Amaldagi versiyaga o‘tish


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV


Download 77.75 Kb.
bet2/14
Sana29.04.2023
Hajmi77.75 Kb.
#1400028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
muzeylar qonuni

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 12-yanvar,
PF-1913-son

MUZEYLAR TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi muzeylarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Muzeylar to‘g‘risidagi qonunchilik
Muzeylar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining muzeylar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Milliy muzey fondi — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari majmui;
Milliy muzey fondining Davlat katalogi — Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan har bir muzey ashyosi va har bir muzey kolleksiyasi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobga olish hujjati;
muzey — muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasi;
muzey ashyosi — sifati yoki alohida belgilari jamiyat manfaatlari uchun saqlash, o‘rganish va ommaga namoyish etish zaruratini taqozo etuvchi madaniy boylik;
muzey kolleksiyasi — o‘z kelib chiqish xususiyati yoki shaklan yaqinligi tufayli yoxud boshqa belgilari bo‘yicha birlashtirilgandagina muzey ashyosi xususiyatiga ega bo‘ladigan madaniy boyliklar majmui;
saqlash — muzeyning muzey ashyosi va muzey kolleksiyasi but saqlanishini ta’minlash uchun moddiy va huquqiy sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi faoliyat turi;
e’lon qilish — muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini omma oldida namoyish etish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa turdagi jismlarda takrorlash orqali jamiyatga taqdim etishning barcha shakllarini nazarda tutuvchi faoliyat turi.

Download 77.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling