Aluminium, A1 Mendeleyev davriy sistemasining


Download 111.74 Kb.
bet1/6
Sana30.03.2023
Hajmi111.74 Kb.
#1309651
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
al


Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqtosh) soʻzidan kelib chiqqan. Tabiatda bitta barqaror izotop holida (AGʻ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 yil). Aluminiy yer poʻstining ogʻirlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, ya’ni u kislorod va kremniydan keyin uchinchi, metallar ichida esa birinchi oʻrinda turadi. Metall holidagi Aluminiyni birinchi marta 1825-yil Hans Christian Ørsted topgan. Aluminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng koʻp uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar (mas, tuproqning asosiy qismi boʻlgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. Oʻzbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Fargʻona viloyatlari) topilgan. Aluminiy giltuproq (A12O,)ni kriolit (Na3AlF6) bilan suyuqlantirib, elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Giltuproq esa asosan boksitdan olinadi. Oʻzbekistonda Angren kaolinidan ham giltuproq olish mumkinligi aniqlangan. Aluminiy kumushday oq metall, allot-ropik shakl oʻzgarishlari (qarang Allotropiya) yoʻq. Suyuqlanish temperaturasi – 660’, qaynash temperaturasi 2500° atrofida, Solishtirma ogʻirligi 2,6989. Aluminiy plastik, oson presslanuvchan, bolgʻalanuvchan, qoliplanadigan,choʻziladigan metall. 380A. barcha barqaror bi-rikmalarida 3 va-lentli, yuqori temperaturada ba’zan 1, kamdan-kam hollarda 2 va-lentli boʻlishi mum-kin. Aluminiy sirka, vino, limon kislotalari va boshqa organik moddalar ta’siriga turgʻun. Aluminiy kislorod bilan tez b pri kadi, shu sa-babli uning usti hamisha oksid pardasi bilan qoplangan boʻladi; oksid pardasi zich boʻlganidan u Aluminiyni zanglashdan va turli moddalar ta’siridan saqlaydi. Aluminiy kukuni shiddat bilan yonadi, yuqori temperaturada galo-genlar bilan birikib, Aluminiy ftorid (A1F3), Aluminiy xlorid (A1S13), Aluminiy bromid (A1Vg3), Aluminiy yodid (A1J3), Aluminiy astatid (AlAt3), ol-tingugurt bilan Aluminiy sulfid (A12S3), azot bilan Aluminiynitrid (A1N3), uglerod bilan Aluminiy kar-bid (A14S3) hosil qiladi. Shuningdek, alohida usulda Aluminiy bilan vodorod birikmasi – Aluminiy gidrid (A1N3) olish mumkin. Juda suyultirilgan hamda konsentrlangan ni-trat kislota Aluminiyga ta’sir etmaydi (sir-tida darhol hosil boʻlgan oksid pardasi uni saqlaydi), suyultirilgan va konsen-trlangan sulfat kislotada Aluminiy qisman eriydi. Vodorod xlorid Aluminiyga kuchliroq ta’sir etadi, ortofosfat kislota ta’sir etmaydi. Aluminiyning koʻpgina tuzlari suvda yaxshi eriydi va gidrolizlanib, kislo-tali reaksiya roʻy beradi. U ishqorlarda ham yaxshi eriydi, bunda alyuminatlar hosil boʻladi. Aluminiy tarkibining sofligiga qarab oʻta sof, juda sof va texnik sof xillarga boʻlinadi. Oʻta sof Aluminiy (Aluminiy 999 markali) 0,001% gacha qoʻshimchaga, juda sof Aluminiy (Aluminiy 995. Aluminiy 99, Aluminiy 97, Aluminiy 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof Aluminiy (A85, A8, A7, A5, AO, A va AYE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qoʻshimchaga ega boʻladi. Aluminiy yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qoʻshiladi. Aluminiy ba’zi metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda (alyuminotermiya) ishlatiladi. Bu me-tallardan samolyotsozlik, radio va elek-trotexnika, rangli metallurgiya hamda boshqa sanoat tarmoqlarida foydalani-ladi. Aluminiy zichligining kamligi, yuqori darajadagi elektr oʻtkazuvchanligi, ay-rim kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi va tannarxining arzonligi sababli texnikaning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. Undan uy-roʻzgʻor as-boblari, kimyoviy asbob-uskunalar va boshqa koʻpdan-koʻp buyumlar tayyorlanadi.Temir Otaqoʻziyev.[1]



Download 111.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling