Alyuminiy va mis parchalari va chiqindilarining tasnifi va sinfi. Alyuminiy va mis parchalari va chiqindilarining tasnifi va sinfi
Download 1.08 Mb.
|
Metallarresiklingi
(a) (b) 9-rasm. Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilari Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilaridan ratsional foydalanish maqsadida, ular qayta ishlanib mis qotishmalari - bronza va latun holiga keltiriladi (6.9.(a,b)-rasm). Qotishmalarni eritib, ajratish uchun qoplovchi va tozalovchi flyuslar ishlatiladi. Qoplovchi flyuslar metall vannasini yuzasida himoyalovchi qatlamni yuzaga keltiriladi. Bu qatlam erigan metallni pech gazlari bilan ta’sirlashidan saqlaydi, uchuvchi komponentlarni kamaytiradi, qotishmadagi gaz miqdorini kamaytiradi. Qoplovchi flyuslar suyuq holda oksidlarni eritish xususiyatiga ega. Ularni pechga qirindilar va mayda chiqindilar bilan birga yuklanadi. Tozalovchi flyuslar suyuq qotishmada zararli aralashmalardan tozalash uchun qo‘llanadi. Qayta ishlanadigan xom ashyoni turiga karab flyus sifatida kalsinirlangan soda, plavik shpati, natriy sulfat, bura, natriy ftor, oyna siniqlari, yog‘och ko‘mir ishlatiladi. Flyuslarni sarfi - shixta massasini 0,5-1 foizidan 3-5 foizigacha etadi. Bronza va latun olish uchun turli xil yallig‘ qaytaruvchi pechlar, yoyli elektropechlar, induksion pechlar va minorali pechlar ishlatiladi. Bronza ikkilamchi xom ashyolardan asosan yallig‘ qaytaruvchi pechlarda olinadi. Buning uchun pech 1350-14500C haroratgacha qizdiriladi. So‘ngra engil vaznli xom ashyolar, qirindilar, shtampovkalar, setkalar va aylanma materiallar yuklanadi. O‘lchami katta temir-tersak va xomaki bronza pechga oxirida solinadi. Qoplovchi flyus sifatida 60 foiz kalsinirlangan soda, 40 foiz eruvchan plavik shpati (rangsiz shuningdek binafsha rang, pushti rang kristall hosil qiladigan mineral) ishlatiladi. Qoplovchi flyus shixta massasini 1,2-2,4 foizini tashkil qiladi. Rafinirlangan flyuslarni tarkibi quyidagicha, %: mis kuyindisi - 96, qum - 4 yoki natriy selitrasi - 30, mis kuyindisi -45, qum - 15. Metall pechdan chiqarilishda harorati 1100-11500C keltiriladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling