Aloqa va kommunikatsiya — ijtimoiy rivojlanishning asosiy vositalari


Download 12.37 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi12.37 Kb.
#1403099
  1   2   3
Bog'liq
Aloqa va kommunikatsiya


Aloqa va kommunikatsiya — ijtimoiy rivojlanishning asosiy vositalari
Huawei kompaniyasi eng olis hududlarga telealoqa tarmoqlarinining joriy qilinishiga ko‘mak bermoqda.
Xalqaro elektroaloqa ittifoqining (XTAI) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yer shari aholisining 96% mobil aloqa bilan qoplangan hududda, 90 foizi esa 3G-tarmog‘ining ta’sir doirasida joylashgan.
Dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i internetdan foydalanadi. Rivojlangan davlatlarda har besh kishidan to‘rttasi internetga ulangan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 45% ni tashkil etadi.
Shu o‘rinda aytish joizki, yer sharidagi yarim milliarddan ortiq odam biror bir telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanmagan.
Raqamli xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish uchun Huawei kompaniyasi tarmoq texnologiyalari sohasida yangi yechimlar yaratmoqda va ushbu texnologiyalar rivojlanayotgan davlatlar ehtiyojlariga moslanmoqda, bundan maqsad barcha aholi mobil tarmoqlarning ta’sir doirasida bo‘lishlari va raqamli xizmatlar qulayliklaridan to‘liq foydalana olishlaridir.
RuralStar qishloq hududlarida tarmoq foydalanuvchilari uchun samarali yechimlarni taklif qiladi.
2017-yilda Huawei olis hududlarda uyali aloqa bilan qoplashni kengaytirish xarajatlarini qisqartirish uchun RuralStar 2.0 yechimini yo‘lga qo‘ydi.
Energiyaning kam iste’mol qilinishi, o‘rnatish ishlarining qulayligi, innovatsion texnologiyalar (jumladan akkumulyator texnologiyasi) va soddalashtirilgan ustun konstruksiyasi - ushbu afzalliklar mobil operatorga bazaviy stansiyalarni qishloq joylarda maksimal qisqa muddatlarda o‘rnatish va ularning o‘z-o‘zini qoplash muddatini 5 yilgacha qisqartirish imkonini beradi.
Ayni paytda ushbu yechim 8 ta davlat va mintaqalarning 12 ta operatorlari tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan, Tailand, Gana, Indoneziya, Nigeriya va Meksikada amalga oshirilgan bunday ishlar buning yaqqol misolidir.
An’anaviy bazaviy stansiyalarni qishloq joylarda o‘rnatish va ishlatish shaharlarga nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladi.

Download 12.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling