Aloqa bank umumiy ma’lumot
yil uchun maqsadli mo‘ljallar
Download 1.97 Mb.
|
Urolov Ch Pul va bank (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat faoliyatining maqsadli bozorlari va ularning rivojlanishi.
- Tijorat faoliyatining maqsadli bozorlari rivojlanishini ta`minlash.
2021 yil uchun maqsadli mo‘ljallar.Bankning prognoziga ko‘ra 2020 yilda tijorat banklar aktivlarining o‘rtacha o‘sishi kamida 30 %ni tashkil etadi (2019 yil 9 oy yakuniga ko‘ra 2018 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 35%ni tashkil etgan. Tijorat banklar aktivlarining yuqori o‘sishi milliy valyutaning devalvatsiyasi hisobiga ro‘y bergan). Bunda eng yuqori o‘sish sur’atlari kichik va xususiy banklar guruhida kuzatilib, ularning yillik o‘sish darajasi 41% va undan ortiqni tashkil etadi. Bank 2021 yilda yanada rivojlanishini ta’minlash va bank xizmatlari bozorida raqobat pozitsiyalarini mustahkamlash uchun zarur bazasini yaratishni rejalashtirgan. Bank o‘z salohiyatidan hamda asosiy aksiyadorlar va hamkorlarning maqsadlaridan kelib chiqib, 2021 yilda aktivlar o‘sishini kamida 20 %ga, kapital o`sishini kamida 16 %ga oshirishni prognoz qiladi. Tijorat faoliyatining maqsadli bozorlari va ularning rivojlanishi.Bank 2021 yilda bank biznesini uchta strategik yo‘nalishlarda rivojlantirishni rejalashtirgan: korporativ, tijorat va chakana. Bunda kerakli mijozlar bazasini yaratish va barqaror kirimlar manbalarini ta’minlash uchun tez va kam harajat talab qiladigan yo‘nalishlar sifatida korporativ va tijorat biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. 2021 yilda chakana biznes bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda rivojlanashi lozim bo‘lgan to`ldiruvchi biznes yo‘nalishi sifatida qaraladi. Tijorat faoliyatining maqsadli bozorlari rivojlanishini ta`minlash.Bank tijorat faoliyatini rivojlanishini ta’minlash, shuningdek biznes reja ko`rsatkichlarini bajarilishi uchun zarur asos hamda bankning yanada rivojlanishi uchun moddiy-texnika bazasini yaratishda asosiy ustuvor yo‘nalishlar bo`lib quyidagilar hisoblanadi: Bank infratuzilmasini rivojlantirish. Mijozlar bazasini kengaytirish. Moliyaviy ta’minot. Biznesni boshqarish. Xatarlarni baholash va boshqarish Bank rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari hamda Bankning imkoniyatlaridan kelib chiqib, 2021 yil yakuniga ko`ra moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishi quyidagicha bo`lishi prognoz qilinmoqda: Aktivlar - 890 951,8 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorgacha; Kapital – 158 961,5 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorgacha; Sof foyda – 20 014,9 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda; Aktivlar rentabelligi - 2,2%dan kam bo‘lmagan miqdorda; Kapital rentabelligi - 12,6%dan kam bo‘lmagan miqdorda Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling