Kompyuterli telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo‘ng‘iroqlarini bajarish va kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish uchun qo‘llaniladi. Kompyuterli telefoniya ko‘z oldimizda hamma sohalarga kirib borayotgan telekommunikatsion texnologiyaga aylanmoqda.
Radiotelefonli aloqa tizimlari, chet elda esa Wireless Local Loop (WLL) deb ataluvchi telefon aloqaning simsiz tizimlari keyingi yillarda juda rivojlandi. Ular ko‘pincha mobil (mobil – «harakatlanadigan») abonentlar bilan aloqa uchun hududiy telefonli tizimlar sifatida hamda simli telefon liniyalari bo‘lmagan hollarda aloqa uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |