Deytefon aloqada axborotni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi. Qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura sifatida oddiy teletayp apparaturasi modem bilan ham, maxsus apparatura bilan ham ishlatilishi mumkin.
Faksimil aloqa (facsimile communication) – qo‘zg‘almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir. Uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo‘natuvchining qog‘ozli varaqlaridan oluvchining qog‘ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir, bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotosuratlar va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko‘chirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |