Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Tog‘ jinslarning radioaktivlik xossalari


Download 1.98 Mb.
bet16/21
Sana05.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1168429
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
GEOFIZIKA NAMUNAVIY (1)

Tog‘ jinslarning radioaktivlik xossalari.
- va - zarrachalar tez yutiladi, - nurlarni energiyasi katta bo‘lgani uchun tog‘ jinslarda katta masofa o‘tadi (bir necha o‘nlab sm; masalan, 30sm jinsdan o‘tib 99 % energiyasi yutiladi).
Tog‘ jinslarining radioaktivligi, tarkibida radiaktiv elementlar borligiga bog‘liq. Eng yuqori radioaktivlik tarkibida U, Ra, Th bo‘lgan ma’danlar hisoblanadi. Radioaktivligi pastroq, lekin tabiatda keng tarqalgan K40 izotopi hisoblanadi. Jinslarning radioaktivligi asosan tarkibida U, Th va K40 borligi bilan aniqlanadi.
Eng yuqori radioaktivlik nordon otqindi jinslarda bo‘ladi (ularda, Ra - 2,4*10-6 g/t; U=7g/t; Th=20,5 g/t; K40=42*103g/t). Asosli jinslarning radioaktivligi nordonlarga nisbatan taxminan o‘n marta kamroq. (Ra=0,95*10-6g/t; U=3g/t; Th=6,9g/t; K=13*103g/t). O‘ta asosli jinslarning radioaktivligi undan ham past. CHo‘kindi jinslarda radioaktivlik nordon va o‘rta magmatik jinslar radioaktivligidan ancha past bo‘ladi.
CHo‘kindi jinslardan eng yuqori radioaktivlik gillarda, dengiz loyida, gilli slanetslarda bo‘ladi. Gilli zarrachalar radioaktiv elementlarni sorbsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun ularda radioaktivlik yuqori bo‘ladi. Tarkibida bitum va uglerod bo‘lgan jinslarda uran miqdori ortadi.
Qumda, mergelda, qumtoshda, dolomitda radioaktivlik pastroq. Ohaktoshlar, gips, angidridlar, osh tuzining radioaktivligi juda past bo‘ladi.
Metamorfik jinslarning radioaktivligi past va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning radioaktivligi otilib chiqqan va cho‘kindi jinslarning oralig‘ida joylashadi.
CHo‘kindi jinslardagi radioaktiv elementlarning miqdori.

7 - jadval



Ohaktosh

Ra=0,5.10-6 g/t

U=1,5g/t

Th=0,5g/t

Dolomit

0,11.10-6 g/t

0,3g/t

-

Qumtosh

0-1,5.10-6g/t

4,0g/t chaga

-

Gilli slanets

1,09. 10-6g/t

3,0g/t

-

Gillar

1,3. 10-6g/t

4,3g/t

13,0g/t


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling