Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar
Download 14.57 Kb.
|
Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telekommunikatsiya Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar
- Telekommunikatsiya vositalari
Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar 7-Ma’ruza. ALOQA TEXNIKASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOGʻI, ALOQA TIZIMLARINI TURLARI, TAVSIFLARI. MODULYATSIYA, MULTIPLEKSLASH USULLARI. Reja: Telekommunikatsiya Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar Spektr, oʻtkazish polosasi Modulyatsiya 1. Telekommunikatsiya Telekommunikatsiya (yunon tele - uzoq, va lat. communicatio - muloqot) - ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish. Telekommunikatsiya vositalari – ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatishning texnik, dasturiy va tashkiliy vositalari majmui. Telekommunikatsiya tarmogʻi – oʻzaro bogʻlangan va ma’lum bir topologiya (konfiguratsiya) tarmogʻini tashkil etuvchi telekommunikatsiya vositalari majmui quyidagilar telekommunikatsiya tarmoqlari hisoblanadi (1-rasm). telefonli ma’lumotlarini uzatish uchun telefon tarmoqlari (ovozli); audio ma’lumotlarni uzatish uchun radio tarmoqlari; video ma’lumotlarni uzatish uchun televizion tarmoq; raqamli (kompyuter) ma’lumotlarni uzatish uchun raqamli (kompyuterli) tarmoqlar yoki ma’lumotlar uzatish tarmoqlari (MUT). 1-rasm. Telekommunikatsiya tarmogʻi Raqamli telekommunikatsiya tarmoqlaridagi ma’lumotlar ma’lum strukturaga ega boʻlgan va bir butun boʻlib hisoblanadigan xabarlar koʻrinishida shakllanadi. Ma’lumotlar (xabarlar) boʻlishi mumkin: uzluksiz; diskret. Uzluksiz ma’lumotlar nutq, tovush yoki video kabi vaqtning uzluksiz funksiyasi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Diskret ma’lumotlar belgilar (simvollar) dan iborat. Telekommunikatsiya tarmogʻida ma’lumotlarni uzatish ularning fizik tavsiflari – signallar yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun quyidagi turdagi signallardan foydalaniladi (2-rasm): elektr (elektr toki); optik (yorugʻlik); elektromagnit (elektromagnit nurlanish maydoni – radiotoʻlqinlar). Kabel aloqa liniyalari mos ravishda elektr va optik signallarni uzatish uchun ishlatiladi (2-rasm): elektr (ELS); optik-tolali (OTS). Elektromagnit signallar radiotoʻlqinlar (RNA) va yoʻldosh aloqa liniyalari (YAL) orqali uzatiladi. 2-rasm. Signal va aloqa liniyalarini turlari Download 14.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling