Alternativ energiya manbalari fani haqida
Qayta tiklanadigan energiya manbalari
Download 101.12 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAlternativ energiya manbalari fani haqida
1.2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari, "yashil" energiya deb - qayta tiklanadigan yoki tugamaydigan energiya manbalariga aytiladi. Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishning asosiy omili uni atrof muhitga zarar yetkazmasdan organik resurslarda doimiy ravishda sodir bo'ladigan jarayonlardan energiyani ajratib olish va texnik foydalanish uchun ta‘minlashdan iboratdir. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga (tabiiy ravishda to'ldiriladigan) quyosh nuri, suv oqimi, shamol, suv to'lqinlari va geotermik issiqlik kabi tabiiy resurslar, shuningdek bioyoqilg'ilar (yog'och, o'simlik moyi va boshqalar) kiradi. 2006-yilda global energiya iste‘molining qariyb 18% qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, 13% esa o'tin yoqish kabi an‘anaviy biomassadan ta‘minlandi 2010-yilda global energiya iste‘molining 16,7% qayta tiklanadigan manbalardan olingan. 2015-yilda bu ko'rsatkich 19,3% ni tashkil etdi. Hozirgi kunda an‘anaviy qayta tiklanmaydigan tabiiy yoqilg'i turlarining zaxiralari asta-sekin kamayib bormoqda, zamonaviy qayta tiklanadigan manbalardan energiya olish esa ortib bormoqda. 2004-yildan 2013-yilgacha Yevropa Ittifoqida qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyaning ulushi 14% dan 25% gacha o'sdi. 2018-yilda Germaniyada elektr energiyasining 38% qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarildi. Rossiya Fanlar akademiyasining (RFa) iqtisodiy izlanishlar va Moskvaning "Skolkovo" menejment maktabining Energetika markazini taxminlariga ko'ra, 2040 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridunyoda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 35-50 % ini va umumiy energiya iste‘molining 19-25 % ini ta‘minlaydi. Gidroelektr energetika qayta tiklanadigan energiyaning eng yirik manbalaridan biri bo'lib, u 2010-yilda global energiya iste‘molining 3,3% va global elektr energiyasini ishlab chiqarishning 15,3% ini tashkil etdi. Shamol energiyasidan foydalanish har yili taxminan 30 % ga o'sib bormoqda, butun dunyoda 2013-yilda quvvati 318 gigavatt (GVt)ga yetdi, Yevropa, AQSh va Xitoyda qayta tiklanuvchi manbalardan keng qo'llanilmoqda. Fotovoltaik panellar ishlab chiqarish jadal sur‘atlar bilan o'sib bormoqda, 2008-yilda umumiy quvvati 6,9 GVt (6900 MVt) bo'lgan panellar ishlab chiqarildi, bu 2004-yildagiga qaraganda deyarli olti baravar ko'p. Quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish bo'yicha Germaniya va Ispaniya davlatlari birinchilardan hisoblanadi. Quyosh issiqlik elektr stantsiyalaridan foydalanish AQSh va Ispaniyada jadal sur‘at bilan o'sib bormoqda. Bu stansiyalardan eng kattasi Moxave cho'lidagi quvvati 354 MVt bo'lgan stansiya hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik geotermik stansiya Kaliforniyadagi quvvati 750 MVt bo'lgan geyzer stansiyasidir. Braziliyada shakar qamishidan yoqilg'i ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan dunyodagi eng katta qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishda dastur qabul qilingan. Ayni vaqtda etil spirti mamlakatning avtomobil yoqilg'isiga bo'lgan ehtiyojining 18 % ini ta‘minlaydi. Biogaz etanoldan foydalanish Amerika Qo'shma Shtatlarda ham keng yo'lga qo'yilgan. Dunyodagi yirik kompaniyalar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni qo'llab-quvvatlamoqdalar. Shunday qilib, «Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd» (IKEA) 2020-yilgacha energiyaga bo'lgan ehtiyojini qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga to'liq ta‘minlamoqda. ―Apple‖ kompaniyasi quyosh elektr stansiyalarini yaratishda eng yiriklaridan hisoblanadi va kompaniyaning barcha asosiy markazlaridagi binolar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olingan elektr bilan ta‘minlangan. Qayta tiklanadigan manbalarning Google tomonidan iste‘mol qilinadigan energiyadagi ulushi 35%ni tashkil qiladi. Qayta tiklanadigan energetikaga kompaniyaning sarflagan sarmoyalari 2 milliard dollardan oshdi. Quyosh nuri ham qayta tiklanadigan energiya manbai bo'lib, geotermik va shamol energiyalari ham Quyosh ta‘sirida vujudga keladi. Astronomlarning hisob-kitoblariga ko'ra, Quyosh Yerni energiya bilan ta‘minlab turishi taxminan besh milliard yilni tashkil qiladi, shuning uchun insoniyat kelajagida Quyoshdan olinadigan qayta tiklanadigan energiyaning tugash xavfi bo'lmaydi. Energiyani olish usullari zamonaviy texnologiya hisobiga yangilanib boradi va yuqoridagi manbalardan doimiy ravishda olinadi. Yer sirtiga yetib kelgan quyosh energiyasining faqat juda kichik qismi energiyaning boshqa turlariga aylanadi va asosiy energiya issiqlik ko'rinishida namoyon bo'ladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish ko'mir, neft, tabiiy gaz yoki torf kabi yoqilg'ini qazib olish bilan taqqoslanganda, ular qayta tiklanishi mumkin, ammo insoniyat ehtiyojiga ko'ra yetarli emas, chunki ularning shakllanishi uchun yuz million yildan ortiq vaqt kerak va bu ulardan foydalanish jarayonida ancha sekin sodir bo'ladi. Download 101.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling