Aloqalar a'lo nuqtada
AQSh-O'zbekiston: 30 yillik diplomatiya, "aloqalar a'lo nuqtada"
Download 1.53 Mb.
|
AQSH – O`zbekiston munosabatlari
1.2 AQSh-O'zbekiston: 30 yillik diplomatiya, "aloqalar a'lo nuqtada"
VASHINGTON — O'zbekiston 30 yil oldin Sovet Ittifoqidan chiqib, mustaqillik e'lon qilganida, AQSh birinchilardan bo'lib uni tan olib, diplomatik aloqa o'rnatgan. Respublikaning Vashingtondagi elchixonasi o'tkazgan virtual forumda Amerikaning sobiq elchilariga so'z berildi. O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobovga ko'ra, ular ikki davlatni strategik sherikka aylantirishda behisob hissa qo'shgan. 1992-yilda Toshkentda Amerika elchixonasi ochilgan. AQShning O'zbekistondagi birinchi elchisi Genri Klark mamlakat kuponlar va iqtisodiy taqchillik kunlarini qanday o'tkazgani, qozonini qaynatishga qiynalgan damlarni yodga oladi. "Mening asosiy vazifam diplomatik jihatdan Toshkentda nima qila olsak, shularni amalga oshirish edi. Gumanitar sohalardan siyosiy hamkorlikkacha, o'zaro manfaatlarga urg'u berib, O'zbekistonga qanday madad zarurligini aniqlab, uning hukumati irodasini tahlil qilgan holda harakat qilish. Nimaiki mumkin bo'lsa, shunga intilganmiz", - deydi Klark. AQShning O'zbekistondagi ikkinchi elchisi Stenli Eskudero mamlakatining Tojikistondagi ilk bosh diplomati bo'lgan. U yerda fuqarolar urushi, qonli voqealarga guvoh bo'lib Toshkentga kelgan Eskudero fikricha, Karimov mustaqillikning birinchi besh yilligida misli ko'rilmagan o'zgarishlar qilishga uringan. Xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'ygan, deydi diplomat, ammo u bora-bora O'zbekiston iqtisodiyotini yopdi va bu katta xato bo'lgan, deydi Eskudero. Uning eslashicha,1990-yillar boshida respublika siyosiy-ijtimoiy jihatdan jiddiy sinovlar bilan yuzlashayotgan muhit edi. Mustaqillik nima ekanini hali jamiyat his qila olmayotgan, tizim hamma narsani noldan boshlashi kerak bo'lgan, xalq qanchalik mehnat qilmasin, farovonlikka erishish naqadar mashaqqatli ekani yaqqol sezilayotgan va birinchi navbatda barqarorlik muhim ekanini anglab turgan davrlar edi. O'zbekiston uchun Karimov davri haqiqatan murakkab zamonlar edi, ammo bugungi jarayonlarga yetaklagan, deya xulosa qiladi Eskudero. "Rahbariyatning tinch yo'l bilan o'zgarishi, Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelib islohotlar boshlashi, mamlakatni yangicha yo'ldan olib borishga harakat qilayotgani tahsinga sazovor", - deya kuzatadi Eskudero. Uning elchiligida AQSh bizneslari, ayniqsa tabiiy boyliklar bilan ishlaydigan kompaniyalar O'zbekistonga qiziqish bildirib, kirishga harakat qila boshlagan. Toshkentga dastlab bu yoqqan, ammo keyinchalik Karimov tilla va boshqa zaxiralarni ayashga qaror qilib, chet el ishbilarmonlariga eshikni yopdi. Ularni qanday ishlab chiqarish borasida prezident bir to'xtamga kelolmagach, xorijdan e'tibor ham pasaydi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling