Амалий машғулот -1 Мавзу: Микроскоп тузилиши. Микроскопни ишлатиш техникаси. Mikroskop
Mikroskop bilan ishlash qoidalari
Download 327.75 Kb.
|
Амалий машғулот -1 Мавзу Микроскоп тузилиши. Микроскопни ишлати-fayllar.org
Mikroskop bilan ishlash qoidalari
Mikroskop juda ham nozik optik asbobdir. Uning tuzilishi va qismlarining joylashishi hamda funksiyalarini bilmasdan ishga kirishish tavsiya etilmaydi. Shunga binoan mikroskop bilan ishni boshlash uchun uning tuzilishini puxta o’zlashtirish kerak. Mikroskopni ish joyiga ko’tarib borishda uni o’ng qo’l bilan shtativini to’tgichidan ushlab ko’tarib, chap qo’l oyoqi ostiga qo’yiladi. Shu usulda bir joydan ikkinchi joyga (ishlash stoliga) ko’chiriladi. Agarda mikroskop uzoq vaqt ishlatilmagan bo’lsa, uning barcha qismlari yumshoq gazlama (salfetka) bilan tozalanadi. Tozalash uchun dag’al gazlama ishlatilsa, uning optik va yorituvchi qismlaridagi (kondensordagi) linzalar yuzasida tirnalgan chiziqlar paydo bo’ladi. Bu esa mikroskopni qisqa vaqt ichida ishga yaroqsiz qilib qo’yadi. Mikroskop bilan ish boshlovchi talaba qo’yidagi qoidalarga rioya qilishi kerak: 1. Mikrokopni ish stoli ustiga shtativini o’zingiz tomonga qaratib qo’yib, uni chang va kirdan tozalab, chap yelka tomonga yaqin o’rnatiladi, chunki ishlovchi okulyarga har doim chap ko’z bilan qarashi kerak bo’ladi. 2. Ko’zgu buyum stolchasi tagidagi maxsus joyga o’rnatiladi, kondensor buyum stolchasi tagiga yaqin kutariladi, diafragma teshikchasi kattalashtiriladi, revolverni aylantirib 8 raqamli obyektiv buyum stolchasi ustiga perpendikulyar (tik) qilib o’tkaziladi. Obyektivni o’z joyiga tushganligiga ishonch hosil qilish uchun «tiq» etgan nozik tovush (to’rtki) eshitilishi kerak. 3. Mikroskopni yon tomonidan qarab, makrometrik vintni aylantirib obyektiv buyum stolchasiga taxminan 0,7-0,8 sm masofa qolgancha tushuriladi. 4. Okulyarga chap ko’z bilan qarab (o’ng ko’z ham ochiq qolishiga odatlanish lozim) ko’zguning botiq yuzali tomonini yorug’lik tushadigan manbaga qaratib harakatlantirib mikroskopda sutdek oq ko’rish maydoni hosil qilinadi. 5. Mikroskopda yorug’lik maydoni hosil qilinganidan so’ng, buyum stolchasini ustiga ko’riladigan buyumli (obektli) mikropreparat qo’yiladi. Preparatni buyum stolchasi ustiga qo’yishda, o’rganiladigan buyum stolchaning o’rtasidagi teshikni markazida bo’lishiga harakat qilish lozim, aks holda u ko’rish maydonchasidan chetda qolib ketishi mumkin. Buyumli preparat klemmalar (qisqichlar) bilan qistiriladi. 6. Mikroskopni okulyariga qarab, makrometrik vint yordamida tubusni ehtiyotlik bilan pastga yoki yuqoriga harakatlantirib, buyumni aniq ko’rinishini (fokus oralig’ini) topish kerak. Kuzatilayotgan buyumning shakli, tuzilishi va ichki qismlari aniq ko’rinsa, uning rasmini chizib olish lozim bo’ladi. Buning uchun albatta amaliyot mashg’ulotlari uchun to’tilgan daftar (shuningdek rasm daftari)ga ko’rilgan hayvonning shakli, tashqi va ichki tuzilishi chizib boriladi. Okulyarga chap ko’z bilan qarab, lozim bo’lsa chap qo’l bilan makrometrik vintni qisman ohista aylantirib, o’ng qo’l bilan yozuv va chizish ishlari olib boriladi. Agar buyumni katta (40 raqamli) obyektivda ko’rish kerak bo’lsa, qo’yidagi talablarni bajarish lozim. 1. Buyumni yoki uning biron-bir qismini kattalashtirilgan holatda ko’rish uchun okulyarga qarab, buyum stolchasi yonlaridagi vintlardan foydalanib, ko’rish maydonining markaziga olib kelinadi hamda yana bir bor buyumni aniq ko’rinishi o’rnatiladi. 2. Revolverni aylantirib 40 raqamli obyektiv buyum ustiga tik qilib o’tkaziladi. Obyektivni joyiga tushganligini bilish uchun yuqorida eslatilgan tovush (to’rtki) eshitilishi kerak. 3. Katta obyektiv o’rnatilgandan keyin makrometrik vint bilan umuman ishlanmaydi, aks holda buyum ustidagi qoplag’ich oynachani ezib qo’yishi va buyumga ham shikast yetkazishi mumkin. Bundan tashqari obyektivning linzasi ham shikastlanishi mumkin. Ushbu ko’ngilsiz hollarning sababi shundaki, buyum bilan obyektiv orasidagi fokus juda ham kichik bo’ladi. Shu sababga ko’ra katta obyektivlarda faqat mikrometrik vintdan foydalanish tavsiya etiladi. 4. Mikroskop bilan ish tugatilgach, uning stolchasi ustidagi preparat olinadi: revolver aylantirilib, katta obyektiv tik holatdan, dastlabki joyiga o’tkazildi: agarda ish jarayonida mikroskopga biron-bir yot tanacha yopishib qolgan bo’lsa yoki buyum stolchasining usti nam yoki kir bo’lsa, ulardan tozalanadi: ko’zgu joyidan olib qo’yiladi va talab etilgan qoidaga rioya qilinib mikroskop saqlanadigan joyiga olib borib qo’yiladi ham usti biron material bilan yopiladi yoki qutisi bo’lsa, unga solib qo’yiladi.
Download 327.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling