II. Aniq tarkibli, temir qo‘shimchalari bo‘lmagan, A sinfdagi, 1 guruh, 1 navga kiruvchi magniy temir-tersak va chiqindilari.
III. Yaroqsiz qotishmalar, sexni aylanma materiallari.
IV. Birlamchi metallar:
Sil 0, Sil 00 markali silumin;
A0, A5, A6 markali birlamchi alyuminiy;
Kr.0, Kr.1 markali kristallik kremniy;
SMI17 markali selikomarganets;
birlamchi magniy;
birlamchi nikel;
nikel va nikel qotishmalarini temir-tersak va chiqindilari;
TG-100 markali gubka ko‘rinishidagi titan;
M1 markali katod mis;
Bunda temir-tersak tarkibidagi metallar miqdori hisobga olinadi va ayrim hollarda gazsizlantirish uchun 40 foizli NaCl va 50 foizli KCl flyuslari qo‘shiladi. Bundan tashqari «A» markali argon va alohida tozalikdagi azot kerak bo‘ladi. Bular vodorod va nometallik aralashmalardan tozalashda ishlatiladi. Qirindilar ishlab chiqarish unumdorligi 3 t/soat bo‘lgan quritish uskunalarida quritiladi. Pech ishga tushirishdan oldin, pechning hamma muhofaza moslamalari, mexanik va elektr qismlari tekshiriladi.
Kollektordagi suv bosimi 2,5 kg/sm2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Pechga shixta ikki, uch qatlam qilib qo‘l bilan yuklanadi. Shixta pech kamerasini o‘rta qismiga qaraganda devor atroflariga zichroq joylashtiriladi. Uzunligi 2,5 m bo‘lgan xrom-alyuminiyli termopara pech tubiga tushiriladi. Pech ishga tushirilgandan so‘ng 24 soat ichida 17 bosqichda eng yuqori haroratga etkaziladi. Haroratni ko‘tarilish tezligi soatiga 500C ni tashkil qiladi. 16-17 bosqichlarda 3 soatdan, qolgan bosqichlarda 1 soatdan kam bo‘lmagan vaqt ushlab turiladi. Pech 7500C haroratda 5 soat davomida qo‘shimcha shixta 3-4 marta yuklanadi.
G‘ilof uglerodgangan po‘latdan qilinadi, yuqorigi va pastki qismiga halqa mahkamlanadi. Ichki qismiga 11 dona harakatlanuvchi induktor uskunasi mahkamlanadigan va induktor magnit oqimini sochuvchi maydonni yutadigan magnit o‘tkazuvchilar osiladi. «Induktor uskunasi» - induktor, 11 dona magnit o‘tkazuvchilar (g‘ilovdagidan tashqari) va engil, issiqlikka chidamli botondan tayyorlangan pod (tub) dan iborat.
Induktorda ikkita parallel ulangan katushka joylashgan. Katushka mis suv bilan sovutiluvchi trubkadan qilingan. Pech ikkita plunjer, moy bosimli moslama va gidro yurituvchi apparaturadan tashkil topgan gidrovlik mexanizm bilan og‘diriladi (6.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |