Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар
Магниторазведкада қўлланиладиган асбоблар
Download 1.98 Mb.
|
GEOFIZIKA NAMUNAVIY (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnitorazvedkada qo‘llaniladigan asboblar
2. Магниторазведкада қўлланиладиган асбоблар.
Magnitorazvedkaning fizik va geologik asoslari. Magnitorazvedka – bu geofizik usul bo‘lib, Er magnit maydonining o‘zgarishini o‘rganishga asoslangan. Magnit maydonning o‘zgarishi tog‘ jinslari va ma’danlarning har xil magnitlanganligi bilan bog‘liq. Magnitorazvedka temir ma’danlarini izlash va qidirishda eng samarali usuldir. U geologik xaritalashda, tuzilmali tadqiqotlarda va boshqa foydali qazilmalarni izlashda keng qo‘llaniladi. Magnit maydoni Er yuzasida, dengiz sathida, havoda va quduqlarda o‘lchanadi. Magnit maydonining asosiy xarakteristikalari (ta’riflari) qo‘yidagilardan iborat: Magnit maydonning induksiyasi (T). O‘lchov birligi SGS tizimida – Gauss (Gs), SI tizimida – Tesla (Tl). 1Gs =10-4 Tl va nanotesla (nTl). 1nTl = 10-9Tl Magnit maydonning kuchlanganligi (N). O‘lchov birligi SI tizimida – A/m, SGS da – Ersted (E). 1E =103/4π A/m. , bu erda - vakuumdagi magnit singdiruvchanlik. (SI tizimida .SGS tizimida o‘lchamsiz va 1ga teng). Maydonning magnitlanganligi (I) - O‘lchov birligi SIda – A/m, SGSda – E, γ (gamma). Magnitorazvedkada qo‘llaniladigan asboblar. Magnitometr M-27 – vertikal tashkil etuvchisining nisbiy ortirmasini ni o‘lchashda ishlatiladi. M-27 magnitometrning sezgir elementi gorizontal elastik (tarang) temir tolasiga (ingichka simga) mahkamlangan doimiy magnitdan iborat. SHu magnitning holati Er magnit maydoni ta’sirida o‘zgaradi. Doimiy magnitga kichik oynacha mahkamlangan. Sanasi kompensatsiya usuli bilan o‘tkaziladi. Buning uchun asbobda sanash shkalasi bilan mustahkam bog‘langan kompensatsion magnit bor. Asta – sekin kompensatsiya o‘lchov magniti gorizontal holatida turmaguncha kompensatsion magnitni aylantirish natijasida o‘tkaziladi. Kompensatsiya bo‘lgan vaqti magnitdagi oynachadan qaytgan akslanuvchi indeksni qo‘zg‘almas gorizontal indeksi bilan birlashtirish yo‘li bilan optika tizimi yordamida qaydlanadi. o‘lchov chegarasini kengaytirish uchun ikkinchi, bosqichli kompensatsiyaning diapazonli magniti o‘rnatilgan. Orttirma Zi=C(ni – n◦) ifoda yordamida hisoblanadi, bu erda S – shkala bo‘limining narxi; ni, n◦, - i sonli va tayanch nuqtadagi sanoqlar. Asbobni aniq magnit meridiani bo‘ylab joylashtirish kerak emas, chunki kompensatsiya qilgan vaqtida magnitning o‘qi gorizontal holatda joylashadi va Er magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi unga ta’sir qilmaydi. Asbob yordamida o‘lchovlarni gacha o‘rta kvadratik xato bilan o‘tkaziladi. Protonli magnitometr – Er magnit maydonida protonning (vodorod yadrolarining) tebranish chastotasini o‘lchashga asoslangan. Protonli magnitometrning sezgir elementi protonlarga boy (suv, spirt, benzol va boshqalar) bo‘lgan suyuqlikdan iborat. Idishdagi suyuqlik ta’minlovchi g‘altak ichiga joylashtiriladi. Bu g‘altakda kuchli magnit maydon (T◦=100e) qo‘zg‘atiladi. Bu qo‘zg‘atilgan magnit maydonning yo‘nalishi berilgan nuqtada Er magnit maydonining to‘liq vektoriga (T) perpendikulyar joylashtiriladi. Suyuqlikdagi protonlar (ularni elementar magnitlar deb hisoblasak bo‘ladi) ikki sekund davomida magnitlantiruvchi maydon bo‘ylab joylashadilar. Keyin magnitlantiruvchi maydon tez o‘chiriladi. Protonlar erning to‘liq vektori T bo‘ylab joylashish harakati natijasida tebranadilar va o‘lchov g‘altagida kuchsiz induksion tok hosil bo‘ladi. Bu tokning chastotasi Er magnit maydonining kuchlanganligi T kattaligiga proporsional bo‘ladi. Bu chastota Larmor tenglamasi yordamida aniqlanadi: , bu erda γ - protonning giromagnit nisbati, ya’ni uning magnit va mexanik momentlarining nisbati. e-1sek-1 (YAnovskiy B.M. bo‘yicha). Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling