AQSH – O`zbekiston munosabatlari
Reja:
Kirish
I bob. AQSh-O'zbekiston: 30 yillik diplomatiya, "aloqalar a'lo nuqtada"
1.1 AQSh—Oʻzbekiston munosabatlari,
1.2 AQSh-O'zbekiston: 30 yillik diplomatiya, "aloqalar a'lo nuqtada"
II bob. AQSH 2021 yilda O‘zbekiston bilan yanada yaqin hamkorlik qilmoqchi.
2. 1 AQSH 2021 yilda O`zbekiston munosbatlari.
2.2 Oʻzbek-Amerika aloqalari: Avval iqtisod
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Ilovalar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. “31 yil avval O‘zbekiston va AQSH diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Shundan buyon mushtarak maqsadlarni amalga oshirish va hamkorligimizni mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilib kelmoqdamiz. Ko‘p yillar davomidagi hamkorlik uchun minnatdormiz va kelgusida ham hamkorlikni davom ettirib, birgalikda muvaffaqiyatga erishishga umid qilamiz”, — deyiladi elchixona xabarida.
Kurs ishining ob'ekti: AQSH va O`zbekiston
2017-yildan beri O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan Javlon Vahobov ham ko‘p yillik do‘stona munosabatlarga tayangan holda yanada chuqurroq aloqalar o‘rnatilishiga umid bildirdi.
Kurs ishining mavzusi: AQSH – O`zbekiston munosabatlari
Ma’lumot uchun, AQSH O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 25-dekabrda tan olgan. 1992-yil martda esa Toshkentda AQSH elchixonasi ochilgan. 2002-yil martida Vashingtonda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH prezidentlari Strategik hamkorlik haqida deklaratsiyani imzolagan.
Kurs ishining maqsadi: AQSH – O`zbekiston munosabatlari yoritib berish.
2018-yil 15—17-may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi va uning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangani haqida qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |