Aloqa kanalidagi xalaqitlar va buzilishlar Amalda kanallar orqali signallar uzatilganda ularning shakli buziladi va xatolik bilan qayta aks ettiriladi
Download 14 Kb.
|
aloqa kanali
Aloqa kanalidagi xalaqitlar va buzilishlar Amalda kanallar orqali signallar uzatilganda ularning shakli buziladi va xatolik bilan qayta aks ettiriladi. Signalning xatolik bilan qabul qilinishiga sabab aloqa kanali kiritadigan buzilishlar va signalga ta’sir etuvchi xalaqitlardir. Kanalning amplituda chastotasi va vaqt xarakteristikalari signalga chiziqli buzilishlar kiritadi. Bundan tashqari signalga kanaldagi nochiziqli rejimda ishlayotgan funksional uzellar nochiziqli buzilishlarni qo‘shadi. Chiziqli va nochiziqli buzilishlar kanal ma’lum parametrlariga bog‘liqligi uchun, hamda paydo bo‘lish sababi ma’lumligi uchun ularni ma’lum tuzatishlar orqali yo‘qotish yoki sezilmas darajagacha kamaytirish mumkin. Signal chiziqli va nochiziqli buzilishidan, uni tasodifiy xalaqit ta’sirida buzilishini ajrata bilish shart. Chunki xalaqitning signalga ta’sirini to‘liq yo‘qotish mumkin emas, uning parametrlari avvaldan ma’lum emas. Foydali signalga qo‘shilib uni xatolik bilan aks ettirilishiga olib keluvchi har qanday ta’sir xalaqit deb ataladi. Xalaqitlar paydo bo‘lish sabablari va fizik hossalari bo‘yicha turlicha bo‘ladilar. Xalaqitlar paydo bo‘lish joyiga qarab ichki va tashqi xalaqit turiga bo‘linadilar. Ichki xalaqitlar radioelektron qurilmalar aktiv va passiv elementlaridan qat’iy bir qiymatga ega tok o‘tmasligi, ya’ni vaqt birligida o‘tkazgichdan o‘tayotgan elektronlar soni o‘zgaruvchan ekanligi sababli paydo bo‘ladi. Tashqi xalaqitlarga atmosferada yuz beradigan elektr jarayonlari, shu jumladan momaqaldiroqlar natijasida hosil bo‘ladi. Bu xalaqitlar quvvati asosan uzun va o‘rta to‘lqin diapazonida to‘plangan. Kuchli xalaqitlar paydo bo‘lishiga sanoat qurilmalari ishlashi ham sabab bo‘ladi. Ular sanoat elektr qurilmalarida tok qiymatining keskin o‘zgarishi, elektr transport (tramvay, trolleybus) elektr olgich qismlarining manba simiga jips yopishmasligi, elektr motorlar, meditsina diagnostika (tashxis qilish) va davolash qurilmalari tarqatayotgan elektromagnit nurlanishlari sababli yuzaga keladi. 25 Begona radiostansiyalar nurlanishlari, ular tomonidan ajratilgan ishchi chastotalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, ishchi chastotasining nobarqarorligi, nurlantirilayotgan foydali signal garmonikalari va subgarmonikalarining qiymati texnik talabdagidan yuqoriligi sabab bo‘ladi. Shuningdek radiokanallarda xalaqit – ko‘chma modulyatsiya natijasida ham paydo bo‘ladi. Umuman olganda har qanday radiokanalda ichki va tashqi xalaqitlar mavjud bo‘lib, ularning kattaligi foydalanilayotgan radiochastotalar diapazoniga ham bog‘liq. Xalaqit 𝑛(𝑡) foydali signal 𝑠(𝑡) ga ikki turda ta’sir etishi mumkin. Agar xalaqit 𝑛(𝑡) signal 𝑠(𝑡) qo‘shilsa, ya’ni 𝑠(𝑡) + 𝑛(𝑡) = 𝑥(𝑡) (1.13) bunday xalaqit additiv xalaqit deb ataladi. Download 14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling