Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Қудуқдаги каротаж далилларини геологик изохлаш


Download 152.03 Kb.
bet19/21
Sana02.06.2024
Hajmi152.03 Kb.
#1833654
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар-fayllar.org

9.Қудуқдаги каротаж далилларини геологик изохлаш.
Burg‘ilash quduqlar devorini tashkil qilgan har xil tog‘ jinslarining fizik parametrlarini o‘rganuvchi geofizik usullarni karotaj deb ataladi. (Karotaj) – fransuz tilida – kernsiz (namunasiz) burg‘ilash deb tarjima qilinadi.
Geofizik usullarini Er yuzasida va burg‘ilash quduklarda qo‘llanishida farq bor. Farqi shundan iboratki, quduq sharoitida o‘lchov asbobi fizik maydon manbasiga yaqin joylashadi va karotaj usullari jinslarni ajratish qobiliyati bo‘yicha qadrlanadi (dala usullari esa o‘rganiladigan chuqurligi bo‘yicha qadrlanadi).
Quduqdagi geofizikaviy tadqiqotlar kernsiz (namunasiz) burg‘ilashda kesimlarni geologik xujjatlantirish uchun hizmat qiladi va kesimning litologik, qatlamlar qalinliklari, kollektorlik va filtratsion xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar beradi.
Karotajning asosiy maqsadi – quduq bo‘yicha kesimning xususiyatini katta aniqlik bilan o‘rganishdir.
Karotaj o‘lchovlari tog‘ jinslarining o‘zgarmagan tabiiy holatda yotgan joylaridagi fizik xossalari bo‘yicha tasavvur beradi. Bunday ma’lumotlarni boshqa hech qanday usul bermaydi. SHuning uchun quduqdagi geofizik tadqiqotlar kernni o‘rganish bilan quduqdagi geologik kesimni o‘rganishda va foydali qazilmalarni izlashda asosiy usullardan biri bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, karotaj dala geofizik ishlariga nisbatan tayanch usuli bo‘lib qoladi. Ko‘pincha dala geofizik ma’lumotlarini talqin qilish aniqligini oshirish uchun karotaj dalillaridan olingan jinslarning solishtirma qarshiligi, to‘lqin tarqalish tezligi va boshqalar ma’lum parametrlar sifatida ishlatiladi.
Parametrlar, karotaj kabelida o‘rnatilgan o‘lchov asbobini (maydon sezgirgich) quduqdan ko‘targan paytida avtomatik o‘lchanadi.
Quduqlarda qo‘llaniladigan geofizik usullar tog‘ jinslarining fizik xossalari farqiga asoslangan. Tog‘ jinslarining fizik xususiyatlarini o‘rganishda quduqlarda elektrik, yadro – fizikaviy, seysmik va seysmoakustik, termik, magnit va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Burg‘ilash jarayonida quduqlarni texnikaviy holatini o‘rganish uchun maxsus o‘lchovlar olib boriladi (quduqlarni diametrini va qiyshayishini, quduqlar devorini sementlanishini, quduqqa suv oqib kelish joyini aniqlash va boshqa).
Karotajda ishlatiladigan apparatura (asbob) ikkita asosiy bloklardan iborat: Quduq asbobi (zond deb ataladi) va Er ustidagi boshqarish va qayd etish pulti hamma bloklar to‘plami – karotaj stansiyasi deb ataladi. Karotaj stansiyalar komplektiga:
1) CHuqurlik asbobi (karotaj zondi);
2) Bitta, uchta yoki ko‘p tomirli kabel;
3) Potensiallar ayirmasini o‘lchaydigan asboblar;
4) Elektr tok manba’lari;
5) Karotaj kabelini quduqqa tushirish va ko‘tarish uchun lebyotka;
6) Kabelni quduqqa yo‘naltirish uchun va chuqurlik asbobining joylashish chuqurligini qayd qiluvchi tasmani tortuvchi mexanizmiga sinxronli o‘tkazish uchun, quduq oldida blok – balans o‘rnatiladi.
Karotaj stansiya har xil usullar bilan o‘lchovlarni olib borishi mumkin, faqat komplektga kiradigan zondlar almashtiriladi yoki kompleksning ko‘p kanalli zondlari ishlatiladi. Quduqqa karotaj kabelini va zondlarni tushirish va ko‘tarish uchun lebyotka, blok – balans, chuqurlik datchiklari (asboblar) ishlatiladi.
O‘lchanayotgan parametrlarni analog shaklida diagramma qog‘oz tasmasiga yoki raqam kodida chuqurliklar 1:5000 dan 1:20 gacha mashstabida yoziladi.
Karotaj stansiyalar avtomabillarda o‘rnatiladi. Karotajda bitta, uchta yoki ko‘p tomirli maxsus kabellar ishlatiladi. Kabellar karotaj zondiga ulanadi.
CHuqur bo‘lmagan quduqlarni o‘rganishda engil, qo‘lda olib yuradigan asboblar ishlatiladi.


Download 152.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling