Alternativ energiya manbalari fani haqida
Download 101.12 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAlternativ energiya manbalari fani haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tiklanadigan energiya manbalari. 1.1. Alternativ energiya manbalari faniga kirish.
ALTERNATIV ENERGIYA MANBALARI FANI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR VA NAZARIY ASOSLAR. Kirish. Alternativ energiya manbalarining rivojlanish tarixi hamda nazariy asoslari. REJA: 1.1. Alternativ energiya manbalari faniga kirish. 1.2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari. 1.1. Alternativ energiya manbalari faniga kirish. Hozirgi kunda neft, ko‘mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi global energiya falokatiga etaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo‘li bo‘lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta’minlaydi. Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar an’anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o‘tish kelajakdagi energiya tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko‘mir va boshqa shu kabi tabiiy qazilma boyliklarga asoslangan. Hayotimizdagi aksariyat harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi. Shu bilan birga yoqilg‘i yoqishning salbiy ekologik ta’sirini ham unutmaslik kerak. Atmosferada yig‘iladigan zaharli gazlar miqdorining ortib borishi issiqxona effektini keltirib chiqarishi, butun sayyora bo‘ylab haroratning ortishiga sabab bo‘lishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Yonuvchi mahsulotlardan ajralib chiqadigan tutun va zaharli gazlar havo musaffoligini buzadi. Ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiladigan aholi ushbu salbiy ta’sirni o‘zlarida juda yaxshi his qilishadi. Butun dunyodagi insoniyat, qazilma yoqilg‘ilarni boshqasiga almashtirishni asta-sekinlik bilan amalga oshirish ustida ishlayapti. Uzoq vaqtdan buyon butun dunyoda quyosh, shamol, oqim, geotermal va gidroelektrostansiyalardan foydalanilmoqda. Hozirda ushbu manbalardan insoniyatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. Aslini olganda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda ko‘p muammolar mavjud. Masalan, energiya resurslarining geografik taqsimlanish muammosi. Shamol elektr stansiyalarini faqat kuchli shamollar tez-tez esadigan joylarda, quyosh - quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlarda, gidroelektrostansiyalar - yirik daryolar bo‘yida qurilishi kerak. Neft yetarli ammo, hamma joyda emas, lekin uni oson etkazib berish mumkin. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ikkinchi muammosi - beqarorlik. Shamol elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish shamolga bog‘liq. Shamolning paydo bo‘lish vaqti, tezligi, yo‘nalishi, esish yoki esmasligi uning muammoli jihati hisoblanadi. Quyosh elektr stansiyalari bulutli ob-havo sharoitida yomon ishlaydi, kechqurungi qorong‘ulik uning salbiy tomoni hisoblanadi. Afsuski shamoldan ham, quyoshdan ham elektr energiyasi iste’molchilarining talab va ehtiyojlariga bog‘liq holda foydalanib bo‘lmaydi. Issiqlik yoki atom elektr stansiyasilarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashqi faktorlarga bog‘liq emas va doimo o‘zgarmasdan qoladi. Ushbu elektrostansiyalarni osonlik bilan boshqarish mumkinligi ularning ustun tomonlaridan dalolatdir. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi mazkur muammoni faqatgina katta energiya akkumulyatorini qurish, elektr energiyasi oz miqdorda ishlab chiqarilgan paytda, zaxira manbadan qo‘shimcha ta’minlash orqali hal qilish mumkin. Ammo bu holda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan butun tizimning juda qimmatlashuviga olib keladi. Qadimda neft va gaz kashf etilmagan sharoitda ham insonlar quyosh nuridan suv isitish, quritish va boshqa ishlarda foydalanishgan. Qayta tiklanuvchi energiya tushunchasi fanda o‘tgan asrning boshlarida qo‘llanila boshlandi. Buning asosiy sabablari shundaki neft, gaz, ko‘mir zaxiralarining ma’lum bir davrdan so‘ng tugashini insonlar tushunib etib, energiya olishning qayta tiklanuvchi yo‘llarini qidira boshladi. Undan tashqari, yoqilg‘ilardan chiqayotgan million tonnalab CO 2 uglerod gazi ozon qatlami emirilishiga sabab bo‘lmoqda. Jahonda birinchilardan bo‘lib qayta tiklanuvchi energiyadan Yaponiya, Germaniya va boshqa davlatlarda keng foydalanila boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri bu davlatlarda yoqilg‘i qazilma boyliklari deyarli yo‘q. 2011-yilda Yaponiyada bo‘lgan tabiiy ofat natijasida atom elektr stansiyalari hamda yirik to‘g‘onlardan foydalangan holda elektr energiya olishdan voz kechilib, energiya olishning qayta tiklanuvchi yo‘llariga o‘tilmoqda. - O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya borasidagi ilk tajribani kimlar o‘tkazgan? - O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni birinchilardan bo‘lib akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950- yillardan boshlab uylarni isitish, issiq suv bilan ta’minlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir necha uylar qurilib tajriba sinovlari o‘tkazilgan. Jahonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishda quyidagi mamlakatlar y etakchilik qilmoqda: Dunyoning 37 mamlakatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qonun qabul qilingan, 70 ga yaqin mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ishlash hajmini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish bo‘yicha Germaniya, YAponiya, Xitoy, Ispaniya va AQSH davlatlari yetakchilik qilmoqda. Germaniya atom elektr stansiyalaridan foydalanishdan voz kechmoqda, 2020- yilgacha elektr energiyaning 20 foizini qayta tiklanuvchi energiyadan olishni rejalashtirgan edi, har yili esa 100 ming uyning tomini quyosh panellari bilan qoplamoqda. Bunday usuldan foydalanish har tomonlama qulaylik tug‘diradi, hech qanday ortiqcha joy talab qilmaydi, aksincha tom bekiladi va uyni xohlagan vaqtda isitish, xonadon ehtiyojini to‘laligicha elektr energiya bilan ta’minlash mumkin. Ko‘pgina davlatlarda shamol energetikasi qurilmalari dengiz bo‘ylariga o‘rnatilmoqda. Shveysariyada yo‘lovchilarni tashish avtobuslari bioyonilg‘ida ishlaydi. Yaponiya hukumati quyosh energetikasi texnologiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga kelib, jahonda quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlarni o‘rnatish 50 foizga oshdi. Biogaz kislorodsiz bakteriyalar yordamida turli chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan Xitoy, Vetnam, Hindiston, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida biogazdan foydalanish texnologiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik, parrandachilik, o‘simlik chiqitlarini qayta ishlash natijasida olinadigan biogaz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Qayta ishlash natijasida hosil qilingan tabiiy mineral o‘g‘itlar er unumdorligini oshirishda keng qo‘llaniladi. Oxirgi yillarda biogaz energiyasi bo‘yicha ko‘pgina tajribalar qilindi va kerakli natijalarga erishildi. Bir tonna hajmdagi chiqindi saqlaydigan biogaz qurilmasi bir oilani 6 oy mobaynida gaz bilan ta’minlashi mumkin. Hozirda olimlarimiz bunday qurilmalarni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Qayta tiklanuvchi energiya sohasi kelajak fani, ertangi kunning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar iqtisodiyoti aynan shu qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan qanday foydalanishiga qarab rivojlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, istiqbolimiz aynan qayta tiklanuvchi energiya sohasi taraqqiyotiga bog‘liq. O‘zbekiston sharoitida quyosh, shamol va biomassa energiyasidan foydalanadigan qayta tiklanadigan energetika texnologiyalari, shuningdek, kichik gidroelektrostansiyalar va geotermal qurilmalar dolzarb hisoblanadi. Quyosh energiyasidan issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foydalanish mumkin. Aytish joizki, yurtimizda quyosh energiyasining texnik salohiyati 98,6 % ni tashkil etadi. Birinchi holatda yassi konsentratsiyalashmagan quyosh kollektorlari qo‘llaniladi. Hozirgi zamon quyosh elementlari qaysi sharoitda ishlatilishiga qarab (koinotda, Yer sharoitida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushayotgan quyosh nurlanishiga, zichlashtirilgan quyosh nurlanishiga, ekstremal xol uchun va boshqalar) qarab turli xil yarim o‘tkazgichli materialdan ishlab chiqariladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan va inson ehtiyoji uchun elektr manba’i sifatida qo‘llanilayotgan QE aksariyati kremniy materialidan tayyorlanmoqda. Bunga asosiy sabab, hozirgi zamon kishilar ehtiyoji uchun ko‘p qo‘llaniladigan mikroelektron asboblarni tayyorlash texnologiyasining asosi kremniydir. Ikkinchidan, kremniy elementar yarim o‘tkazgich bo‘lib, uning Yer qa’ridagi ulushi 30 % ga yaqinni tashkil qilishi, hamda texnologiyasining rivojlanganligidadir. Download 101.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling