Aloqa va kommunikatsiya — ijtimoiy rivojlanishning asosiy vositalari
RuralStar texnologiyasining O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘yilishi
Download 12.37 Kb.
|
Aloqa va kommunikatsiya
RuralStar texnologiyasining O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘yilishi.
2018-yilning sentabr oyida O‘zbekistonda UMS mobil operatori tarmog‘ida ilk marta RuralStar yechimi rivojlantirildi. Juda qisqa muddatda Surxondaryo viloyatining Denov tumani Sino qishlog‘ida bazaviy stansiya qurildi. O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari va iqlim sharoitlari hisobga olingan holda, RuralStar yechimi gibrid elektroquvvat tizimi texnologiyasi - Huawei Solar Hybrid asosida joriy qilindi. Uning mohiyati shundan iboratki, dizel generatorlar va boshqa quvvat manbalarining o‘rniga unda quyosh panellari qo‘llaniladi. Bu bazaviy stansiyani elektr bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytiradi, tashqi elektr ta’minotidan uzilib qolgan holatlarda uning uzluksiz ishlashini kafolatlaydi. O‘z navbatida UMS davlat xizmatlari operatori uchun sifatli mobil aloqa va mobil internetni nafaqat shahar va tuman markazlarida, balki O‘zbekistonning eng olis aholi punktlarida ham faol ravishda joriy qilish juda muhimdir. Aynan shu sababdan kompaniya RuralStar texnologiyasi bilan qiziqdi. Uning tezkorligi UMS kompaniyasiga juda qisqa muddatlarda bazaviy stansiyani juda qisqa muddatlarda boshidan boshlab kengaytirish va olis qishloqlar aholisini sifatli aloqa bilan ta’minlash imkonini berdi. Bu yerda Denov tumanining Sino, Quvasoy, Ushor qishloqlari haqida so‘z bormoqda. Endi ushbu qishloqlar aholisi sifatli aloqadan foydalanishlari mumkin. Ushbu texnologiyalardan foydalanishning yanada kengaytirilishi uyali aloqa signallarini uzoqroq masofalarga uzatish, manbalarni tejash va ularni mobil operatorning uzoq muddatli loyihalarini amalga oshirishiga yo‘naltirish imkonini beradi. Surxondaryo viloyati Sino qishlog‘ining ilk marta mobil tarmoqqa ulanishi. Bundan tashqari, bazaviy stansiyalarni olis hududlarda kengaytirishda uyali aloqa operatorlari bir qancha muammolarga duch kelishmoqda - kerakli infratuzilmaning bazaviy stansiyani o‘rnatish joyida mavjud emasligi, ma’lumotlarni uzatishning ta’minlanishi yoki obyektlar bilan optik tolali kabellar yoki radiorele vositalarini o‘tkazilishi orqali teskari bog‘lanishning o‘rnatilishi, qurilish ishlaridagi xarajatlarning yuqoriligi, barqaror quvvat manbalarining yetishmovchiligi va boshqa ko‘plab omillar bunga misol bo‘la oladi. Ushbu holatda RuralStar texnologiyasi oqilona yechim sanaladi. Odatiy bazaviy stansiyalarda bazaviy stansiya, kontroller va kommutator o‘rtasidagi aloqa ko‘p sonli optik tolali kabellar yoki radiorele aloqa vositalari orqali ta’minlanadi. RuralStar texnologiyasi bilan so‘nggi hududda radiorele yoki optik aloqa liniyalari qo‘llanilmayapti. Uning ishlashi uchun eng quyi signal darajasi yetarli va qo‘shimcha yo‘ldosh infratuzilmalari yaratishga zaruriyat yo‘q. Mobil xizmatlardan foydalanuvchilar uchun RuralStar uyali aloqa vositasi 3-5 kilometr masofada joylashganda 10 Mbit/soniyadan ko‘proq tezlikka ega keng doirali 2G, 3G yoki 4G tarmoqlarni taklif etadi, bu ko‘rsatkich ko‘pchilik kichik qishloq joylar uchun yetarli. RuralStar mavjud makroobyektlardan 60 kilometrgacha 2G va 3G-tarmoqni kengaytirish imkonini beradi. Download 12.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling