Amali ish №3 Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi. Android, Windows 7, 10 otlar. Ishning maqsadi


Download 14.87 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.87 Kb.
#1511932
Bog'liq
Amaliy ish 3


Amali ish №3
Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi. Android , Windows 7, 10 OTlar.
Ishning maqsadi: Zamonaviy operatsion tizimi hamda Android, Windows 7 , 10 OTlar ko’mikmalari bilan tanishish.
Ishning vazifalari:
1.Zamonaviy operatsion tizim tushunchasi va turlari.
2.Zamonaviy operatsion tizimda ishlash ko’nikmalrini hosil qilish. (Пуск menyusi, Мой компьютер yorlig’i vaa h.k.)
Nazariy qism:
Agar operatsion tizim (OT) tushunchasini qisqacha izohlasak bu boshqaruv daturidir. OT bu kompyuterning fizik va dasturiy resuslarini taqsomlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur hisoblanadi.
Operatsion tizim –bu kompyuterning barcha apparat va dasturiy ta’minot qismlarini bir-biriga o’zaro bog’lovchi va foydalanuvchi bilan kompyuterning o’rtasida aloqani(interfeys)ni ta’minlovchi dasturlar majmuidir.
Dasturlash tizimi –dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat bo’ladi. Dasturlash tizimining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OT boshqaruvi ostida bo’ladi. OTga ehtiyot resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish.
Operatsion tizim xususiyatlari
Ishonchlilik. OS o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak . OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash , uni taxlil qilish va tiklanish holatida bo’lishi , foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalanishi , hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi zarur.
Himoya. OS bajarilayotgan masalalarni o’zaro bir-biriga ta’siridan himoyalanishi kerak.
Bashorat. OS foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Buyruqlar tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma – ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishini ta’minlashi zarur.
Qulaylilik. Foydalanuvchiga OT ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
Samaradorlik . Resurslar taqsimotida OT foydalanuvchi uchun maksimal holda tizim resurslaridan foydalanish darajasini oshirishi , tizimning o’zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak . Resurslarning OT tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamytirishga olib keladi.
Moslanuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OT effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirish yoki kamaytirilishi mumkin.
Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OT gayangi fizik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
Aniqlilik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Bu holatda interfeys tizimida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro bog’liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.





Linux (Linuks) operatsion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux , ba’zida GNU/Linux deb nomlashadi . Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta’minlovchi ko’pgina daturlar GNU dasturiy ta’minoti hisoblanadi . GNU bu Unix emas degan ma’noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo’lgan barcha dasturiy ta’minot , tahrirlovchi dasturlar , kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari , utilitlar, paketkar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo’lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to’g’riroq bo’ladi , Linux termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin.
Android –Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo’lib , kommunikatorlar , planshetli kompyuterlar ,electron kitoblar, raqamli pleyerlar , qo’l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android lnc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan . Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shug’ullanadigan (OHA) Open Handset Alliance ittifoqini tuzdi . Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.




Windows ish stoli


Ish stoli ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilib turilishi mumkin . U foydalanuvchi ko’p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo’llaniladi.
Ish stolida kichraytirilgan (belgichalar) va me’yoridagi oynalar joylashtiriladi. Ular foydalanuvchining qiziqtirgan turli xil papkalar, dasturlar, xujjatlar, tarmog’li qurilmalarga tezda murojaat qilishni ta’minlaydi, Ekran pastida esa oldindan kelishuv bo’yicha ishga tushirish tugmasini va ochilgan obyektlar belgichasini (shu jumladan, ochilgan, lekin xozirda ishlatilmayotganlarni) o’z ichiga olgan masalalar paneli satri joylashadi .
“Pusk” (ishga tushirish) tugmasi ekranga bosh menyuni chiqarish uchun ishlatiladi. U turli amallarni bajarish imkonini beradi : dasturni ishga tushirish, xujjatni ochish, ma’lumotlarni ochish , kerakli obyekt qidirishni amalga oshirish , kompyuterni sozlash uchun boshqarish panelini chaqirish va boshqalar.
Windows ish stolining elementlar to’plami kompyuter sozlovchilariga bog’liq . Windowsda ko’plab elementlarni yodda saqlash , ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchlar qo’yiladi . Ularni ko’pincha ikonkalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. Xujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o’sha xujjat tuzilgan dasturning belgisi ko’rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo’lishi mumkin :
Papkalar 9tizim va foydalanuvchining papkalri);
Xujjat va dastur fayllari ;
Qurilmalar , papkalr va fayllar uchun yorliqlar .
Biroq, odatda ekranda ko’p hollarda tizim papkalari va ko’p murojat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo’ladu. Tizim papkalari (System Folder)- Windows OT tomonidan tashkil etilgan papkalardir.
Moy kompyuter
Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning asosiy obyekti bo’lib, uning yordamida kompyuter manbalariga , ya’ni qattiq va yumshoq disklar, SD –ROM va shu kabilarga ulanish hamda kirish mumkin.
Windowsning barcha darchalarining yuqori o’ng burchagida quyidagi uch tugma joylashgan bo’ladi:
1.Oynani masalalar paneliga berkitib qo’yish.
2.Oynani ekranga to’la ochish yoki standart o’lchamga qaytish.
3.Oynani yopish vazifasini bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:



  1. Suropov o’quv qo’llanmasi

  2. http//fayllar.org

Download 14.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling