Kimyoviy xossalari
Alyuminiy gidroksidi
Me’yoriy sharoitlarda alyuminiy yupqa va mustahkam oksid qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Chunki u odatiy oksidlovchilar – suv, kislorod va azot kislotasi bilan qizdirishsiz ham oson reaksiyaga kirishadi. Shu xossasi tufayli alyuminiy amalda korroziyaga uchramaydi va sanoat miqyosida kuchli talabga ega. Biroq, oksid qatlamining yo‘qilishi bilan, masalan, ammoniy tuzlari NH4+, qaynoq ishqorlar yoki, amalgammalanish natijasida, alyuminiyning oksid qatlami yo‘qoladi. Bu holatda alyuminiy faol tiklovchi metall tarizda harakat qila boshlaydi.
Alyuminiyga galliy, indiy, yoki, qalay metallari bilan ishlov berilasa, alyuminiyda oksid qatlami hosil bo‘lmaydigan bo‘ladi. Bu jarayonda alyuminiyning ustki sirti mazkur metallarning evtektiklari bilan namlanadi.
Alyuminiy oddiy moddalar bilan oson reaksiyaga kirishadi:
4Al + 3O 2 → 2Al 2 O 3
2Al + 3Br 2 → 2AlBr 3
qizdirilganda boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi:
2Al + 3S → Al 2 S 3
2Al + N 2 → 2AlN
4Al + 3S → Al 4 S 3
Alyuminiy sulfid va karbid to’liq gidrolizlanadi:
Al 2 S 3 + 6H 2 O → 2Al (OH) 3 + 3H 2 S
Al 4 C 3 + 12H 2 O → 4Al (OH) 3 + 3CH4
Murakkab moddalar bilan:
gidroksidilar bilan (tetrahidroksoaluminatlar va boshqa aluminatlar hosil bo’lishi bilan ):
Do'stlaringiz bilan baham: |