’rifat 
homiysi bo’lganligi diqqatga sazovardir. Bu borada dalil sifatida quyidagi bir 
fikrni keltiramiz. “Sharq O’yg’onish davrining buyuk mutafakkiri Alisher 
Navoiy nodir dostonlar ijodkori va g’azal mulkining sultoni bo’libgina 
qolmay, ma’naviy kamolot, axloqiy go’zallik, insof, adolat, halollikning 
peshvosi, asosi bo’lgan bunyodkor mehnatni, kasb-hunarlarning buyuk qadr-
qimmatini ulug’lovchi, hunarparvar ustoz ham edi. Uning ustozligida, 
homiyligida voyaga yetgan Behzod, ustoz Shamsiddin, Mirak Naqqosh, 
Sultonali Mashhadiy, Muhammad Mu’in, Yusuf Badeiy, Ustod Noiy
Darveshali Changiy, Shamsiddin Andijoniy, Pah lavon Mahmud, Abu Sa’id, 
Qozi Nizomiddin, Ataulloh Husayniy, Zayniddin Vasifiy, Mirxond, uning 
nabirasi Xondamir, Kamoliddin Xusayn, Fasihiddin Muhammad, G’iyosiddin 
Muhammad, Nizomiddin Shayxim Suhayliy, Shamsiddin Badixishiy, Abdulla 


29 
Kotib, Abdulhay Tabib, Nizom Ayrobodiy, Fasixiddin Sohibdoro kabi 
binokor, naqqos, muxandis, musavvir, sangtarosh, tabib, hattot, bastakor, 
naychi, g’ijjakchi, chehrakusho-rassom va boshqa kasb-hunar egalarining 
dovrug’i, shuhrati yetti iqlimga yetgan edi”. 
Yuqoridagi hikmatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi xosiyati 
haqida qomuschi va hadischi olimlar ta’limotlari va qarashlarida yanada 
rivojlantirildi va takomillashtirildi. Bularni ayniqsa Abu Rayhon Beruniy, 
Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Mahmud 
Qoshg’ariy, Voiz Koshifiy, Al-Farg’oniy, Abu Nasr Al-Farobiy, Alisher 
Navoiy, Imom Al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Baxouddin Naqshband va shu 
kabilar asarlarida ko’plab uchratish mumkin. 
Juda ko’p manbalarda VIII-XIII asrlarda ma’naviyat va ma’rifat 
yuksaldi, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Shosh, Bikent, Axsikat, Farg’ona, 
Quba, Marg’ilon, O’sh, O’zkand, Usrushona, Xavokand, Xojand, Jend, 
Urganch, Xiva, Marv, Termiz kabi qator rivoj topgan shaharlar, ulardagi 
me’moriy yodgorliklar, bozorlar, obodonchilik haqida muhim ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Bu kabi xislatlar IX-XII asrlar – “Ilk O’yg’onish davri” da yanada 
rivojlandi. Ayniqsa dunyoviy ilm bilan diniy ilmning uyg’unlikda olib 
borilishi bu kabi yo’nalishlarni yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga asosiy 
poydevor bo’ldi. Bu soha ayniqsa XIV-XV asrlarda, ya’ni “So’ngi O’yg’onish 
davri” da yanada rivojlandi va davlat arboblari ham mazkur sohalarni davlat 
siyosati darajasigacha olib chiqdi. 
Bu borada Ulug’ bobomiz Amir Temurning xizmatlarini qayd qilish 
maqsadga muvofiqdir. U mamlakatning iqtisodiy qudratini isloh qilishga 
harakat qildi va olimu-fuzalolarni, kosibu-hunarmandlarni o’z himoyasiga 
oldi. Bu haqda rus olimi A.Yu.Yakubovskiy quyidagilarni yozgan edi: “U 
yaxshi hisob-kitoblik xo’jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli-tuman 
boyliklarni, balki hunarmand, musavvir, me’mor va olimlarni ham olib keldi. 
To’g’ri Movarounnahrning o’zi ham mutaxassis va olimlarga boy edi. Lekin 


30 
fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar qancha ko’p bo’lsa, 
hunarmandchilik, madaniyat, ilm-fan ham shancha tez rivojlanadi”. 
Bu boradagi faoliyat va ularning rivoji, poydevori to’g’risida quyidagi 
“Tuzuklar” o’zining qimmatli xulosani beradi: “...Agar kasbu hunar va 
ma’rifat ahllaridan bo’lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush 
berilsin. Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o’z ahvoli va 
kasbu koriga qarab ish tutsinlar. ... Sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan 
savdogarlarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli 
miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va rayyatdan qaysi birining dehqonchilik 
qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va 
asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqorodan birining uy-imorati buzilib, 
tuzatishga qurbi yetmasa, unga yordam berilsin”. 
Xullas bizning avlod-ajdodlarimiz ilm-ma’rifatga va kasb-hunarga katta 
e’tibor berib kelgan. Shu sababli ham “Hunarli kishi xor bo’lmas”, - degan 
hikmatli so’zlar xalqimiz orasida-iste’molga aylanib ketgan bo’lsa ajab emas. 
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikri nihoyatda 
qimmatlidir: “Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning 
Vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri 
bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan 
buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar 
yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ishlarning asoslari mana shu zaminda 
yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab 
suv inshoatlari, shu kungacha ko’rku fayzini, mahobatini yo’qot magan asori 
atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik hunarmandchilik, 
madaniyat, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada 
bo’lganligidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng 
qadimgi tosh yozuvchilarimiz, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz 
xazinasida saqlanayotgan 20 
mingdan ortiq qo’lyozma, ularda 
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, 
matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 


31 
o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. 
Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi”. 
Bizning Mustaqil Davlatimizning kelajagi uchun yangicha intellektual 
salohiyatiga ega bo’lgan, ya’ni zamonaviy tafakkurga, madaniyatga, 
ma’rifatga, mehnatga, kasbiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni tarbiyalashga 
mustahkam boy milliy merosimiz, poydevorimiz bor ekan, demak, o’sib 
kelayotgan yosh avlodni sog’lom va komil inson qilib tarbiyalash ishini 
yaxshilash 
to’g’risidagi 
olib 
borilayotgan 
islohatlarning 
asosiy 
yo’nalishlarini, ushbu tizimni ham mazmunan ham shaklan tubdan zamonaviy 
talablar asosida yangilash zarur ekan. Bu bevosita boshlang’ich ta’lim 
mutaxassislari yo’nalishidagi o’qituvchilariga ham tegishlidir, chunki 
yoshlarga kasb-hunarlarni o’rgatish orqali, ularni halol mehnat qilishga, 
mehnatsevarlikka o’rgatiladi. Bu esa barkamol avlod tarbiyasida muhim 
ahamiyatga egadir. Sababi buyuk, boy milliy merosga ega bo’lgan xalqimiz 
o’z taraqqiyotining hyech bir bosqichini mehnatsiz ilmsiz, kasb-hunarlarsiz 
tasavvur qilmaydilar. Bu borada bu yerda uzoq o’tmishdan bittagina dalilni 
keltirish bilan kifoyalanamiz. 
Ta'limni axborotlashtirishni rivojlantirish quyidagi shartlarga ega: 
- Jamiyatni axborotlashtirishning tezkor jarayoni. Shunday qilib, bugungi 
kunda ko'plab insonlar shaxsiy kompyuterga ega bo'lib, jahon bo'ylab tarmoqqa, 
jumladan, maktab o'quvchilariga, talabalarga ulanadilar. 


32 
- kompyuter texnik vositalarining texnik imkoniyatlarini oshirish va ularning 
narxini pasaytirish, bu ularni yanada qulayroq qilish imkonini beradi. Deyarli har bir 
maktab o'z shaxsiy kompyuter sinfiga ega va zamonaviy maktablar va universitetlar 
har bir tinglovchiga kompyuterlar, multimedia projektorlari va kengashlarni 
o'rnatadilar. 
Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda “Sog‘lom 
ona va bola” yili deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat 
dasturida qator dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda ta’lim 
jarayonini yanada takomillashtirish hamda AKTning joriy etilishi muhim 
ahamiyatga molikdir. Sahifamizda qator umumta’lim maktablari va kasb-hunar 
kolleji o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi, taqdim 
etayotgan imkoniyatlar va ularning ijobiy hamda salbiy ta’sirlari haqida fikr 
yuritiladi.
Fotima Samiqova, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 265-umumta’lim 
maktabi boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi 
Fotima Samiqova — umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflar o‘qi-
tuvchisi sifatida katta tajribaga ega, ilg‘or innovatsion pedagogik va axborot 
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, amalga oshiradigan faoliyatida 
ko‘plab shogirdlar tayyorlagan ustoz. OAV sahifalarida mazkur sohaga oid ko‘plab 
maqolalar muallifi. 


33 
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. 
Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, 
kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan 
foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi 
vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida 
ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb 
masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini 
shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid 
qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va 
ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning 
bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining 
guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jarayonida 
beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan 
o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan 
zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana 
boshladi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar 
olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga, 
umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda 
egallagan savodxonligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar 
o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda 
o‘quvchi asosan o‘qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni o‘zlashtirishi kerak 
deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni 
rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi 
ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shu sababli ham 
ta’lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi 
va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o‘quvchi-
bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ularda o‘qish 


34 
jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur bo‘lgan xususiyatlarni 
shakllantirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi 
o‘qituvchining vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar 
o‘qituvchisi o‘quvchi-bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish, 
ta’lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, 
yetkazib bera bilishi zarur. O‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchi bolalarning 
bilimlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy 
foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o‘rgatishdan iborat. 
Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar 
umumta’lim maktablari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan 
foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, 
hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va 
boshqa gadjetlarni ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda 
ulg‘aymoqdalar. Bunday vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim 
ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan 
foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda 
axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki 
salohiyatini shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. 
Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki 
boshlang‘ich ta’lim muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi 
boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos dars o‘tishlari 
uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz 
ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning 
AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan 
to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi. 


35 
Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada 
malaka oshirishlari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari 
muntazam ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy 
ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo‘lish uchun mustaqil ta’lim orqali ham o‘z 
bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchilar Internet vositasida turli 
ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari, hamkorlar 
bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o‘qituvchilar 
forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish 
o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 
o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi; 
o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar 
taqdim etadi; 
o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng 
imkoniyatlar taqdim etadi. 
Shaxnoza Qayumova, Samarqand viloyati, Norpay tumani 57-umumta’lim 
maktabining boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi
Shaxnoza Qayumova — sifatida o‘z kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy 
yondashish, har bir o‘quvchining induvidual xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim-
tarbiya berish g‘oyasini ilgari suradi. AKT hamda Internet tarmog‘i imkoniyat-
laridan keng foydalanib, dars o‘tishga intiluvchi iqtidorli o‘qituvchilardan. 
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham 
AKT vositalaridan bemalol foydalana oladilar va kompyuterga oid savodxonlik 
doirasida bilimga ega bo‘lishlari ham mumkin. 1–2 sinf o‘quvchilari ham hatto 
telefon, planshet kabi ko‘plab zamonaviy vositalardan foydalanish, tovushli va video 
axborotlarni qabul qilish va uzatish, kompyuter ekranidagi imkoniyatlar bilan 
ishlash, fayllar tizimi, interaktiv majmualar bilan tanishishni o‘zlashtirib olgan 
bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas. 
Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga dars 
o‘tuvchi o‘qituvchidan ham AKT vositalaridan keng foydalanish, dars jarayoniga 


36 
tatbiq etish uchun turli loyiha va taqdimotlar tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun 
darsni interaktiv va innovatsion texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib, taqdim 
etish talab etiladi. O‘quvchi atrof-olamga oid bilimlar bilan bir qatorda, AKTga oid 
bilimlarning asosini ham aynan o‘qituvchidan olgani ma’qul deb hisoblayman. Shu 
bois, bugungi kunda o‘qituvchining AKTga oid va innovatsion texnologik 
malakalari darajasini muntazam oshirib borish zarurati yuzaga keladi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan 
maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan 
tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur 
axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir. Boshlang‘ich 
ta’lim o‘qituvchisi sifatida shuni ta’kidlamoqchi edimki, boshlang‘ich ta’lim 
o‘quvchi hayotida har bir o‘zlashtirib boradigan bilim va malakalarining poydevori 
bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ham o‘qitish sifati boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi 
zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. 
Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi o‘qituvchiga kasbiy-mutaxassislik 
faoliyatida rivojlanib, katta bilim va tajribaga ega bo‘lib borishida muhim 
ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini boshqa fanlar o‘qituvchilariga nisbatan 
ta’lim sohasining eng universal mutaxassisi deyish mumkin. Uning asosiy vazifalari 
qatoriga o‘quvchi-bolalarga o‘qish, yozish, matematik tushunchalar asoslari va 
atrof-olam haqidagi dastlabki bilimlarni berish, shuningdek, ularda umumiy 
ta’limga oid dunyoqarash va kommunikativ salohiyatlarini shakllantirishdek hayotiy 
muhim masalalar ham kiradi. Fanlarga oid yangi bilimlarni egallab borishda ham 
kompyuter va raqamli texnologiyalardan foydalanish katta imkoniyatlarni taqdim 
etadi. Raqamli ta’limiy resurslar yordamida o‘qituvchi o‘quv materialining 
ko‘rgazmaliligini, qiziqarliligi va samarasini oshirishi mumkin, ayniqsa, o‘quv 
materialining ko‘rgazmaliligidan foydalanish boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisiga 
juda qo‘l keladi. 
Bundan tashqari, AKTdan foydalanish turli tadbirlar o‘tkazishda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Yaqinda ta’lim muassasamizda ham shunday tadbirlardan 


37 
biri — «Sog‘lom ona va bola yili»ga bag‘ishlab, «Biz sog‘lom farzandlarmiz» nomli 
tadbir o‘tkazdik. Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbir mazmuni o‘quvchilarning turli 
fanlarga, shuningdek, AKTga oid bilimlari tanlovi bilan boyitilgandi. Unda 
o‘quvchilar zamonaviy AKT vositalarining yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga ta’sir 
etuvchi foydali va zararli jihatlarini aks ettiruvchi chiqishlarni namoyish etdilar. 
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirni 
tayyorlashda AKT vositalaridan foydalanish uning yanada qiziqarli o‘tishini 
ta’minladi. 
Xulosa qilib aytganda, AKT imkoniyatlarining joriy etilishi evaziga zamonaviy 
ta’lim jarayonining samaradorligi va qiziqarliligi yanada oshadi. O‘quvchilarning 
dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatini ta’kidlagan holda ulardan 
foydalanish me’yorlarini unutmasligimiz zarur. 
Buviniso Abdukarimova, Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi 
Buviniso Abdukarimova — ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi. 
Biologiya fani o‘qituvchisi sifatida katta salohiyatga ega.Fanni o‘qitishda 
zamonaviy interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, alohida 
yondashuvi sababli ko‘plab shogirdlar yetishtirgan mahoratli ustoz.
Zamonaviy o‘qituvchi va uning dars o‘tish usuli bundan hatto 10–15 yil avval 
faoliyat yuritgan o‘qituvchilar va ularning dars o‘tish usullaridan katta farq qilishi 
shart. Bugungi kun o‘qituvchisi kompyuter va AKT hamda Internet tarmog‘i 
imkoniyatlaridan keng foydalana bilishi zarur. Ta’limiy dasturlar, raqamli ta’limiy 
resurslar hamda axborot manbalaridan foydalanish, zarur axborotlarni topish va 
ta’lim masalalarini hal etishga muvofiqlarini tanlab ola bilish, axborot muhiti 
vositalaridan, shuningdek, skaner, raqamli fotosuratga olish qurilmasi va 
videokamera, raqamli mikroskop, proyeksion uskunalardan foydalanishni bilishlari 
shart deb hisoblayman. 
Pedagogik faoliyatga o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini 
axborotlashtirish va axborot texnologiyalari tizimi haqida chuqur bilim berilishi 
zarur. Hozirgi davrda o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
(AKT) taqdim etayotgan zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish ta’lim jarayoni 


38 
samarasini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. AKT ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarga nafaqat bilim va mazkur sohada malakalarini shakllantirish, balki 
ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, shaxsiy sifatlariga ta’sir etib, intellektual 
rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. 
Bu haqda ko‘plab olimlar tadqiqotlarida ta’kidlanganligi, OAV materiallari 
ham guvohlik beradi. AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga ham 
kuchli ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborotlarning obrazli 
ifodalanishi o‘quv materialini yanada boyitib, oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 
Umuman olganda, ta’lim-tarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi 
afzalliklarga ega ekanligi haqida ko‘p ta’kidlanadi: 
AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida 
jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir; 
o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi; 
o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga 
tayyorgarlik ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatida quyidagi 
tavsiyalar foydadan holi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz: zamonaviy o‘qituvchi 
o‘quvchilar bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda muloqot 
qilishi uchun ham axborot texnologiyalariga oid bilim va malakalarga ega bo‘lishi, 
ta’lim jarayonidagi turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi bilan o‘quvchilarning 
talablariga javob berishi zarur; AKTdan foydalanib, yangi metodik masalalarni hal 
etishi, fanga oid bilimlarini chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati darajasini 
oshirishi zarur; 
AKTga oid savodxonlik o‘qituvchining o‘quvchilar, hamkasblar, ota-onalar 
oldida obro‘yini oshirish omillaridan biri ekanligini to‘g‘ri anglash zarur; kompyuter 
o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘zlashtirishini kuzatish uchun monitoring bazasini tashkil 
etish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini samarali kuzatish vositasi sifatida 
foydalanishni bilish; o‘qituvchilik kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy 
yondashishga rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalana bilish zarur. 


39 
Ota-onalar ham AKT vositalaridan foydalanayotgan farzandlari tarbiyasida 
quyidagilarga e’tiborli bo‘lislari zarur degan fikrdamiz: farzandingiz zamon bilan 
hamnafas ulg‘ayib borishida kompyuter va boshqa zamonaviy qurilmalardan 
foydalanishlariga to‘sqinlik qilmang, biroq ulardan to‘g‘ri foydalanishlarini doimiy 
nazorat qilib boring. Farzandlaringiz o‘zligini anglab borishida hamda shaxs sifatida 
rivojlanishlarida mazkur qurilmalarning ijobiy ta’sirini ham ta’kidlash zarur; 
kompyuter farzandlaringizning mustaqil ta’lim olishida qulay imkoniyat yaratuvchi 
yanada qiziqarli omil bo‘lishiga e’tibor bering; kompyuter, planshet kabi 
qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish ma’lum ma’noda farzandlaringiz bilan 
munosabatingizga ijobiy ta’sir etadi. 
Eng asosiysi, voyaga yetmagan har qanday yoshdagi farzandlaringizning 
nafaqat AKT va Internet imkoniyatlaridan foydalanishlari, balki boshqa sohalardagi 
kundalik hayot-faoliyatlarini nazorat qilish hamda doimo xabardor bo‘lish 
zarurligini unutmang. 

Download 274.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling