29-modda. Muzeylarga beriladigan imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Muzeylar uchun imtiyozlar qonunchilikka muvofiq beriladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Muzeylarning xalqaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Muzeylarning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob. Milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash
31-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari fuqarolar kirib ko‘rishi uchun ochiqdir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish quyidagi asoslarga ko‘ra cheklanishi mumkin:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanish holati qoniqarsiz bo‘lganda;
restavratsiya ishlari amalga oshirilayotganda;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari muzey zaxiraxonasida bo‘lganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda, shu jumladan muzey zaxiraxonasida turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini e’lon qilish
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini birinchi marta e’lon qilish huquqi mulkdor tomonidan mazkur muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari biriktirib qo‘yilgan muzeyga tegishlidir.
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini takrorlashdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqlarining boshqa shaxsga o‘tkazilishi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori belgilagan tartibda muzeylar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari, muzeylarning binolari, muzeylar hududida joylashgan obyektlar tasvirlaridan foydalangan holda tasviriy, bosma, yodgorlik va boshqa adadli mahsulotlarni hamda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish, muzeylarning nomlari va ramziy belgilaridan foydalanish qonunchilikka muvofiq muzeylar ma’muriyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |