Amalga oshirilgan islohotlar
Download 405.54 Kb. Pdf ko'rish
|
9 mavzu leksiya (2)
1-masala
Malumki, sho‘rolar hukumati davrida hukmron tuzum o‘zining jahonda eng insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab- maorif tizimining ham o‘sha yo’lg‘on g‘oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekanligi shubhasizdir. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat o‘zgardi, xalq ta’limi tizimini isloh qilishga kirishildi. Mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni hamda 1991–1996-yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmon-lari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi: • Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “bolalar bog‘chasi – maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa sanati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi; • Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi. 1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi;
• “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi; • Mehnat Bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat Bozorini shakllantirish- ning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi; • Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘1, Andijon bank kollejlari, Toshkent ayo’llar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996–1997-o‘quv yilida 258 ta o‘rta kasb-hunar ta’lim o‘quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar 197 ming o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish bilan shug‘ullandi; • Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki jshlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik- iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi; • Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi; • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi; • Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va istedodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli Yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirov- kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi; • Istedodli Yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Istedod”, “Ulug‘bek” va “Umid” jamg‘armalari tashkil etildi;
• O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyoq Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2006-yil yo’zida Toshkentda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining filiali tashkil etildi.
Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, Bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy-o‘qituvchilar kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX-sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida maruza qildi. Maruzada oldimizga qo‘ygan buyoq maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi: – eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan qutulish; – milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish; – uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; – ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; – bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi- murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish; – zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish; – xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish; – bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash; – o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash; – respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash; Yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarni taraq-qiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini oshirishini tashkil etish. 2-masala
1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy ” qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi: • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi; • ta’limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb- hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi; • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi; • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv; • bilimli bo‘lishni va istedodni rag‘batlantirish; • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi: • maktabgacha ta’lim; • umumiy o‘rta ta’lim; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; • oliy ta’lim; • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; • maktabdan tashqari ta’lim. Kadrlar tayyorlash milliy ning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturni yaratishda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan: Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi; Ikkinchi bosqich(2001–2005-yy.)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat Bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi; Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlanliriladi. O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv- laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jiho’zlash uchun sarflandi. Keyingi yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002/2003 o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yo’zuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borilmoqda. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan taminlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul taminlanadi. 2004-yil 19-fevraldagi Prezident farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004–2009-yillarda buziladigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy tamirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jiho’zlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan taminlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi. 2000/2001 o‘quv yilida respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 45 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 6 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi. Kadrlar tayyorlash milliy ning eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1998–2004-yillarda 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, asosiy darsliklar yaratildi. 2000/2001 o‘quv yilida kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Usto’z”jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan litsey va kollejlarning 700 o‘qituvchisi chet ellardagi nufuzli universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 2001/2002 o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998–2001- yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002-yilda 35620 talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi. Mamlakatimizda iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997–2001-yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalarda ishlamoqdalar. 2002-yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi. O‘zbekiston ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASIS- TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Usto’z” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy
ta’lim Xalqaro
Fanlar akademiyasi Prezidenti V.ShukshinovPrezidentimiz Islom Karimovga “KadrIar tayyorlash milliy ”ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy azosi diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb tarifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi “Ta’limning o‘zbek modeli” deb etirof etildi. Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta etibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini taminlashga yo‘naltirilgan
qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.. Respublika Fanlar akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi Bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi. O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, to‘qimachilik, kulolchilik, shishaso’zlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Ho’zir O‘zbekiston olimlari uzoq o‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol o‘rganib, o‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. IX-X asrlarda O‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga o‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi. XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar bo‘lgan. Xorazmshoh Abul Abbos ibn Mamun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor bo‘lgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer meridiani uzunligi darajasini o‘lchashda qatnashgan mashhur matematik al- Xorazmiy (783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, “Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “QuYosh soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bo‘lib sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga o‘tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bo‘limi al- Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al- jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qo‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda o‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi. Shunday qilib Sharqda, xususan, O‘rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya shaklida tashkil qilish ananaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga o‘xshash muassasalar keyingi asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya Mirzo Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan XV asrda tashkil etilgan. Akademiya qoshida observatoriya, o‘sha davrning boy kutubxonasi va oliy o‘quv yurti – madrasa bo‘lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar o‘qitilgan. Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qo’zizoda Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, o‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham ularning yo‘nalishlariga mos bo‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining yoqsalishiga salmoqli hissa qo‘shdi. IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez suratlarda rivojlana boshladi. Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyoq mutafakkirlarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qo’zizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi bazi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin o‘tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon Beruniy tarix, xronologiya, farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bo‘yicha asarlar yo’zdi, Yerda yangi qita borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi va jahon tan olgan ko‘plab masalalarni yechdi. Ko‘plab tadqiqotchilar Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi. Xuddi shu paytda bu yerda O‘rta Osiyoning buyoq olimi – Abu Ali ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi, astronom, matematik, musiqashunos, yo’zuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yo‘nalishni bildiruvchi “Meditsina” sifatida o‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir o‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yo’zgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yo’zilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar o‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori ko‘tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil o‘tgach G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarida keng tan olindi. XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qo‘lyo’zmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur o‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida o‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari ho’zirgi kunda ham o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Matematik va astronom Qo’zizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning usto’zi edi. Ulug‘bek maktabi shakllanishiga uning qo‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (o‘z davrining Platoni) deb atashgan. Mashhur matematik va astronom al-Koshiy (G‘iyosiddin Jamshid Koshiy) birinchi bo‘lib matematikaga po’zitsion asosda o‘nli kasrlarni kiritdi va buni nazariy jihatdan isbotladi, Sin ni 1 gradus aniqlikkacha, P ni 17 raqamgacha hisoblab chiqdi. U o‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan. Al-Koshiy Qo’zizoda Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini boshqargan. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1439) o‘zidan ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirdi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Yangi Ko‘ragon astronomik jadvallari”) – “Ulug‘bek ziji” buyoq olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda observatoriya va madrasa qurdi, o‘z akademiyasini tashkil qildi. O‘z shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzni o‘rganib, ro‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi. Ulug‘bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bo‘yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) o‘zidan matematika va astronomiyaga bag‘ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining o‘zgarishini Yerning QuYoshga yaqinlashishi natijasida QuYosh nurlarining Yer sathiga tasiri bilan bog‘liq deb hisoblagan, QuYoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII O‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli tasir qilgan. Mirzo Ulug‘bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shishdi va astronomik kuzatuv bilimlarini yanada yuqori darajada ko‘tarishdi. 1428-1429-yillarda Ulug‘bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi bo‘lgan, o‘lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan. Samarqandda 30 yillik kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz bo‘lib qoldi. Ulug‘bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G‘arb fani yoqsalishiga katta tasir ko‘rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug‘bek jahon fani tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir qatorda turadi. M.V. Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar olimlariga
bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida o‘rta asrlarning mashhur olimi Mirzo Ulug‘bekning portreti haqli ravishda o‘ziga mos joyni egallagan. O‘zbekistonning bir qator shaharlari va Belgiyada Mirzo Ulug‘bekka haykal o‘rnatilgan, qadimiy Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan O‘zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli tumanlarga va O‘zbekistondagi fizik- yadroshunoslar qo‘rg‘oniga uning nomi berilgan. XIX asrda O‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik observatoriyasi (O‘zR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan. Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning 30- yillaridan observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila boshladi. 1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti (1923-yildan O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat universiteti, ho’zir- O‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy boyliklarni o‘rganish maqsadida universitet negizida mustaqil oliy o‘quv yurtlari va fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qator ilmiy muassasalar ochildi. 1940-yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida O‘zbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan boshlab filial O‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib kelayapti. O‘sha paytda uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo‘jaligi muammolari (1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan) bo‘limlari; Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan. 1940-yilda O‘zbekistonning ilmiy-tekshirish institutlarida va oliy o‘quv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari ish olib borgan. 1943-yilda O‘zbekistondagi SSSR FA filiali O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-tasischi, 18 ta muxbir azo, 3 ta faxriy azo akademiya azolari bo‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40- yillarning
ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yoqsaltirishga yo‘naltirilgandi. 1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro fizikasi taraqqiyotiga asos bo’ldi.. 60-70-yillarda O‘zbekiston tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yo‘naltirilgandi. Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlar yoqsalishining kompleks tadqiqiga alohida etibor qaratildi. 1987-yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida nodir “Katta quYosh pegi” bizerkal optik-gelio- energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi. Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori ancha tasir qildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli “Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” va 2005- yil 1-noyabrdagi 240-sonli “Xorazm Mamun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Mamun Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi sifatida tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij sh.) ko‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazishdi. O‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator elchixonalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Mamun Akademiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda o‘tkazishdi. Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bo’ldi.. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bozor iqtisodiga o‘tish davrida ilmiy- tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta etibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va
ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish, muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga tatbiq qilinmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bo‘limlari faoliyati takomillashtirilmoqda. 2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, oqitish sifati va mazmunini yangi bosqichga kotarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, oquv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirildi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etdi. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni taminlash uchun ta’limga yonaltirilishi zarur bolgan investisiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalaridan, yani 6-7 foizdan qariyb 2 barobar kop bo’ldi. Oliy oquv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning yashash sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob`ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy oquv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida joylashgan talabalar turar-joylarini tubdan tamirlash bo’yicha ham keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20 mayda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror oliy ta’lim muassasalari faoliyatini jahon ando’zalari darajasida tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, oquv-uslubiy qollanmalar, ilmiy laboratoriyalar bilan taminlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi bo’yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 2015 yildagi malumotlarga qaraganda O’zbekistonda quyidagi yonalishlardagi ta’lim turlari mavjud edi: - maxsus maktabgacha ta’lim; - uyda yakka tartibdagi ta’lim; - maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari; -umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari; - maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari. Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif koruvchi, kar va zaif koruvchi, aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati azolari harakati buzilgan, nutqida murakkab nuqsoni bolgan bolalar ta’lim-tarbiya oldi. Mamlakatimizda alohida yordamga muhtoj bolalar va osmirlar ta’limi, ularning nuqson turlari va uning
darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yonalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, korishida va eshitishida nuqsoni bolgan bolalar) bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etildi. 3-masala Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon yurtimizdagi oliy oquv yurtlari professor-oqituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni bugungi kun talablariga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi. Farmonda, xususan, oliy oquv yurtlari professor-oqituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va oqitilayotgan fanlar bo’yicha innovasiyalar, shuningdek, oquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi songgi yutuqlarni chuqur organishi alohida qayd etildi. Oliy ta’lim sohasida oliy oquv yurtlarining professoroqituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy oquv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy oquv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin oqituvchisi malaka oshirdi. Bu paytga kelib, mamlakatimizda 11 milliondan ziyod kishi internetdan muntazam foydalandi. Ularning asosiy qismi oquvchi-Yoshlar edi. 2015 yilgi malumotlarga qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil oldi. Barcha maktablar yagona ZiyoNET tarmogiga ulandi. Mazkur tarmoq Uz domenidagi eng yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda Yoshlar uchun foydali va ahamiyatli axborot manbalari, darslik va oquv qollanmalar, turli sohalarga doir adabiyotlar, media mahsulotlar, multimedia vositalari, ta’limmaqsadida foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi. Shu sababli Hukumat tomonidan, oqituvchilarning global internet tarmogi, multimedia tizimlari va masofadan oqitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni oquv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy oquv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o’zlashtirish darajasini oshirishi kabi zamonaviy talablar qo’yildi. Bu paytga kelib Oliy ta’lim yonalishida ham xalqaro hamkorlik aloqalari olib borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy
oquv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi. Bundan tashqari, O’zbekistonda Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari orasida birinchi bo’lib oliy ta’limning zamonaviy ikki bosqichli - bakalavriat va magistratura yonalishiga otildi.Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishda sportning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Otgan davr mobaynida O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 1500 dan ortiq zamonaviy sport inshootlari qurildi. Har yili bo’lib otadigan, uch bosqichdan iborat (maktab oquvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey va kollej oquvchilari uchun “Barkamol avlod”, oliy oquv yurti talabalari uchun “Universiada”) sport musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab bolalar, osmirlar, yigit va qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini berdi. Mazkur tadbirlar o’z samarasini berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 ta medalni qolga kiritdi, Yosh iqtidorli musiqachi va ijrochilarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli oringa sazovor boldi va ularning 76 tasi Gran-pri va birinchi orinni tashkil qildi.Bu boradagi ishlar keying yillarda ham dvom ettirildi. Jumladan, 2017-yil 7-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jiho’zlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan taminlash nazarda tutildi.Shuningdek, 2017- 2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish ni ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom manoda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Umumta’lim maktablariga mazkur yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.Bundan tashqari, Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bo’yicha ham tizimli ishlar olib borildi. Bunda Yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’zda tutildi. Xususan, ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etildi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni Yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi belgilandi. Bundan tashqari, Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq malumotlarni to‘plash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli joriy etdi. Jumladan, vazirlik usto’zovo’zi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq ta’limi tizimiga homiylik mablag‘larini jalb etish maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi malumotlar ochiq- oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Usto’z ovo’zi» kanali ishga tushirildi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami 803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirildi. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilishi yo’lga qo’yildi. Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning shani va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ta’lim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Moliya vazirligidan Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. Xalq ta’limi
sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Nazorat savollari 1. Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi? 2. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz? 3. Kadrlar tayyorlash milliy ning o’ziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi? 4. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering. Download 405.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling