Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар
Tog‘ jinsi Zichlik qiymati g/sm
Download 1.98 Mb.
|
GEOFIZIKA NAMUNAVIY (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘irlik kuchi maydonini mayatnik usuli bilan o‘lchash
- Og‘irlik kuchi maydonini gravimetrlar bilan o‘lchash
4. Оғирлик кучи майдон қийматининг ўлчовлари ва гравиразведканинг асбоблари. Og‘irlik kuchining to‘liq (absolyut) qiymatini, og‘irlik kuchining nisbiy o‘zgarishlarini va og‘irlik kuchi gradientlarining to‘liq (absolyut) qiymatlarini o‘lchashga turli gravimetrik asboblar ishlatiladi. Og‘irlik kuchining to‘liq (absolyut) qiymatlarini o‘lchashda mayatnik va erkin tushish usullari qo‘llanadi. Absolyut o‘lchovlarni faqat siyrak punktlarda, asosan observatoriyalarda o‘tkaziladi, chunki asboblar katta va og‘ir. Amalda gravirazvedkaning dala ishlarida bu asboblar ishlatilmaydi. Amalda og‘irlik kuchining nisbiy o‘lchovlari keng tarqalgan. Ular tayanch nuqtadagi og‘irlik kuchining qiymatiga nisbatan orttirmalarini aniqlaydi. Nisbiy o‘lchovlar birinchi bo‘lib mayatnik asboblar bilan XIX asrdan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Mayatnik asboblar bilan nisbiy o‘lchovlar asosan tayanch gravimetrik tarmoqni tuzishga asoslangan. Asos qilib olingan dastlabki nuqtada og‘irlik kuchining to‘liq (absolyut) qiymatini bilib va tayanch tarmoqdagi nuqtalarda orttirmalarni shu qiymatga nisbatan aniqlab tayanch tarmoqning nuqtalarida to‘liq (absolyut) «g» qiymatlari topiladi. Og‘irlik kuchi maydonini mayatnik usuli bilan o‘lchash Bu usulda mayatnik ishlatiladi va mayatnikning tebranish davrini (T) o‘lchashga asoslangan. Mayatnikning tebranish davrini (T) quyidagi formula bilan ifodalash mumkin. . Bu erda – mayatnikning uzunligi.(Rasm 13) Absolyut (to‘liq) o‘lchovlarda mayatnik davri (T) va uzunligi ( ) katta aniqlik bilan o‘lchanib, og‘irlik kuchining to‘liq (g) qiymati hisoblanadi. Tebranish davrini (T) 10-7 sekund, mayatnik uzunligini ( ) esa 0.001mm gacha aniqlik bilan o‘lchash zarur. Mayatnik yordamida og‘irlik kuchining nisbiy o‘lchovlari oddiy o‘tkaziladi. Bunda, mayatnikning tebranish davri asos qilib olingan (tayanch) nuqtada va qolgan profillardagi hamma oddiy kuzatuv nuqtalarda o‘lchanadi. Agar, tayanch nuqtada absolyut (to‘liq) qiymati (go) aniq bo‘lsa, unda hamma o‘lchov nuqtalarida og‘irlik kuchining qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi. Nisbiy o‘lchovlarda mayatnikning uzunligini o‘lchash kerak emas. Mayatnik asboblar og‘irlik kuchining orttirmalarini Er yuzasida 0.1 mgal va dengizda 2–5 mgal hato bilan o‘lchash mumkin. Amalda gravimetrik dala nisbiy o‘lchovlari gravimetrlar yordamida o‘tkaziladi. Og‘irlik kuchi maydonini gravimetrlar bilan o‘lchash usuli. Gravimetrlar og‘irlik kuchining nisbiy o‘lchovlari uchun ishlatiladi va asosiy dala asboblari hisoblanadi. Statik gravimetrlar yuqori aniqli prujinali tarozilardir. Ularda massasi doimiy bo‘lgan kichik yuk tortiladi. Uning og‘irligi og‘irlik kuchining qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘irlik kuchi qiymatining o‘zgarishi kichik yuk bilan mahkamlangan elastik prujinaning (kvarsli) deformatsiyalash miqdori bilan aniqlanadi. Asbobni sezgirlik elementi og‘irlik kuchi o‘zgarishida gorizontdan chetga chiqadigan gorizontal mayatnikdan iborat. Nisbiy o‘lchovlar usulida gravitatsion maydonda kichik yuk hosil qilayotgan tortishish P =mg kuchi qo‘shimcha prujina tarang kuchi bilan kompensatsiya qilinadi (mayatnik o‘z holatiga keltiriladi). Gravimetrning ko‘rsatishini mikrometrik qurilmadan olinadi. Gravimetrning ishlash prinsipini qarab chiqamiz. Elastik prujinaga kichik (m) massa mahkamlangan bo‘lsin. Gravitatsion maydonda kichik massa hosil qilayotgan P = mg tortish kuchi ta’sirida prujina cho‘ziladi (14-rasm). Bu prujinaning deformatsiyasi (cho‘zilishi) «R» kuchga proporsionaldir. Deformatsiya τl=mg ga teng bo‘lganda muvozanatga erishiladi. Bu erda l – prujinaning uzunligi, τ– elastiklik koeffitsienti. Prujina uzunligining absolyut qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi, shuning uchun nisbiy o‘lchovlar o‘tkaziladi. O‘lchovlarni tayanch (go) va boshqa oddiy nuqtalarda (gi) o‘tkaziladi. Nisbiy o‘lchovlarda orttirmalar hisoblanadi. Tayanch nuqtadagi muvozanat sharoiti , oddiy nuqtada muvozanat sharoiti bilan ifodalanadi. Og‘irlik kuchining orttirmasi (tayanch nuqtaga nisbatan oddiy nuqtalardagi g ning farqi) bilan aniqlanadi. Bu erda - prujinaning cho‘zilish o‘zgarishi. Gravimetrlarda, odatda kvarsdan ishlangan gorizontal mayatniklar qo‘llaniladi. Gorizontal mayatnik bu kvarsli ramkaga mahkamlangan kvarsli ipdan iborat. Ipga kichik massa (m) mahkamlanadi. Og‘irlik kuchi maydonida mg kuchi ta’sirida kvarsli ip buriladi. Gorizontal mayatnikning kvarsli ipi bilan bog‘langan qo‘shimcha kvarsli ip (prujina) yordamida gorizontal holatiga keltiriladi (mg=R kuchi kvarsli ipning taranglik kuchi bilan kompensatsiya qilinadi). Gravitatsion maydonning qiymatiga proporsional bo‘lgan mayatnik ipining burilish burchagi gravimetrning mikrometrik qurilmada «n» sanoq sifatida olinadi. Agar, n0 – tayanch, ni – oddiy nuqtalardagi sanoq qiymatlari bo‘lganda, unda oddiy nuqtalardagi tayanch nuqtaga nisbatan olingan og‘irlik kuchining orttirmasi ga teng bo‘ladi. Bu erda S – gravimetr shkalasining bo‘limlar bahosi (sanoqlarni milligallarga o‘tkazish uchun keltiriladi). Gravimetr ko‘rsatmasiga atmosferaning bosimi ta’sir etmasligi uchun sezgirli tizim harorat to‘suvchi idishga (Dyuar idishga) joylashtiriladi. Kuzatuv nuqtalaridagi sathlar yordamida gravimetr gorizontal holatda o‘rnatiladi. Hamma gravimetrlarda vaqt davomida nol – punkti siljiydi. Dala gravimetrlarining turi ko‘p (GAK – 7T, GRK – 1, GRK – 1, GNU – K1, GNU – K2, Delta). Ularda 0.02 – 0.05 mgal xatolik bilan o‘lchovlarni olib borish mumkin. Gravimetlarni massasi 5 kg ga yaqin. Og‘irlik kuchi gradientlarini o‘lchash asboblari. Og‘irlik kuchining gorizontal gradientlari to‘liq qiymatlarini o‘lchashga variometr va gradientometrlar ishlatiladi. Bu asboblar Kulon burama tarozisi asosida qurilgan. Bunday tarozilarning oddiylari sezgir tizimi ingichka metallik ipga osiltirilgan uchlarida «m» massalari teng bo‘lgan yuklar mahkamlangan gorizontal shayindan (2) iborat (15-rasm). Gorizontal gradientlari nolga teng bo‘lmagan gravitatsion maydonida bir jinsli bo‘lmagan muhit ustida ikkita massalarga har xil tortishish kuchi ta’sir etadi. SHu sababli shayinning aylanishi natijasida metallik ip buriladi. Aylanish burchagi bo‘yicha og‘irlik kuchining gradientiga proporsional bo‘ladi. O g‘irlik kuchi gradientlarini o‘lchash uchun sezgir tizim har xil (3-5 ta) azimutlar bo‘yicha o‘rnatiladi. Variometrlarda o‘lchovlar fotografik va vizual kuzatuvlar usullari bilan qayd etiladi. Variometrlarning yuqori aniqlik o‘lchovlar (2·10-9s-2) olib borish imkoni bor, lekin massasi juda katta (40-60 kg), u katta aniqlik bilan gorizontal holatda joylashishi shart, o‘lchovlarga esa, ko‘p vaqt sarflanadi (45 daqiqadan ortiq). Gradientometr asbobi variometrga nisbatan oddiyroq tuzilgan, shuning uchun massasi kichikroq va o‘lchovlarga kam vaqt sarflanadi, u aniqligi pastroq bo‘lgan o‘lchovlarda qo‘llanadi. Variometr va gradientometrlar yirik masshtabli ishlarda va gravitatsion anomaliyalarni qo‘zg‘atuvchi ob’ektlari kichik chuqurlikda (100-200 m gacha) bo‘lganda ishlatiladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling