Amalga oshirilgan islohotlar


Download 405.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi405.54 Kb.
#235540
1   2   3
Bog'liq
9 mavzu leksiya (2)

1-masala 

      Malumki,  sho‘rolar  hukumati  davrida  hukmron  tuzum  o‘zining  jahonda  eng 

insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, 

butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara shunday edi. 

Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, 

minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. Lekin ular, son va miqdor 

jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi. Buning asosiy 

sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-

maorif  tizimining  ham  o‘sha  yo’lg‘on  g‘oyalarga  qurbon  qilinganida  edi.  Sovet 

Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekanligi shubhasizdir. 

Istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  fan  va  texnikaga  munosabat  o‘zgardi,  xalq 

ta’limi  tizimini  isloh  qilishga  kirishildi.  Mustaqil  O‘zbekistonda  maorif  va 

madaniyat  ishlarini  eng  muhim  va  dolzarb  soha  sifatida  rivojlantirishga  alohida 

e'tibor  berildi.  1992-yil  2-iyulda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining 

“Ta’lim  to‘g‘risida”  gi  Qonuni  hamda  1991–1996-yillarda  e’lon  qilingan  30  dan 

ziyod  Prezident  farmon-lari  va  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  asosida  ta’lim 

sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi: 

• Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda 

“bolalar  bog‘chasi  –  maktab”  majmuyi  tarmog‘i  rivojlandi.  Bolalarga  chet  el 

tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa sanati, kompyuter savodxonligi asoslarini 

o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi; 

•  Yangi  tipdagi  maktablar  va  umumta’lim  o‘quv  yurtlari  tarmog‘i  rivojlantirildi. 

1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi; 



•  “Sog‘lom  avlod  uchun”,  “Iqtisodiy  ta’lim”,  “Qishloq  maktabi”,  “Rivojlanishda 

nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda 

ta’lim sohasida tatbiq etila bordi; 

• Mehnat  Bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat  Bozorini shakllantirish-

ning  hududiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  hunar-texnika  ta’limini  qayta 

tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan 

qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta 

litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi

•  Toshkent,  Samarqand,  Urganch,  To‘rtko‘1,  Andijon  bank  kollejlari,  Toshkent 

ayo’llar  kolleji  tashkil  etildi.  Respublikada  1996–1997-o‘quv  yilida  258  ta  o‘rta 

kasb-hunar  ta’lim  o‘quv  yurti  ishladi.  Ularda  qariyb  16  ming  o‘qituvchi  va 

muhandis-pedagog  xodimlar  197  ming  o‘quvchiga  kasb-hunar  o‘rgatish  bilan 

shug‘ullandi; 

• Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-fevraldagi 

Prezident  farmoni  bilan  8  ta  viloyat  pedagogika  institutlari  universitetlarga 

aylantirildi.  Eng  zarur  zamonaviy  mutaxassisliklar  bo‘yicha  yangi  oliy  o‘quv 

yurtlari  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat 

qurilishi  akademiyasi,  Qurolli  Kuchlar  akademiyasi,  Ichki  jshlar  vazirligi 

akademiyasi,  Bank-moliya  akademiyasi,  Toshkent  moliya  instituti,  Navoiy 

konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-

iqtisodiyot  instituti,  Jizzax  politexnika  instituti,  Qarshi  muhandislik-iqtisodiyot 

instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika 

instituti,  Namangan  muhandislik-iqtisodiyot  instituti  hamda  viloyatlarda  yirik 

universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim 

tizimida  58  ta  oliy  o‘quv  yurti,  shu  jumladan,  16  ta  universitet  va  42  ta  institut 

faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164  ming talaba  o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi 

faoliyat ko‘rsatdi; 

•  Abituriyentlar  va  talabalarning  bilim  darajasini  test  va  reyting  asosida 

baholashning ilg‘or usullari joriy etildi; 

• Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning oshgani 

bois  aspirantura  va  doktoranturada  kadrlar  tayyorlash  kengaydi.  Oliy  attestatsiya 

komissiyasi tashkil etildi; 

• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati 

va istedodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli Yoshlarni 

chet  ellardagi  yetakchi  o‘quv  yurtlari  va  ilmiy  markazlarda  o‘qitish  va  stajirov-

kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi; 

•  Istedodli  Yoshlarni  moddiy  va  ma’naviy  rag‘batlantirish,  chet  elda  o‘qishini 

qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  Respublika  bolalar  fondi,  “Kamolot”,  “Sog‘lom 

avlod uchun”, “Istedod”, “Ulug‘bek” va “Umid” jamg‘armalari tashkil etildi; 



•  O‘zbekiston  ta’lim  sohasida  AKSELS,  AYREKS,  Amerika  Kollejlari 

Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi 

(Germaniya),  Britaniya  Kengashi  (Buyoq  Britaniya)  kabi  xalqaro  tashkilotlar  va 

boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2006-yil yo’zida 

Toshkentda  Lomonosov  nomidagi  Moskva  Davlat  Universitetining  filiali  tashkil 

etildi. 


Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy 

kamchiliklar mavjud edi. Ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan 

demokratik o‘zgarishlar, Bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv 

jarayonining  moddiy  texnika  va  axborot  bazasi  qoniqarsiz  ahvolda  edi.  Ta’lim 

muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi. 

Yuqori  malakali  pedagoglar  yetishmasdi,  ishlab  turgan  murabbiy-o‘qituvchilar 

kattagina  qismining  bilim  va  kasb  saviyasi  yetarli  darajada  emas  edi.  Maktab 

o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. 

Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab 

chiqildi.  Islom  Karimov  1997-yil  29-avgustda  Oliy  Majlisning  IX-sessiyasida 

“Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida maruza qildi. 

Maruzada  oldimizga  qo‘ygan  buyoq  maqsadlarimizni  ro‘yobga  chiqarish  taqdiri, 

avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis 

kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi va 

quyidagi vazifalar ilgari surildi: 

– eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, 

sarqitlardan qutulish; 

–  milliy  ta’lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish,  uning  milliy  zaminini 

mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish; 

– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; 

– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; 

–  bolalarimizga  zamonaviy  bilim  berish,  buning  uchun,  avvalo,  o‘qituvchi-

murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish; 

– zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish; 

– xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish; 

– bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash; 

–  o‘quvchilarda  mustaqil  fikr  yuritish  ko‘nikmalarini  hosil  qilish,  ularni  erkin 

fikrlaydigan etib tarbiyalash; 

– respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan 

aloqasini  o‘rnatish  va  mustahkamlash;  Yoshlarimizni,  professor-o‘qituvchilarni 

taraq-qiy  topgan  davlatlardagi  o‘quv  markazlariga  borib  o‘qishini,  malakasini 

oshirishini tashkil etish. 

2-masala 



1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  yangi  qonuni  va  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  ”  qabul  qilindi.  Ularda  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatining 

quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi: 

• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi; 

• ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 

• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; 

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-

hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi; 

• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi; 

• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv; 

• bilimli bo‘lishni va istedodni rag‘batlantirish; 

• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgi-landi: 

• maktabgacha ta’lim; 

• umumiy o‘rta ta’lim; 

• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 

• oliy ta’lim; 

• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 

• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

• maktabdan tashqari ta’lim. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  ning  maqsadi  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni 

o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish, 

rivojlangan  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy  talablarga  javob 

beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir. 

Milliy  dasturni  yaratishda  hayotimizning  barcha  sohalarida  bosqichma-bosqich 

amalga  oshirilayotgan  islohotlarga  monand  ravishda,  ta’lim  islohotlarini  uch 

bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan: 

Birinchi  bosqich(1997–2001-yy.)da  mavjud  kadrlar  tayyorlash  tizimining  ijobiy 

salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun 

huquqiy,  kadrlar  jihatidan,  ilmiy-uslubiy,  moliyaviy-moddiy  shart-sharoitlar 

yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi; 

Ikkinchi bosqich(2001–2005-yy.)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat 

Bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda 

unga aniqliklar kiritiladi; 

Uchinchi bosqich(2005- va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil qilish 

va  umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 




istiqbollariga  muvofiq  kadrlar  tayyorlash  tizimi  takomillashtiriladi  va 

rivojlanliriladi. 

O‘zbekiston  hukumati  ta’limni  rivojlantirish  uchun  katta  mablag‘  ajratmoqda. 

Birgina  2001-yilda  ta’lim  xarajatlari  davlat  budjeti  sarf-xarajatlarining  36  foizini 

tashkil  etdi.  Ta’lim  uchun  150  mln  AQSH  dollaridan  ziyod  chet  el  investitsiyasi 

sarflandi.  Ular  yangi  ta’lim  binolari  barpo  etish,  ularni  eng  zamonaviy  o‘quv-

laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jiho’zlash uchun sarflandi. Keyingi 

yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab 

binolari  qurilib,  foydalanishga  topshirildi.  Umumta’lim  maktablari  uchun  davlat 

ta’lim  standartlari,  ularga  asoslangan  o‘quv  dasturlari,  darsliklar  yaratilib,  ta’lim 

jarayoniga  joriy  etildi.  2002/2003  o‘quv  yiliga  kelib  umumiy  o‘rta  ta’lim 

muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yo’zuviga asoslangan 

o‘zbek  alifbosida  olib  borilmoqda.  Hukumat  o‘quvchilarni  darsliklar  bilan 

taminlashga  g‘amxo‘rlik  qilmoqda.  Ta’lim  mazmun  va  mohiyat  jihatidan 

yangilandi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident 

sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul taminlanadi. 

2004-yil  19-fevraldagi  Prezident  farmoni  va  2004-yil  9-iyuldagi  Vazirlar 

Mahkamasining qarori asosida maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy  

ishlab  chiqildi.  Dasturga  binoan  2004–2009-yillarda  buziladigan  umumta’lim 

maktablari  o‘rniga  yangi  maktablar  qurish,  maktablarni  kapital  rekonstruksiya 

qilish,  kapital  va  joriy  tamirlash  tadbirlari  ishlab  chiqildi.  Shuningdek,  dasturda 

umumta’lim  maktablarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  va 

rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter 

texnikasi bilan jiho’zlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar 

bilan  taminlash,  o‘qituvchilarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash,  malakasini  oshirish, 

ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi. 

2000/2001 o‘quv yilida respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 45 mingga 

yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 6 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi, 

ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  ning  eng  muhim  O‘zbekistonga  xos  xususiyati  yangi 

turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa 

sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1998–2004-yillarda 54 ta akademik litsey 

va  533  ta  kasb-hunar  kolleji  barpo  etildi.  Bu  maqsadlar  uchun  135  mlrd.  so‘m 

mablag‘  sarflandi.  Kollej  va  litseylar  uchun  o‘qitiladigan  barcha  fanlar  bo‘yicha 

Davlat  ta’lim  standartlari  ishlab  chiqildi,  tajriba-sinovdan  o‘tkazildi  va  ta’lim 

jarayoniga joriy etildi, asosiy darsliklar yaratildi. 2000/2001 o‘quv yilida kollej va 

litseylarni  4890  nafar  ilk  “qaldirg‘och”lar  tugatdilar.  “Usto’z”jamg‘armasi 

yo‘llanmasi  bilan  litsey  va  kollejlarning  700  o‘qituvchisi  chet  ellardagi  nufuzli 

universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi. 



Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil 

etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 2001/2002 o‘quv yi-lida 

62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq 

magistrantlar  ta’lim-tarbiya  oldilar.  18486  nafar  professor-o‘qituvchilar  mehnat 

qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998–2001-

yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 

bakalavr  va  magistrlar  uchun  qo‘yiladigan  talablarni  o‘zida  mujassamlashtirgan 

davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi 

va ta’lim jarayoniga joriy etildi. 2002-yilda 35620 talaba bakalavr, 3000 tasi magistr 

unvonini oldi. 

Mamlakatimizda  iqtidorli  Yoshlarni  izlab  topish,  ularga  ko‘maklashish,  qo‘llab-

quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni 

yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda 

tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997–2001-yillarda 785 nafar 

yigit-qiz  rivojlangan  davlatlarning  oliy  o‘quv  yurtlariga  o‘qish  uchun  jo‘natildi. 

Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil 

etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va 

korxonalarda  ishlamoqdalar.  2002-yil  iyulda  Toshkentda  Xalqaro  Vestminster 

universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi. 

O‘zbekiston  ta’lim  muassasalarining  Yevropadagi  ta’lim  jamg‘armasi, 

Germaniyadagi  Texnika  hamkorlik  tashkiloti,  Yaponiyadagi  JAYKO  xalqaro 

tashkiloti,  Koreyaning  KOYKA  agentligi,  YUNESKO,  Jahon  banki,  TASIS-

TEMPUS  ochiq  jamiyat  instituti,  AQSH,  Angliya,  Fransiya,  Yaponiya,  Daniya, 

Xitoy,  Gollandiya  Oliy  ta’lim  vazirliklari  bilan  hamkorligi  kengayib  bormoqda. 

Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb 

etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Usto’z” jamg‘armasi 

yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. 

O‘zbekiston  ta’lim  tizimi  dunyo  miqyosida  katta  qiziqish  uyg‘otmoqda. 

Moskvadagi 

Oliy 


ta’lim 

Xalqaro 


Fanlar 

akademiyasi 

Prezidenti 

V.ShukshinovPrezidentimiz  Islom  Karimovga  “KadrIar  tayyorlash  milliy  ”ning 

tashabbuskori  va  tashkilotchisi  sifatida  mazkur  akademiyaning  faxriy  azosi 

diplomini  topshirar  ekan,  O‘z-bekistonda  ishlab  chiqilgan  bu  Milliy  dasturni 

mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb tarifladi. Ko‘pgina mamlakatlar 

tomonidan  ham  O‘zbekistonda  yaratilayotgan  ta’lim  tizimi  “Ta’limning  o‘zbek 

modeli” deb etirof etildi. 

Mustaqil  respublikamizda  fan  taraqqiyotiga  katta  etibor  berilmoqda.  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini 

rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda 

Vazirlar  Mahkamasining  mazkur  farmonning  ijrosini  taminlashga  yo‘naltirilgan 



qarori  ilm-fan  taraqqiyotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi..  Respublika  Fanlar 

akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi Bozorda targ‘ib etuvchi va 

tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident farmoni 

bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi. 

O‘zbekiston  hududida  qadim  zamonlardan  beri  fan  va  madaniyat  rivojlanib 

kelayotgan  davlatdir.  Xususan,  astronomiya,  matematika,  tibbiyot,  kimyo,  tarix, 

falsafa,  tilshunoslik,  adabiyotshunoslik  kabi  fanlar  va  haykaltaroshlik, 

to‘qimachilik, kulolchilik, shishaso’zlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Ho’zir 

O‘zbekiston  olimlari  uzoq  o‘tmish  mutafakkirlari  qoldirgan  ilmiy  merosni  faol 

o‘rganib,  o‘zlarining  yangi  kashfiyotlari  bilan  fanni  boyitgan  holda  jahon  fani 

rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 

IX-X  asrlarda  O‘rta  Osiyo  (butun  Markaziy  Osiyo)  zamonaviy  akademiyalarga 

o‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik 

ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi. 

XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar bo‘lgan. 

Xorazmshoh  Abul  Abbos  ibn  Mamun  madaniyat  va  ilmga  qiziquvchan  hukmdor 

bo‘lgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni 

har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot 

xodimi  Abu  Ali  ibn  Sino  (Avitsenna),  aniq  fanlar  vakili  Abu  Rayhon  Beruniy, 

tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, 

tabib  ibn  Xammar  va  boshqa  Sharq  mutafakkirlari,  qomusiy  olimlar  xizmat 

qilishgan.  Musulmon  Sharqdagi  birinchi  akademiya  –  “Baytul  Hikmat”ni  yer 

meridiani  uzunligi  darajasini  o‘lchashda  qatnashgan  mashhur  matematik  al-

Xorazmiy  (783-850)  boshqargan.  Astrolyabiya  (usturlob)  qurish  haqidagi  asar, 

“Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda 

qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “QuYosh soatlari haqida risola”, 

“Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy 

birinchi bo‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bo‘lib sonlar qatoriga 

yangi  “nol”  sonini  kiritdi,  bu  sonlar  nazariyasini  kengaytirdi  va  manfiy  sonlarga 

o‘tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bo‘limi al-

Xorazmiy  sharafiga  “algebra”  deb  atalgan.  Al-Xorazmiyning  mashhur  “Kitob  al-

jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qo‘yish haqidagi kitobi) da algebra 

ilk  bor  matematikaning  mustaqil  sohasi  sifatida  qaraladi.  Zamonaviy 

kibernetikaning  asosiy  tushunchasi,  uning  zaruriy  asoslaridan  biri  “algoritm” 

etimologik  jihatdan  al-Xorazmiyning  ismi  bilan  bog‘liq.  Urganchda  o‘ziga  xos 

akademiya  –  “Bilimdonlar  uyi”  tashkil  qilingan  edi,  unda  astronomiya,  falsafa, 

matematika,  tibbiyot  bo‘yicha  tadqiqotlar  o‘tkazilgan.  Lekin  bu  holat  Urganchda 

1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi. 




Shunday qilib Sharqda, xususan, O‘rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya shaklida 

tashkil qilish ananaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga o‘xshash muassasalar 

keyingi  asrlarda  ham  yaratilgan  (tuzilgan).  Samarqandda  akademiya  Mirzo 

Muhammad  Tarag‘ay  Ulug‘bek  tomonidan  XV  asrda  tashkil  etilgan.  Akademiya 

qoshida  observatoriya,  o‘sha  davrning  boy  kutubxonasi  va  oliy  o‘quv  yurti  – 

madrasa bo‘lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, 

astronomiya,  tibbiyot,  geografiya  va  boshqa  dunyoviy  ilmlar  o‘qitilgan. 

Ulug‘bekning  akademiyasida  mashhur  olimlar  –  Qo’zizoda  Rumiy,G‘iyosiddin 

Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, o‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham 

ularning  yo‘nalishlariga  mos  bo‘lgan.  Samarqanddagi  Ulug‘bek  akademiyasi 

matematika,  astronomiya  va  geografiya  fanlarining  yoqsalishiga  salmoqli  hissa 

qo‘shdi. 

IX-XV  asrlarda  aniq  va  tabiiy  fanlar  (matematika,  astronomiya,  geodeziya, 

mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez suratlarda rivojlana boshladi. 

Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyoq 

mutafakkirlarning  asarlari  arab  tiliga  tarjima  qilindi.  Muhammad  al-Xorazmiy, 

Ahmad  al-Farg‘oniy,  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Mahmud 

Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qo’zizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, 

Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari 

darajasi  bazi  sohalarda  boshqa  mamlakatlarning  mutafakkirlari  ancha  keyin 

o‘tkazgan  izlanishlar  natijalaridan  yuqori  edi.  Abu  Rayxon  Beruniy  tarix, 

xronologiya,  farmakologiya,  mineralogiya,  astronomiya,  matematika  bo‘yicha 

asarlar yo’zdi, Yerda yangi qita borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi 

va jahon tan olgan ko‘plab masalalarni yechdi. Ko‘plab tadqiqotchilar Urganchdagi 

akademiyaning  tashkil  qilinishini  shaharga  Abu  Rayhon  Beruniyning  tashrifi  va 

uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi. 

Xuddi  shu  paytda  bu  yerda  O‘rta  Osiyoning  buyoq  olimi  –  Abu  Ali  ibn  Sino 

ishlagan.  Ibn  Sino  haqiqatdan  qomusiy  olim  –  tabiatshunos,  tibbiyot  xodimi, 

astronom, matematik, musiqashunos, yo’zuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan 

mashhur bo‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa 

tillariga  moslashtirilib,  fandagi  yo‘nalishni  bildiruvchi  “Meditsina”  sifatida 

o‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning 

botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir o‘simliklardan biriga 

uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yo’zgan, shulardan 240 tasi bizning 

kunlarimizgacha  yetib  kelgan.  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik 

institutida  olimning  50  dan  ortiq  asarlari  va  bir  qator  ularga  yo’zilgan  sharhlar 

saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun 

fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar o‘z davrida tibbiyot fani darajasini 

juda  yuqori  ko‘tardi,  ibn  Sino  vafotidan  yuz  yil  o‘tgach  G‘arbiy  Yevropa 



mamlakatlarida keng tan olindi. XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima 

qilindi va qo‘lyo’zmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha 

tarjimada  nashr  qilindi  va  yuz  yil  mobaynida  16  marta  chop  etildi.  Osiyo  va 

Yevropaning barcha mashhur o‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida 

o‘qitildi.  Ushbu  bebaho  tib  qonunlari  ho’zirgi  kunda  ham  o‘z  ilmiy  ahamiyatini 

yo‘qotmagan. 

Matematik va astronom Qo’zizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn 

Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning usto’zi edi. Ulug‘bek maktabi 

shakllanishiga uning qo‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi 

muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (o‘z davrining Platoni) deb atashgan. 

Mashhur matematik va astronom al-Koshiy (G‘iyosiddin Jamshid Koshiy) birinchi 

bo‘lib matematikaga po’zitsion asosda o‘nli kasrlarni kiritdi va buni nazariy jihatdan 

isbotladi,  Sin  ni  1  gradus  aniqlikkacha,  P  ni  17  raqamgacha  hisoblab  chiqdi.  U 

o‘zining  qator  mashhur  asarlarini  astronomiyaga  bag‘ishlagan.  Al-Koshiy 

Qo’zizoda Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini boshqargan. 

Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1439) o‘zidan ulkan ilmiy va madaniy meros 

qoldirdi,  “Ziji  jadidi  Ko‘ragoniy”  (“Yangi  Ko‘ragon  astronomik  jadvallari”)  – 

“Ulug‘bek  ziji”  buyoq  olimning  dunyoga  mashhur  asari.  Ulug‘bek  Samarqandda 

observatoriya  va  madrasa  qurdi,  o‘z  akademiyasini  tashkil  qildi.  O‘z  shogirdlari 

bilan mingdan ortiq yulduzni o‘rganib, ro‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi. 

Ulug‘bek  akademiyasida  olimlar  faqat  astronomiya  bo‘yicha  emas,  balki 

matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga  oid tadqiqotlar ham  olib borishgan. 

Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin 

Ali  ibn  Muhammad  Qushchi  (1403-1474)  o‘zidan  matematika  va  astronomiyaga 

bag‘ishlagan  dunyoga  mashhur  ilmiy  ishlarini  qoldirdi.  U  yil  fasllarining 

o‘zgarishini  Yerning  QuYoshga  yaqinlashishi  natijasida  QuYosh  nurlarining  Yer 

sathiga  tasiri bilan  bog‘liq deb  hisoblagan,  QuYoshning  tutilishi  jarayonini  ilmiy 

nuqtai  nazardan  aniqlagan.  Ali  Qushchining  asarlari  XVI-XVII  O‘rta  va  Yaqin 

Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli tasir qilgan. 

Mirzo Ulug‘bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa 

qo‘shishdi  va  astronomik  kuzatuv  bilimlarini  yanada  yuqori  darajada  ko‘tarishdi. 

1428-1429-yillarda  Ulug‘bek  radiusi  40  metr  kvadrant  bosh  uskunasi  bo‘lgan, 

o‘lchamlari  tengsiz,  noyob  astronomik  rasadxona  qurgan.  Samarqandda  30  yillik 

kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz bo‘lib 

qoldi.  Ulug‘bek  astronomiya  maktabi  yutuqlari  Sharq  va  G‘arb  fani  yoqsalishiga 

katta tasir ko‘rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilindi, 

Yevropa  va  Amerikada  keng  tarqaldi.  Mirzo  Ulug‘bek  jahon  fani  tarixida  Tixo 

Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir qatorda turadi. 

M.V.  Lomonosov  nomidagi  MDU  katta  zalida  barcha  davrlar  olimlariga 



bag‘ishlangan  tarixiy  xotira  galereyasida  o‘rta  asrlarning  mashhur  olimi  Mirzo 

Ulug‘bekning portreti haqli ravishda o‘ziga mos joyni egallagan. O‘zbekistonning 

bir  qator  shaharlari  va  Belgiyada  Mirzo  Ulug‘bekka  haykal  o‘rnatilgan,  qadimiy 

Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan O‘zbekiston Milliy 

universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli tumanlarga va O‘zbekistondagi fizik-

yadroshunoslar qo‘rg‘oniga uning nomi berilgan. 

XIX asrda  O‘zbekistonda birinchi ilmiy  muassasa  – Toshkent fizik  – astronomik 

observatoriyasi  (O‘zR  FA  Astronomiya  instituti)  1873-yilda  tashkil  qilingan. 

Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va natijada 

mintaqadagi  mingdan  ortiq  joyning  koordinatalari  aniqlangan,  XX  asrning  30- 

yillaridan  observatoriya  astronomiyaning  fundamental  masalalarini  tadqiq  qila 

boshladi. 

1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi 

maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston 

xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va 

boshqa  shaharlarda  uning  filiallari  ochildi.  1919-yilda  Toshkentda  fizioterapiya 

ilmiy-tekshirish  instituti  tuzildi.  20-yillarda  tarix,  tibbiyot,  tabiiy  fanlar  sohasida 

qator ilmiy-tekshirish institutlari  ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti 

(1923-yildan  O‘rta  Osiyo  davlat  universiteti,  1960-yildan  Toshkent  davlat 

universiteti,  ho’zir-  O‘zbekiston  Milliy  universiteti)  tashkil  qilindi.  Keyinchalik 

mintaqadagi  tabiiy  boyliklarni  o‘rganish  maqsadida  universitet  negizida  mustaqil 

oliy o‘quv yurtlari va fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qator ilmiy muassasalar 

ochildi.  1940-yilda  Toshkentda  1932-yilda  tuzilgan  ilmiy  komitet  asosida 

O‘zbekistondagi  SSSR  FA  filiali  tashkil  etildi  va  shu  vaqtdan  boshlab  filial 

O‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib kelayapti. O‘sha paytda uning 

tarkibiga  geologiya,  botanika,  kimyo,  suv  xo‘jaligi  muammolari  (1941-yildan 

energetika  instituti),  tarix,  til  va  adabiyot  institutlari;  tuproqshunoslik,  zoologiya, 

fizika  va  matematika  (geliotexnika  laboratoriyasi  bilan)  bo‘limlari;  Toshkent 

astronomik  observatoriyasi  (Kitob  kenglik  stansiyasi  bilan);  kartografiya  va 

iqtisodiy  tadqiqotlar  byurosi  kirgan.  1940-yilda  O‘zbekistonning  ilmiy-tekshirish 

institutlarida  va  oliy  o‘quv  yurtlarida  3  mingdan  ortiq  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik 

xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq 

ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari ish olib borgan. 

1943-yilda O‘zbekistondagi SSSR FA filiali O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi 

sifati  qayta  tashkil  qilindi.  Bu  vaqtda  uning  tarkibida  10  ta  ilmiy-tekshirish 

institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, 

iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-tasischi, 18 ta muxbir azo, 3 ta faxriy 

azo akademiya azolari bo‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim 

ishlardi,  ulardan  28  nafari  fan  doktori  va  80  tasi  fan  nomzodi  edi.  40-  yillarning 



ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, 

madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yoqsaltirishga yo‘naltirilgandi. 

1958-yili  Toshkent  shahri  yaqinida  yadro  reaktori  qurildi,  u  yadro  fizikasi 

taraqqiyotiga  asos  bo’ldi..  60-70-yillarda  O‘zbekiston  tabiiy  va  ijtimoiy  fanlar 

sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika 

oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yo‘naltirilgandi. 

Paxtachilik,  irrigatsiya,  energetika,  rangli  metallurgiya  va  boshqa  tarmoqlar 

yoqsalishining  kompleks  tadqiqiga  alohida  etibor  qaratildi.  1987-yili  Toshkent 

viloyatining  Parkent  tumanida  nodir  “Katta  quYosh  pegi”  bizerkal  optik-gelio-

energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi. 

Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. 

Karimovning  1992-yil  8-iyuldagi  Farmoni  va  Vazirlar  Mahkamasining  “Davlat 

tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori 

ancha tasir qildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  2004-yil  9-noyabrda  532-sonli 

“Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” va 2005-

yil  1-noyabrdagi  240-sonli  “Xorazm  Mamun  Akademiyasi  faoliyatini 

takomillashtirish  va  1000  yillik  yubileyini  nishonlashning  qo‘shimcha  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”  qarorlar  qabul  qildi.  Shunday  qilib,  Xorazm  Mamun 

Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi 

sifatida tiklandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO 

ishlari  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  komissiyasi  bilan  hamkorlikda 

2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij 

sh.) ko‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligiga 

bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazishdi. O‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator 

elchixonalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  olimlari  ishtirokida 

Xorazm  Mamun  Akademiyasi  faoliyatiga  bag‘ishlangan  tadbirlar  o‘tkazishdi, 

shunday  konferensiyani  yana  Saudiya  Arabistoni  Ilmiy-tadqiqot  markazi 

Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda o‘tkazishdi. 

Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

I.A.Karimovning  2006-yil  7-avgustdagi  “Fan  va  texnologiyalar  rivojlanishini 

boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 

Qarori va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini 

muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bo’ldi.. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bozor iqtisodiga o‘tish davrida ilmiy-

tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga 

katta etibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va 



ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish, muhim amaliy ilmiy 

natijalardan  foydalanishning  yangi  yo‘llari  aniqlanib,  hayotga  tatbiq  qilinmoqda, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  ilmiy  bo‘limlari  faoliyati 

takomillashtirilmoqda. 

2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, oqitish sifati 

va mazmunini yangi bosqichga kotarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy 

mexanizmini  yaratish,  oquv  dasturlari  va  adabiyotlarini  yangilashga  qaratilgan 

islohotlar  bosqichma-bosqich,  tizimli  ravishda  amalga  oshirildi.  Mamlakatimizda 

ta’lim-tarbiya  sohasiga  har  yili  sarflanayotgan  xarajatlar  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatan  10-12  foizni  tashkil  etdi.  Bu  YUNESKOning  mamlakatni  barqaror 

rivojlantirishni taminlash uchun  ta’limga  yonaltirilishi  zarur bolgan  investisiyalar 

miqdori  bo’yicha  tegishli  tavsiyalaridan,  yani  6-7  foizdan  qariyb  2  barobar  kop 

bo’ldi.  

Oliy  oquv  yurtlari  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  talabalarning  yashash 

sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob`ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy oquv yurtlari 

hududlarini  obodonlashtirish,  jumladan,  poytaxtimizdagi  “Yoshlik”  talabalar 

shaharchasida  joylashgan  talabalar  turar-joylarini  tubdan  tamirlash  bo’yicha  ham 

keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20 

mayda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash va 

mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  tubdan  yaxshilash  to’g’risida”gi  qarori  qabul 

qilindi.  Mazkur  Qaror  oliy  ta’lim  muassasalari  faoliyatini  jahon  ando’zalari 

darajasida tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, oquv-uslubiy qollanmalar, ilmiy 

laboratoriyalar bilan taminlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.  

Bundan  tashqari,  o’qituvchilarning  amaliy  jihatdan  chet  tillarini  bilishi  bo’yicha 

ham  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Jumladan,  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni organish tizimini 

yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qarorining  muhim 

ahamiyatga ega bo’ldi. 

2015  yildagi  malumotlarga  qaraganda  O’zbekistonda  quyidagi  yonalishlardagi 

ta’lim turlari mavjud edi:  

- maxsus maktabgacha ta’lim;  

- uyda yakka tartibdagi ta’lim;  

- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari;  

-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari; 

- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari. 

Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif koruvchi, kar va zaif koruvchi, aqli zaif, ruhiy 

rivojlanishi  sustlashgan,  tayanch  harakati  azolari  harakati  buzilgan,  nutqida 

murakkab  nuqsoni  bolgan  bolalar  ta’lim-tarbiya  oldi.  Mamlakatimizda  alohida 

yordamga  muhtoj  bolalar  va  osmirlar  ta’limi,  ularning  nuqson  turlari  va  uning 



darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8  yonalishi  (aqli  zaif, ruhiy 

rivojlanishi sustlashgan, nutqida, korishida va eshitishida nuqsoni bolgan bolalar) 

bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etildi. 

3-masala 

Mazkur davrda  Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar 

amalga  oshirildi.  Jumladan,  2015  yil  12  iyunda  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta 

tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari 

to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon yurtimizdagi oliy oquv yurtlari 

professor-oqituvchilarining  kasb  darajasi  va  malakasini  muttasil  oshirib  borish, 

ularni  bugungi  kun  talablariga  muvofiq  muntazam  qayta  tayyorlashning 

takomillashtirilgan  tizimini  joriy  etish  asosida  yuqori  malakali  mutaxassislar 

tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi. 

Farmonda,  xususan,  oliy  oquv  yurtlari  professor-oqituvchilarining  pedagogik  va 

kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, 

ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va oqitilayotgan fanlar bo’yicha 

innovasiyalar,  shuningdek,  oquv  jarayonini  tashkil  etishning  zamonaviy  uslublari 

sohasidagi  songgi  yutuqlarni  chuqur  organishi  alohida  qayd  etildi.  Oliy  ta’lim 

sohasida oliy oquv yurtlarining professoroqituvchilarini muntazam qayta tayyorlash 

bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy 

oquv  yurtida  oliy  ta’lim  muassasalari  rahbarlari  va  pedagog  kadrlarini  qayta 

tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy 

oquv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin oqituvchisi malaka oshirdi. 

Bu paytga kelib, mamlakatimizda 11 milliondan ziyod kishi internetdan muntazam 

foydalandi.  Ularning  asosiy  qismi  oquvchi-Yoshlar  edi.  2015  yilgi  malumotlarga 

qaraganda  umumta’lim  maktablarida  qariyb  4,5  million  bola  tahsil  oldi.  Barcha 

maktablar yagona ZiyoNET tarmogiga ulandi. Mazkur tarmoq Uz domenidagi eng 

yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda Yoshlar uchun foydali va ahamiyatli 

axborot  manbalari,  darslik  va  oquv  qollanmalar,  turli  sohalarga  doir  adabiyotlar, 

media  mahsulotlar,  multimedia  vositalari,  ta’limmaqsadida  foydalaniladigan  bir 

qator interfaol xizmatlar jamlandi. 

Shu  sababli  Hukumat  tomonidan,  oqituvchilarning  global  internet  tarmogi, 

multimedia  tizimlari  va  masofadan  oqitish  usullaridan  foydalangan  holda, 

zamonaviy  innovatsion  pedagogika,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

egallashi  va  ularni  oquv  jarayoniga  faol  tatbiq  etishi,  oliy  oquv  yurtlari  pedagog 

kadrlarining  chet  tilini  amaliy  o’zlashtirish  darajasini  oshirishi  kabi  zamonaviy 

talablar qo’yildi.  

       Bu paytga kelib Oliy ta’lim yonalishida ham xalqaro hamkorlik aloqalari olib 

borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy 



oquv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin 

politexnika  universiteti,  M.Lomonosov  nomidagi  Moskva  davlat,  G.Plexanov 

nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetlari, 

Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi.  

Bundan  tashqari,  O’zbekistonda  Mustaqil  davlatlar  Hamdo’stligi  mamlakatlari 

orasida  birinchi  bo’lib  oliy  ta’limning  zamonaviy  ikki  bosqichli  -  bakalavriat  va 

magistratura  yonalishiga  otildi.Yoshlarni  har  tomonlama  barkamol  qilib  voyaga 

yetkazishda  sportning  ham  ahamiyati  katta  hisoblanadi.  Otgan  davr  mobaynida 

O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 1500 

dan  ortiq  zamonaviy  sport  inshootlari  qurildi.  Har  yili  bo’lib  otadigan,  uch 

bosqichdan  iborat  (maktab  oquvchilari  uchun  “Umid  nihollari”,  litsey  va  kollej 

oquvchilari  uchun  “Barkamol  avlod”,  oliy  oquv  yurti  talabalari  uchun 

“Universiada”)  sport  musobaqalari  tizimi  shakllantirildi.  Bu  esa  yuz  minglab 

bolalar, osmirlar, yigit va qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini 

berdi. Mazkur tadbirlar o’z samarasini berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668 

nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok 

etib, 983 ta medalni qolga kiritdi, Yosh iqtidorli musiqachi va ijrochilarimiz nufuzli 

xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli oringa sazovor boldi va ularning 76 tasi Gran-pri 

va birinchi orinni tashkil qildi.Bu boradagi ishlar keying yillarda ham dvom ettirildi. 

Jumladan,  2017-yil  7-fevralda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

"O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 

to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda ijtimoiy soha, xususan, ta’lim 

va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.Hujjatda 

ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  yangi  ta’lim 

muassasalari  qurish,  mavjudlarini  rekonstruksiya  qilish  va  kapital  tamirlash 

barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jiho’zlari, komputer texnikasi, 

o‘quv-metodik  qo‘llanmalar  bilan  taminlash  nazarda  tutildi.Shuningdek,  2017-

2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish ni ishlab chiqish, o‘quv 

dasturlarini  yanada  zamonaviylashtirish,  pullik  xizmatlar  ko‘rsatish  va 

moliyalashtirishning  qo‘shimcha  manbalarini  izlashda  oliy  o‘quv  yurtlarining 

vakolatlarini  kengaytirish  yo‘li  bilan  ularning  mustaqilligi  bosqichma-bosqich 

rivojlantirib borilishi belgilandi. 

        2017  yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining 

yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom manoda ta’lim 

tizimidagi  o‘zgarish  va  yangilanishlar  jarayonini  boshlab  berdi.  Umumta’lim 

maktablariga mazkur yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. 

Bu  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlariga  qabul  jarayoni  bilan  barobar  olib 

borildi.  Bunda  ota-onalar  va  o‘quvchilarning  xohish-istaklari  inobatga 

olindi.Bundan  tashqari,  Yoshlarning  zamonaviy  kasb-hunarlarni  puxta  egalashi, 



o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash 

bo’yicha  ham  tizimli  ishlar  olib  borildi.  Bunda  Yoshlarning  ulug‘  ajdodlarimiz 

merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyatga 

ega  ekanligi  ko’zda  tutildi.  Xususan,  ulug‘  ajdodimiz  Muhammad  Xorazmiy 

nomidagi  chuqurlashtirib  o‘qitishga  ixtisoslashtirilgan  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etildi. Mazkur maktab faoliyatining 

yo‘lga  qo‘yilishi  ushbu  sohalarda  kadrlarni  Yoshligidanoq  tayyorlab  borish, 

ularning  yetuk  va  zamon  talablariga  javob  beradigan  mutaxassislar  bo‘lib 

ulg‘ayishiga  zamin  yaratdi.Shu  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  “Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  ixtisoslashtirilgan  davlat  umumta’lim 

maktab-internatini  va  “Astronomiya  va  aeronavtika”  bog‘ini  tashkil  etish 

to‘g‘risida”gi  qarori  ham  qabul  qilindi.  Mazkur  qaror  bilan  O‘zbekiston  Fanlar 

akademiyasi  Astronomiya  instituti  qoshida  matematika,  astronomiya,  fizika  va 

informatika  fanlarini  chuqur  o‘rgatishga  ixtisoslashtirilgan  Mirzo  Ulug‘bek 

nomidagi  ixtisoslashtirilgan  davlat  umumta’lim  maktab-internati  tashkil  etilishi 

belgilandi. 

        Bundan  tashqari,  Xalq  ta’limi  sohasidagi  islohotlarga  ko‘maklashish 

jamg‘armasi  tashkil  etildi,  shu  bilan  birga  2019  yil  1  yanvardan  xalq  ta’limini 

rivojlantirish  jamg‘armasi  tashkil  etildi.  Shuningdek,  Xalq  ta’limi  vazirligi  soha 

faoliyati  shaffofligini  oshirish,  aniq  malumotlarni  to‘plash,  aholi  bilan  muloqot 

qilish  va  jamoatchilik  nazoratini  o‘rnatish  uchun  axborot  texnologiyalarini  faoli 

joriy etdi. Jumladan, vazirlik usto’zovo’zi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi 

resurslarni  ishga  tushirdi.  Xalq  ta’limi  tizimiga  homiylik  mablag‘larini  jalb  etish 

maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi malumotlar ochiq-

oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Usto’z 

ovo’zi» kanali ishga tushirildi. 

         Xalq  ta’limi  vazirligi  tizimida  o‘quvchilar  o‘rtasida  kitob  mutolaasi  va 

kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami 

803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti 

namoyondalari  asarlarining  elektron  varianti  joylashtirildi.  www.kitob.uz  saytiga 

badiiy  adabiyotlarning  MRZ  shaklidagi  audio  resurslari  joylashtirilishi  yo’lga 

qo’yildi.  

       Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning shani va qadr-qimmatini 

himoyalash,  ular  huquqlarining  buzilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  davlat  organlari  va 

boshqa  tashkilotlarning  ta’lim  muassasalari  faoliyatiga  asossiz  aralashuviga  yo‘l 

qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli 

kitob  jamg‘armasi  Moliya  vazirligidan  Xalq  ta’limi  vazirligiga  o‘tkazildi.  Xalq 

ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish 

obektlari  sifatini  nazorat  qilish  injiniring  kompaniyasi  tashkil  etildi.  Xalq  ta’limi 



sohasidagi  islohotlarga  ko‘maklashish  jamg‘armasi  tashkil  etildi,  shu  bilan  birga 

2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. 

 

Nazorat savollari 



1. 

Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi? 

2. 

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz? 



3. 

Kadrlar tayyorlash milliy ning o’ziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi? 

4. 

Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering. 




Download 405.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling